92
Analog kirish kanali.
Bu interfeys analog raqamli o'zgartirilgan signallarni prosessorning resursidan foydalangan holda
rezistiv datchiklardan dasturiy ko'rinishda ishlatadi. Bir xil tovush kartalarida o'zgartirish apparat (djoystik
bilan interfeys saqlanadi)darajasida bajariladi, ammo dastur ko'rsatkichlarni boshqa usul bilan olish kerak.
Zamonaviy tovush kartalari o'tkazish qobiliyati yuqori bo'lgan PCI shinalarini ishlatadi. Unda shinani
to'g'ridan—to'g'ri boshqarish qo'llaniladi, ayniqsa kompyuter o'yinlarida 3–o'lchamli tovushni eshittirishda
prosessorni yuklamasini kamaytiradi. Tovush kartalarini PCI shinalariga o'tkazish bir qancha qiyinchiliklarni
tug'dirdi, chunki bir qancha vaqtgacha raqamlar oqimini yuborish 8237A DMA (Direct Memory Access —
xotiraga to'g'ridan to'g'ri kirish) nazoratchisining kanali orqali amalga oshiriladigan SB16ning moslashuvini
ta'minlash kerak edi. PCI shinada xar qanday kartalar xotira bilan almashuv nazoratchisi bo'lishi mumkin. PCI
kartalari bilan SB16ni moslashuvi uchun ikkita mexanizmdan bittasi qo'llanishi mumkin: PC/PCI yoki DDMA.
PC/PCI mexanizmi Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, PCI shinasi bo'ylab qo'shimcha ulanadigan
ISA slotlarini ishlatadigan bloknot ShK larni ishlatish imkoniyatini yaratib beradi. Alternativ echim esa —
DDMA (Distributed Direct Memory Access — raspredelenny pryamoy dostup k pamyati)mexanizmidir.
Ma'lumki, DMA nazoratchilari ISA shinasi uchun tizimli platalarda joylashadi va bir necha kanallarni
boshqarish bir xil registrlar orqali amalga oshiriladi. DDMA standart nazoratchilarni bo'lib tashlaydi va uning
alohida kanallari PCI kartasi vositalari bilan boshqarishni ta'minlaydi. Bu ikkala mexanizm ham birlamchi PCI
shinasi ko'prigining bir qismi sifatida qaraladi, shuning uchun ham uning qo'llanilishi tizimli platada amalga
oshiriladi va CMOS Setup tomonidan ruxsat beriladi. PCI tovush kartasi SB16 bilan moslashuv rejimidan
tashqari shinaning hamma imkoniyatlaridan foydalangan holda shinaga xos bo'lgan rejimdan ham
foydalaniladi. Microsoft kompaniyasi RS'99 spesifikasiyasida audiovositalarga quyidagi talablarni qo'ydi:
SAP/ASP o'zgartirgichlarning razryadligi: 16 – bit;
Impuls – kodli modulyasiya (RSM) uchun axborot razryadligi: 8 va 16 bit.
Diskretlash chastotasi: 8, 11,025, 22,050 va 44,1 kGs bo'lishi shart; 16, 32 i 48 kGs (Advanced audio)
rekomendovat qilinadi;
MIDI ni eshittirish: 16 – tovushli polifoniya, 6 tembrli (24 – tovushli 16 – tembrli sintezator Advanced
Audio uchun);
Chastota yo'lagi: 20 Gs – 20 kGs;
Nochiziq o'zgarishlar(nelineyne iskajeniya): <0,02 %;
Signal/shovqin nisbati: 75 dB (Advanced Audio uchun kirish kanalida signal/shovqin nisbati 85 dB,
miksherning analog qismi uchun — 90 dB bo'lishi kerak).
Zamonaviy kartalar raqamli qayta ishlashga qo'yilgan bundan ham yuqori talablarni qoniqtirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: