Udk: 336. 22 Begimqulov eldor berdiqul o’G’LI


Smetalarning guruhlanishi



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana31.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#208901
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablaglarini shakllantirishni

Smetalarning guruhlanishi 

Xarajat 

manbalariga ko’ra 

Muassasaning va tadbirning 

turiga ko’ra 

Amal  

qilishiga ko’ra 

Budjet mablag‘lari 

bo‘yicha xarajatlar 

smetasi 


Budjetdan tashqari 

mablag‘lar bo‘yicha 

smeta 

Vaqtinchalik 



smeta 

Doimiy 


smeta 

Yakka smeta 

Jamlanma smeta 

Markazlashgan 

tadbirlar uchun smeta 



Xarajatlar  smetalarini,  daromadlar  va  xarajatlar  smetalarini  tuzishda 

mehnatga  haq  to‗lash  miqdorlari  va  shartlari,  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  uchun 

narx va ta

`riflar: 

-  barcha  tashkilotlar  (mavsumiy  yoki  moliya  yili  mobaynida  yangidan 

tuzilayotgan  tashkilotlardan  tashqari)  bo‗yicha  —  mazkur  smetalar  tuzilayotgan 

moliya yilining 1 yanvarida amalda bo‗lgan shartlarda; 

-  mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan tashkilotlar 

bo‗yicha — mazkur tashkilot faoliyat ko‗rsatishi boshlangan oyning birinchi sanasi 

holatiga ko‗ra hisobga olinadi. 

Budjet  tizimi  budjetlari  ijrosi  jarayonida  yuzaga  keladigan  barcha 

qo‗shimcha  xarajatlarga  budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag‗lari  oluvchilarning 

xarajatlar  smetalariga  budjet  to‗g‗risidagi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 

tegishli  o‗zgartirishlar  kiritiladi.  Budjet  tashkilotlari  va  budjet  mablag‗lari 

oluvchilarning  xarajatlar  smetasi,  daromadlar  va  xarajatlar  smetasi,  vaqtinchalik 

xarajatlar  smetalari,  budjet  mablag‗larini  taqsimlovchilarning  jamlanma  xarajatlar 

smetasi  ming  so‗mda  tuziladi.  Budjet  tashkilotlarining  shtat  jadvallari  va  budjet 

mablag‗larini taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so‗mda tuziladi. 

Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‗lar bo‗yicha smeta bir yillik 

muddatga  -  1  yanvardan  31  dekabrgacha  bo‗lgan  davrga  tuziladi  (mavsumiy 

tadbirlar  uchun  yoki  joriy  moliya  yilida  ishga  tushiriladigan  tashkilotlar  bo‗yicha 

esa ularning mazkur yildagi faoliyat ko‗rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi). 

Budjet  qonunchiligida  kelgusi  moliya  yili  uchun  davlat  budjeti  yil 

boshlangunga qadar qabul qilinmagan holatdagi xatti-harakatlar belgilab berilgan. 

Xususan,  agar  moliya  yili  boshlangunga  qadar  shu  yilga  mo‗ljallangan  davlat 

budjeti  mamlakat  qonun  chiqaruvchi  organi  tomonidan  qabul  qilinmasa,  budjet 

tashkilotlarini  mablag‗  bilan  ta‘minlash  ular  tomonidan  tuzilgan  vaqtinchalik 

xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. 

Vaqtinchalik  xarajatlar  smetasi  –  budjet  tashkilotining  (yoki  budjet 

mablag‗lari  oluvchining)  xarajatlar  smetasi  tasdiqlanguniga  va  ro‗yxatdan 

o‗tkazilguniga  qadar  amal  qiladigan  hujjat  bo‗lib,  unda  qonun  hujjatlaridagi 



31 

 

o‗zgartirishlar  hisobga  olingan  holda  uning  uchun  nazarda  tutilgan  budjetdan 



ajratiladigan mablag‗lar har oy uchun aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi 

oylar kesimida birinchi chorakdan oshmagan davr uchun tuziladi, ko‗rib chiqiladi 

va tasdiqlanadi. Bunda har oylik xarajatlar o‗tgan moliya yilining oxirgi choragida 

budjet tashkiloti tomonidan sarflangan budjet mablag‗larining uchdan bir qismidan 

oshib ketmasligi shart. 

―Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va 

budjet  mablag‗lari  oluvchilarning  vaqtinchalik  xarajatlar  smetalari  joriy  moliya 

yilining 25 dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‗yxatdan o‗tkaziladi‖

10



Vaqtinchalik  xarajatlar  smetasi  asosiy  smeta  tasdiqlangunga  qadar  amalda 



bo‗ladi,  bunda  belgilangan  tartibda  ro‗yxatdan  o‗tkazilgan  xarajatlar  smetasidagi 

birinchi  chorak  uchun  ko‗zda  tutilgan  xarajatlar  summasi  tashkilotlarning 

vaqtinchalik  xarajatlar  smetasida  rejalashtirilgan  xarajatlar  summasidan  kam 

bo‗lishi mumkin emas. 

Budjet tashkilotlari o‗zlarining xarajatlarini hisoblab chiqishda va smetalarni 

rejalashtirishda quyidagilarga amal qiladilar: 

– O‗zbekiston  Respublikasi  qonunlari,  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisi  qarorlari,  Prezident  farmonlari  va  qarorlari,  O‗zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  farmoyishlari,  O‗zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligining normativ hujjatlariga; 

– budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirishning normativ uslubiga; 

– tovar  va  xizmatlarning davlat  tomonidan  tartibga  solinadigan  baholari  va 

ta‘riflariga, shuningdek, nodavlat korxonalar va tashkilotlarning ayrim tovarlari va 

xizmatlari baholariga; 

– yuqori  turuvchi  tashkilotlar  rahbarlarining  o‗zlari  tasarrufidagi 

muassasalarning kelgusi yil uchun xarajatlar smetalarini tuzish masalalari bo‗yicha 

ko‗rsatmalari va takliflariga, agarda ular qonun hujjatlariga zid bo‗lmasa;  

– bolalar va boshqa ijtimoiy-madaniy tashkilotlarda ovqatlanishga ketadigan 

xarajatlar  summasi  tashkilotlarning  ayrim  turlari  uchun  qonun  hujjatlari  bilan 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish