1. Tahlil
2. Maqsadni tanlash
MARKETING
REJASI
4.
Nazorat
3. Amalga oshirish
vositalari
- Tovar siyosati;
- Narx siyosati;
- Taqsimot siyosati;
- Sotuv siyosati;
- Aloqa siyosati;
- Siljitish, etkazish siyosati.
- Xizmat ko‘rsatish iyosati;
- Korxonaning imkoniyatlari.
- Iqtisodiy hisob-kitob;
- Korrektirovka vositalari va
strategiya varianti
- Korxona maqsadi;
- Sohani tanlash;
- Xaridor
(iste’molchi)ni
tanlash;
- Tovarni aniqlash;
- Bozor maqsadi;
- Iqtisodiy natijalar.
- Bozorni aniqlash, tanlash;
- Sohangizni aniqlash;
- Xaridor (iste’molchi) ni
aniqlash;
- Raqobatchini aniqlash;
- Tovar tahlili;
- Sotuvni tahlil qilish;
- Korxona holatini tahlil qilish.
10
0
zarurligi va imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
O‘zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan
tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
tashkilotni uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari bilan amalga
oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda ishlash uchun potensial
imkoniyat resurslarini etarlimi yoki yo‘qligini o‘rnatish uchun zarurdir. Buning uchun
tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. Tashkilotning tavakkalchiligini
hisoblash uchun maxsus marketing, konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin.
Potensial bozor segmentlari sonini optimallashtirish uchun konsentrlangan va
dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan uslub kelgusidagi yaxshi
segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat bo‘lmagan, lekin katta vaqt
xarajatlarini talab qiladi. Dispersli uslub bir vaqtning o‘zida bir necha bozor
segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini
baholash yo‘li bilan samaraliroq bozor segmentini tanlaydi.
Foydali bo‘lgan segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish
sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga real va raqobatga chidamli
bo‘lishi kerak.
Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar
ishlatilishi mumkin:
1. differensiallanmagan marketing strategiyasi
2. differensiallangan marketing strategiyasi
3. konsentrlangan marketing strategiyalari.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bozor munosabatlarini tiklanishi va shakllanishi
davrida tadbirkorlik tuzilishida ko‘plab korxonalar differensiallanmagan marketing
strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya firmani xaridorlarni xarid jarayoni va
tovarga bo‘lgan munosabati hamda motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki
xaridor ehtiyojlarida qiziqishni umumiyligiga mo‘ljalni oladi.
Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma o‘z
maqsadiga xaridorlarni o‘rtacha massasini qondirib erishishi mumkin. Strategiyani
ishlatuvchi firmalar muvaffaqiyatining muhim omili bo‘lib standartlashtirishi va tovar
ishlab chiqarishni umumiyligi hisoblanadi. Differensiallanmagan marketing
strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq
X.Meffert ta’kidlaganidek, «bu strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga
qarama-qarshi turadi».
Marketingni
zamonaviy
konsepsiyasida
ikkita
strategiya
ko‘riladi:
differensiallangan va konsentrlangan marketing strategiyalari.
Differensiallangan marketing strategiyasida firmadan uning faoliyatini bir necha
segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va marketing dasturlari
bo‘lishini talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning motivlari va tushunchalariga mos
keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga mo‘ljallangan marketingni asosiy
tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya xaridorni bozordagi holatini to‘liq ifodalaydi,
shuning uchun, qoidaga ko‘ra, yuqori sotish hajmini va konsentrlangan marketing
strategiyasiga nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi.
Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va
boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun u yirik korxonalar uchun zarurdir.
Konsentrlangan
marketing
strategiyasi
korxonalardan
bozorni
ng
foydali segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni
talab qiladi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda
maqsadli marketing dasturi bilan yondoshadi. O‘z mazmuniga ko‘ra, bu strategiya
bozor chuqurchasi konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday bozor segmentida
ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning etkazib berish imkoniyatlari uchun
ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. Konsentrlangan marketing strategiyasi
ko‘proq kichik va o‘rta korxonalar uchun mos keladi, chunki bozorning barcha
segmentlarida ishlash
uchun hamda qayta etarli moliyaviy vositalarni bo‘lishi talab etilmaydi.
10
0
Do'stlaringiz bilan baham: |