yemäsün (SHN.111)” .
9
Özbek atamasi etnonim sifatida XIV asrdan boshlab qo‘llanilgan bo‘lsa-da, tilga
nisbatan kech amal qilgan. Chunonchi, o‘sha kezlar o‘zbek qavmining shevasi özbek
tili deb emas, türkî, qïpčaq tili deb atalgan. Qipchoqshevalari keyinchalik hozirgi
tilshunosligimizda “eski o‘zbek adabiy tili” deb atalayotgan yozma tilga ham ta’sir eta
boshlagan. Lekin u eski o‘zbek adabiy tilining tayanch dialektiga aylangan emas. Ya’ni
adabiy til situatsiyasida keyin qo‘shilgan ulusning dialekti u qadar hal etuvchi o‘ringa
ko‘tarila olgani yo‘q. Chunki bu davr Movarounnahr va Xuroson adabiy muhitida
qadimgi va eski turkiy adabiy til an’analari va ta’siri ustuvor edi. Binobarin, XIII–XVI
8
Q.Sodiqov, O‘zbek tili o‘tmishda qanday atalgan? (December, 2018).
9
Sodiqov, O‘zbek tili o...., (2018).
Do'stlaringiz bilan baham: |