§ 1.3. Virtual laboratoriya ishlariga qo‘yiladigan talablar.
O‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar, informatsion va
kompyuter texnologiyalar shiddat bilan kirib kelmoqda va bu davr talabidir.
Virtual laboratoriya ishi - bu aniq bir real jarayonning aynan
imitasiyasidan iborat bo‘lgan, real laboratoriya ishining kompyuter dasturidagi
modelidir. Virtual laboratoriya ishlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi, uslubiy va
didaktik talablar qanday bo‘lishi lozimligini, qo‘yiladigan talablar nimalardan
iboratligini ko‘rib chiqaylik. Virtual laboratoriya ishlariga qo‘yiladigan
talablarni uch yo‘nalish bo‘yicha tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |