O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Elektron hisoblash mashinalarining yaratilish tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Elektron hisoblash mashinalarining yaratilish tarixi 
Kompyuterlar  XX  asr  kashfiyoti  hisoblansa-da,  insoniyat  hisob-kitob  ishlari  uchun  foydalangan 
mehnat  qurollari  bir  necha  ming  yillik  tarixga  ega.  Dastlab  odamlar  barmoqlarida  sanar  edilar.  Savdo-
sotiqning rivojlanishi bilan barmoqlarda sanash yetarli bo'lmay qoldi va taxminan eramizdan avvalgi beshinchi 
ming yillikda abak deb ataluvchi va XX asrdagi cho'tlarga o'xshab ketadigan mexanik hisoblagich paydo bo'ldi. 
Abakda to'g'ri chiziq kesmasi ko'rinishidagi bir necha izlar bo'lib, ulardagi toshchalarni bir tomondan 
ikkinchisiga surish mumkin edi.  Har bir izning o'z quvvati bo'lib, u o'nli sanoq sistemasining mos xonasiga 
to'g'ri kelar edi. Bu qurilma yordamida qo'shish va ayirish amallarini ham bajarish mumkin edi. Abak olti ming 
yildan ortiq yil davomida insoniyatga xizmat qilib keldi. 
 
XVII  asrga  kelib,  shotlandiyalik  matematik  Jon  Neper  tomonidan  logarifmlarning  va  logarifmik 
lineykaning yaratilishi ko'paytirish, bo'lish, darajaga oshirish va ildiz chiqarish ishlarini osonlashdi. Hisob-kitob 
ishlarining  keskin  ko'payib ketishi  sababli  logarifmik  lineyka  ham mexanik  hisoblagichlarga  bo'lgan talabni 
to'la qondira olmadi. 
XVII  asrning  o'rtalariga  kelib  taniqli  fransuz  matematigi  va  faylasufi  Blez  Paskal  birinchi  ommaviy 
tarqalgan arifmometr deb ataluvchi mexanik hisoblash qurilmasini yaratdi. 
 
Paskal arifmometri 


 

Quyosh, qum va mexanik soatlarning barchasi o'tgan vaqtni sanash uchun ishlatiladi. Ularning ishlash 
tamoyili  zamonaviy  kompyuterlarda  keng  qo'llaniladi.  Bu  kompyuter  ham  mexanik  soat  kabi  bir  holatdan 
ikkinchi  holatga  faqat  ma'lum vaqtdan keyin o'tishidir.  Soatlar  keyingi  holatiga bir  sekunddan  keyin  o'tsa, 
kompyuterning mikroprosessoridagi tranzistorlarning barchasi keyingi holatga sekundiga kompyuterning takt 
chastotasi deb ataluvchi son marta o'tadilar. Kompyuterda bunday o'tishlar soni sekundiga bir necha milliard 
bo'lishi mumkin. Eng muhimi kompyuterdagi barcha elektron qurilmalar yangi holatga bir vaqtda o'tishlaridir. 
Boshqacha  aytganda,  zamonaviy  kompyuterlarning  barchasi  ichki  soatga  egadir.  Bu  soat  zamonaviy 
kompyuterdagi  barcha  qurilmalarni  xuddi  harbiy  paraddagi  minglab  askarlar  kabi  hamjihat  ishlashlarini 
ta'minlaydi. 
Mexanik soatlarning yana bir jihatini alohida ta'kidlash lozim. Bu ularning ma'lum vaqtlarda bong ura 
olishidir,  ya'ni  ularni  dasturlash  mumkin  edi.  Ikkinchi  tomondan  ular  chaladigan  bongning  o'zini  ham 
dasturlash mumkin edi. Masalan, soat uchda uch marta bong urilsa, o'n ikkida o'n ikki marta bong urilar edi. 
Bunday dasturlashning muhim jihati dasturlar qurilma yaratilayotgan paytda dasturlanar edi va keyinchalik 
bu dasturlarni almashtirishning deyarli iloji bo'lmasdi. 
O'n sakkizinchi asrga kelib shu asnoda ishlaydigan mexanik qurilmalar – musiqali sandiqchalar juda 
ommaviylashgan  edi.  Ularda  bir  musiqadan  ikkinchisiga  o'tish  uchun  undagi  temir  likopchani  almashtirish 
yetarli edi. Bu likopchadagi teshiklarning joylashish tartibi va ketma-ketligi sandiqchadan taraladigan musiqiy 
ohangning qanday bo'lishini belgilab berar edi. 
 
O'n to'qqizinchi asr boshiga kelib shu tamoyilda ishlaydigan dasturlanadigan to'quv dastgohlari ham 
paydo  bo'ldi.  Ulardagi  temir  plastinkani  almashtirish  bilan  to'qiladigan  gazlamadagi  naqshni  o'zgartirish 
mumkin edi. 
Bu qurilmalarni dasturlash bilan birga boshqa yana bir muhim jihati bor edi. Ular bu dasturlarni saqlay 
olardilar. Zamonaviy kompyuterlarda ham dastur va boshqa ma'lumotlarni saqlay oladigan xotira qurilmalari 
uning ajralmas bo'lagini tashkil etadilar. 


 

 
Dasturlanadigan to'quv dastgohi 
Oradan o'ttiz yil o'tib, ingliz matematigi Charlz Bebbij dasturlanadigan to'quv stanoklariga o'xshash 
tarzda ishlaydigan analitik hisoblash mashinasi ustida ishlay boshladi. 
Bebbij  yanada  ilgarilab  ketdi.  To'quv  mashinasidan  farqli  ravishda,  qog'oz  perfolenta  yordamida 
dasturni kiritish bilan birga shunday perfolentaga hisoblash natijalarini saqlay ham olar edi. 
Bebbij o'zining analitik mashinasi quyidagi bloklardan iborat bo'lishini xoxlagan edi. 
• Kiritish va chiqarish qurilmalari; 
• Oraliq natijalarni saqlash uchun xotira qurilmasi; 
• Hisoblash qurilmasi; 
• Boshqarish qurilmasi. 
Bebbijning  analitik  mashinasi  qurib  bitirilmadi,  u  bir  uyum  chizmalar  shaklida  qolib  ketdi.  Shunga 
qaramay, bu mashina uchun bir qator dasturlar yaratilgan edi. Bu ishni amalga oshirgan Ada Lavs (buyuk ingliz 
shoiri Bayronning qizi) tarixga birinchi dasturchi sifatida kirgan. 
 
Bebbijning analitik mashinasi
 
Amerikalik muhandis German Xollerit tomonidan yaratilgan yana bir qurilma – mexanik tabulyator 
AQShda aholini ro'yxatga olish vaqtida keng qo'llanilgan. Keyinchalik Xollerit mashhur IBM  – International 
Business Machines kompaniyasiga asos solgan. Xolleritning tabulyatori universal hisoblash qurilmasi emas 
edi.  U  faqat  perfokartaga  teshish  orqali  kiritilgan  ma'lumotlarni  o'qib  mos  sanagichdagi  qiymatni  bittaga 
oshira olar edi. 


 
10 
 
Xollerit tabulyatori 
Elektr  quvvati  bilan  ishlaydigan  va  elektron  asboblar:  diod,  triod  lampalari  va  relelar  yordamida 
ishlaydigan hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini avtomatlashtirishda tub o'zgarishlar yasadilar. Avvalgi 
mexanik qurilmalardan farqli ravishda bu mashinalarning deyarli barchasi ikkilik sanoq sistemasida ishlar edi. 
Bunday mashinalarning nazariy asoslarini XX asrning 40-yillarida taniqli amerikalik matematik Jon fon 
Neyman ishlab chiqqan edi. Oradan 70 yil vaqt o'tgan bo'lsa-da zamonaviy kompyuterlar birinchi elektron 
hisoblash mashinalaridan butkul farq qilsa ham fon Neyman tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar asosida 
ishlaydilar. 
XX asrning 30-40 yillarida elektron hisoblash mashinasi (kompyuter)ning dastlabki loyihalari paydo 
bo’la  boshladi.  Birinchi  elektron  hisoblash  mashinasi  (kompyuter)  yaratish  ishlari  1937  –  1942  yillarda 
AQSHning  Ayova  shtatida  joylashgan  universitetning  professori  A.Atanasov  va  aspirant  Klifford  Beri 
tomonidan boshlangan. Uning loyihalarida birinchi marta registrlar elektron lampalarda, tezkor xotira esa 
kondensatorlarda  qurilgan  edi.  Bu  olim  tomonidan  yaratilmoqchi  bo’lgan  elektron  hisoblash  mashinasi 
(kompyuter)  matematika  va  fizikaning  ayrim  masalalarini  yechishga  mo’ljallangan  edi.  Bu  loyiha  haqidagi 
ma'lumot institutdan tashqariga chiqmagan va unda ba'zi mexanik qurilmalar bo'lishiga qaramay, aynan shu 
ABC nomli kompyuter birinchi kompyuter hisoblanadi. Ammo 2 jahon urushi bu ishlarni oxirigacha yetkazish 
imkonini  bermadi.  Atanasovning  buyuk  xizmatlaridan  biri  shu  bo’ldiki,  elektron  hisoblash  mashinasi 
(kompyuter)da 2 lik sanoq sistemasi qo’llanishining qulayligini ko’rsatdi. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish