20-modda. Epizootik kasalliklarga qarshi favqulodda komissiyalar
Hayvonlar yalpi kasallanishi hamda nobud bo’lishining oldini olish va
bartaraf etish yuzasidan korxonalar, muassalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar
faoliyatiga kundalik rahbarlik qilish hamda bu boradagi ishni muvofiqlashtirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shahar va tuman
hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlar tomonidan o’zining tasdiqlangan
Nizomiga muvofiq ish olib boruvchi epizootik kasalliklarga qarshi komissiyalar
tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |