Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


  Maqsadli bozor segmentlarini tanlash



Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/287
Sana31.12.2021
Hajmi11,3 Mb.
#211658
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   287
Bog'liq
Открыть 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 3

8.5. 
Maqsadli bozor segmentlarini tanlash
 
Bozorni  tahlil  qilish  uchun  son  va  sifat  ko‘rsatkichlari,  shuningdek,  raqobat
holatining  tavsifnomasi,  tarmoqni  tuzilishi  va  taqsimlashni  tuzilishi  ko‘rsatkichlari
ishlatilishi  mumkin.  Bozorni  tahlil  qilish  uchun  ko‘rsatkichlar  quyidagi  jadvalda
berilgan.
8.1-jadval
Bozorni tahlil qilish ko‘rsatkichlari
 
Ko‘rsatkichlar
Tavsifnoma
Son ko‘rsatkichlari
Bozor sig‘imi, bozorni rivojlanish dinamikasi, firmaning bozordagi ulushi,
bozor salohiyati va boshqalar
Sifat ko‘rsatkichlari
Ehtiyojni tuzilishi, xarid motivlari, ularning dinamikasi, xarid jarayoni,
ehtiyojlarni stabillash, axborotlashtirish
Raqobat muhiti
Raqobatchi
​firmalarning
​mahsulot
​sotish
​xaj-
mi,
​foydalanayotgan
marketing strategiyalari, moliyaviy qo‘llab - quvvatlash imkoniyatlari
Xaridorlar tuzilishi
Xaridorlar soni, xaridor turi, xaridorlar soni dinamikasi, xaridorlarni


0
10
0
hududiy xususiyatlari
Tarmoq tuzilishi
O‘xshash tovarlar taklif qilayotgan sotuvchilar soni, sotuvchilar turi,
ularni ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, raqobatdagi potensial
imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlari hajmi
Taqsimlashning
tuzilishi
Geografik xususiyatlar, sotish tarmoqlarining xususiyatlari, transport bilan
ta’minlanganligi
 
Tahlildan  tashqari  bozor  segmentini  tanlashda  segmentlashni  rejalashtirish
ko‘zda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga
oladi:
1. Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniqlash
2. Iste’molchilarning turli-tumanligi va o‘xshashligi tahlili
3. Iste’molchilar guruhlari sohasini ishlab chiqish
4. Iste’mol segmentini tanlash
​ 
 
5. Raqobat muhitida kompaniya o‘rnini aniqlash
6. Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqish.
Bozorni segmentasiyasining rejalashtirish jarayonini tashkil etishda quyidagi
talablarga rioya qilish zarur:
• segmentlar o‘zaro bir-biri bilan farq qilishi zarur;
• har bir segmentga faqat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish zarur;
• iste’molchilarni

tavsifnomalarini

firma

tomonidan

o‘lchash

mumkin bo‘lishi zarur;
• har

bir

segment

o‘lchami

bo‘yicha

bo‘lishi,

ya’ni

sotish

hajmi

va xarajatlarni koplashni
o‘lchashi kerak
• har bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama
kompaniyasini o‘tkazish uchun oson va tushunarli bo‘lishi zarur.
Segmentasiya jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozorni maqsadli segmentini
tanlash hisoblanadi.
Maqsadli segmentni tanlash muammosi etarli darajada murakkab bo‘lib, uni echish
uchun quyidagi ketma-ketlikda bo‘lishi tavsiya etiladi:
• segment o‘lchamini va uni o‘zgarish (o‘sish, kamayish) tezligini o‘rnatish;
• segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish;
• o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.
Segment o‘lchami uning miqdoriy o‘lchamlari va birinchi navbatda sig‘imi bilan
tavsiflanadi.  Segment  sig‘imini  aniqlash  uchun  tovarlar  hajmini,  ushbu  segmentda
ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda yashovchi ushbu tovarning
potensial iste’molchilari sonini aniqlash zarurdir.
Bozor  sig‘imini  o‘rganish  asosida  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  shakllantirish
uchun  va  tovar  sotish  bo‘yicha  taqsimlash  tarmog‘i  tuzilishi  uchun  asos  bo‘lib
hisoblanuvchi uning o‘sish dinamikasi baholanadi. Shuni hisobga olish kerakki, ya’ni
bozor  faoliyati  natijalarini  qo‘llash,  bozorda  ishlash  bog‘liq  xarajatlarni  koplab,
rejalashtirilgan foydani olishga kafolat berishi kerak.
Segmentni  jalb  etuvchanligi  tuzilishini  tadqiq  etish  raqobat  darajasini
o‘rganishni, mavjud mahsulotlar raqobatbardoshligini, xaridorlarga munosabatini,
 
taklif  etilayotgan  va  mavjud  tovarlarga  bo‘lgan  segment  ehtiyojini  barqarorligini,
mavjud  xaridor  ehtiyojlarini  qondiruvchi  mutlako  yangi  mahsulotni  bozorga  kiritish

Download 11,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish