Laboratoriya ishi-3.
Baqa terisining o‘tkazuvchanligini o‘rganish.
Ishning
maqsadi.
Eritmani
xiliga
qarab
baqa
terisi
o‗tkazuvchanligini aniqlashga tegishli bo‗lgan tajriba o‗tkazish.
Ishning bajarilishi. Bu ish quyidagi tamoyillarga tayangan holda
o‗tkaziladi. Odatda o‗tkazuvchaklik deganda, hujayra va to‗qimalarning
gaz, suv va unda erigan moddalarning o‗tkazuvchanlik qobiliyati
tushiniladi. Hujayra, to‗qimalar tomon moddalarning o‗tish xususiyati
asosida Fik qonunida ta‗riflanganidek, molekulalarning diffuziya
hodisasi yotadi. Bu qonunga muvofiq diffuziya tezligi ma‗lum vaqt
birligi ichida diffuziyalanib o‗tgan modda miqdori bilan aniqlanadi va bu
kattalik diffuziyaga nisbatan perpendikulyar yo‗nalishdagi konsentratsion
gradient va yuza sathiga to‗g‗ri proporsional bo‗ladi, ya‗ni:
dm
dt = - DS
dc
dx
Do'stlaringiz bilan baham: |