65
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobini taftish va tekshiruvdan o‗tkazishda guruh rahbari buxgalteriya
va uning tarkibi, uning shtati, tashkilotning xarajatlar smetasi bo‗yicha umumiy
summasi bilan tanishib chiqadi. Bundan tashqari, buxgalteriya xodimlari o‗rtasida
xizmat vazifalarini taqsimlanishi va hujjatlar aylanishi bilan tanishadi.
Shundan keyin tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va
rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobi bo‗yicha taftish va tekshirishlar
ishchi rejasi tuziladi va unda aniq muddatlar va ishning taqsimlanishi amalga
oshiriladi.
Taftishchi muassasaning moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobini tekshirish jarayonida moddiy javobgar shaxsining ishtirok
etishini ta‘minlashi, bajarilgan ishlar xajmini nazorat o‗lchovini amalga oshiradi,
nusxa va namunalar olinadi hamda ular asosida moddiy javobgar shaxs
tekshiriladi. Alohida e‘tibor belgilangan tartibda jinoiy ish ochilgan ishlar bo‗yicha
taftish va tekshirish o‗tkazishga qaratilishi lozim.
Tibbiyot muassasalarida rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari va kirim
qilingan moddiy qiymatliklarning buxgalteriya hisobini yuritish belgilangan
tartibga rioya qilinishi, ularga qorovullikni tashkil etilishi, muassasadagi propusk
tizimi holati, muassasa hududidan moddiy qiymatliklarning olib chiqilishi va olib
kirilishi tekshiriladi.
Tibbiyot muassasasining buxgalteriya hisoboti va balanslarni hisobot
ma‘lumotlarining ishonchliligi, turli xatoliklar hamda qo‗shib yozishning oldini
olish, topshiriqlarni bajarish ko‗rsatkichlari faktlarini buzib ko‗rsatilishi holatlari
batafsil tekshiriladi.
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari bo‗yicha taftish va tekshirish natijalarini rasmiylashtirish va
aniqlangan moliyaviy intizomning buzilishlari va kamchiliklarni tugatish bo‗yicha
qabul qilingan choralar yuzasidan moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘lari bo‗yicha taftish va tekshirishda aniqlangan moliyaviy
intizomning buzilishlari va kamchiliklar bo‗yicha guruh rahbari, taftish
66
qilinayotgan muassasaning rahbari hamda bosh hisobchi imzosi bilan, zarur
hollarda ilgari ishlagan davrida kamchiliklarga yo‗l qo‗ygan taftish qilinayotgan
tashkilotning ilgari ishlagan rahbari va bosh buxgalter imzosi bilan akt tuziladi.
Bunda nazorat-taftish organida moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish
jamg‘armasi mablag‘lari hisobi bo‗yicha taftish akti, tekshirilgan muassasa
mansabdor shaxsining tushuntirish xati, taftishda aniqlangan aybdorlar, ularni
suiste‘molchilik qilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi qoldiriladi.
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi
mablag‘lari hisobi bo‗yicha taftish va tekshirish materiallari asosida qoniqarsiz
ishlarni sababi aniqlanadi va ularning moliyaviy faoliyatini yaxshilash bo‗yicha
taftishchi taftish qilinayotgan muassasa xodimi bilan tadbir ishlab chiqadi.
Moliya organlari, budjet tashkilotlari rahbarlari budjet intizomiga rioya
qilinishi uchun mehnat, ma‘muriy va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan
tartibda shaxsan javob beradilar. Bunda budjet tashkilotlarining qo‘shimcha
daromadlar olish bo‘yicha faoliyati budjet mablag‘lari hisobiga bajarilayotgan
ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va sifatiga zarar yetkazmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: