Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari
Axborotni abstrakt tushunchalar, masalan matematik formulalar qatoriga qo`yish mumkin, har doim
moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo’lgan holda namoyon bo’ladi va shuning uchun ham uni o’lchash
5
imkoni mavjud. Uzunlik, massa, vaqt, tok va boshqalarni o’lchash uchun asboblar va o’lchash usullari o’ylab
topilgan.
Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holati fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Fizik
kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma‘lum bir to`plamda cheksiz ko’p miqdordagi bir-biriga juda
yaqin turli qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzluksiz kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vositasida
olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik
darajasi, vaqt va x.k.
Ma‘lum bir to’plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qilaoladigan
kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborotlar uzlukli axborotlar
deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, kitob varag’ini tartib raqami, uyning soni,
masalaning soni qiymati va x.k.
Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo’llaniladi.
Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida
harf va maxsus belgilardan tashkil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi.
Misollar:
1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng.
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma‘lumot, bu axborot o’lchov birligi bit deb
ataladi.
2) Kitob javonining ikki qatoridan birida kitob joylashgan. Kitob birinchi qatorda deb aytsak, 1 bit
axborot bergan bo'lamiz.
Zamonaviy kompyuterlarda axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikki usuli
ishlatiladi. Birinchi holatni 0, ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik
kodlash deyiladi. 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya‘ni bit-ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni
ikkilik kodlashda har bir belgiga uning kodi-belgilangan miqdordagi 0 va 1 lar ketma-ketligi mos keladi.
Kompyuterda bir belgiga bayt (byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi.
Bu turdagi ketma-ketliklar jami 2
8
= 256 ta bo’lib, turli belgilarni kodlash imkonini beradi. Demak, har qanday
belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega.
Uzatish tezligi-1 sekundda uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan 19200 bit/sek.). Bir
sekundda bajara oladigan amallar soni kompyuterning hisoblash tezligi deb ataladi (masalan, 500000
amal/sek.). Ikkilik ma‘lumotlardagi axborot miqdorini o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari, quyildagi
birliklardan ham foydalaniladi.
1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit)
1 mbayt (bir megabayt) = 2^20 = 1048576 bayt
1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30 = 1 mlrd. bayt
1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40 = 1 tlrd. bayt
Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash uchun turg’un
holati ikkita bo’lgan elementdan foydalaniladi. Elementning turg’un holatlaridan biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi
1 ni ifodalaydi. Ikkita turg’un holati bor bo’lgan elementni texnik jihatdan yaratish, 8 ta yoki 10 ta turg’un
holatli elementni yaratishga qaraganda osonroq.
Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombinatsiya) iborat bo’ladi. Shuning uchun ham
ikkilik sanoq sistemasi kompyuterning arifmetik asosi deyiladi.
6
Odatda axborotlar biz o’rgangan o’nlik sanoq sistemasida kompyuter xotirasiga kiritiladi.
Kompyuterning dasturiy ta‘minoti kiritilgan ma‘lumotlarni, oraliq 8 lik sistemasi vositasida ikkilik sanoq
sistemasiga o`tkazadi. O’nlikdan sakkizlik sanoq sistemasiga o’tish guruhlash (triada) bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |