5.1. Mehnatni muhofaza qilish
Mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish tegishli qoida asosida olib boriladi.
Ishga qabul qilishda muhandis xavfsizlik qoidalari bo’yicha instruktaj
o’tkazadi. Bunda ichki qonun-qoidalar, ishlab chiqarish sanitariyasi, tozaligi, elektr
energiyasi va yong’inga qarshi tadbirlar, maxsus kiyimlarni saqlash, mollarni
fiksasiya qilishda xavfsizlik qoidalariga e’tibor berish to’g’risida tushuntirish olib
boriladi.
Kirish instruktajlarining kartochkasi kadrlar bo’limida saqlanadi. Ish
joyidagi instruktajlar esa doimiy jurnalda qayd qilib boriladi. Mehnatni muhofaza
qilish muhandisi ishchi komiteti bilan birgalikday mehnat sharoitini yaxshilash
to’g’risida tadbirlar ishlab chiqadi va xuddi ish tadbirlar uchun xarajatlarni nazorat
qilib turadi. Xo’jaliklarda mehnatni muhofaza qilish bo’icha maxsus kabinet
bo’lib, unda maxsus plakatlar, adabiyotlar, asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.
Mehnatni tashkil etishdagi katta e’tibor elektr agregatlaridan foydalanishga
qaratiladi. Albatta, dastlab elektr agregatlarini o’rnatishga e’tibor beriladi, nazorat
qilinadi. Jun qirqish punkti xo’jaliklarning sharq tomonida bo’lib, markaziy
molxonadan 2 km uzoqlikda bo’lishi kerak. Punkt quruq, keng binoda, jun qirqish
yog’ochli stollarda o’tkazilib, uzunligi 30 m bo’lishi lozim. Elektromontyor doimo
punktda bo’lib, sistematik tarzda izolyasiyalarning holati, elektrodvigatellarni
ishlashini nazorat qilib turishi kerak. Punktda ishlovchilar xavfsizlik qoidalari bilan
yaqindan tanishtiriladi. Xo’jalikda tibbiyot xizmati yaxshi tashkil etiladi.
Poliklinika xodimlari tez-tez oshxonalarni, do’konlarni sanitariya ahvolini
tekshirib turadilar, ishchilarni, xizmatchilarni va mahalliy aholini yuqumli
kasalliklarga qarshi emlab turadilar.
Xo’jalikning diqqat markazida yong’inga qarshi profilaktik tadbirlar turadi,
albatta. Yong’inga qarshi щitlar (maxsus yashiklar) albatta tayyor holatda turadi.
51
Bizlarning fikrimizcha, biz tajriba o’tkazgan xo’jalikda mehnatni muhofaza
qilish bo’yicha ayrim kamchiliklar mavjud edi. Masalan, ba’zi brigadalarning
territoriyasi qisman ko’kalamzorlashtirilgan, veterinariya punkti, yotoqxona
atrofidagi territoriyada tartibsizlik, xavfsizlik qoidalariga kam e’tibor berilgan.
Maxsus cho’milish dushlari, maxsus kiyim saqlanadigan shkaflar mavjud emas.
Mehnatni muhofaza qilish xarajatlari to’g’risidagi hujjatlarni tahlil
qilganimizda quyidagilarni aniqladik: Xarajat summasi quyidagicha taqsimlangan:
10 % ni texnika xavfsizligi uchun, 20 % ishlab chiqarish sanitariyasi uchun, 15 %
tashkiliy tadbirlar uchun, 15 % li esa sport va fizkultura tadbirlari uchun.
Xo’jalikda baxtsiz hodisalarni hisobga olish va qayd qilish uchun maxsus
jurnaldan foydalaniladi. Oxirgi uch yilda baxtsiz hodisa yuz bermagan.
Xizmat qiluvchi xodimlar maxsus kiyimlar bilan (kombinezon, fartuklar,
oyoq kiyimi, himoya ko’zoynaklar va h.k.) ta’minlangan.
Maxsus ovqatlantirish yo’lga qo’yilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |