7. “Tayanch signallar” usuli. Bu usuldan foydalanilganda mavzu
bo’yicha tayanch manbalar, bilimlarni eslatuvchi signallar yozib qo’yiladi,
talabalar shu signallardan foydalanib savollarga javob topadi va mavzuni
to’liq o’zlashtirib oladi. “Tayanch signallar” usulidan foydalanilganda milliy
kurashga doir signallar (bеlgilar) yozuv taxtasida yoki ko’rgazmali vatmanda
yozib qo’yiladi, talabalar shu bеlgilarni o’rganib qo’yilgan topshiriqlar
(savollar)ga javob topadilar va mavzuni to’liq o’zlashtirib oladilar. Bunda
milliy kurash turlari bеlgilar (chizmalar, harflar, kalit so’zlar) yordamida kod
bilan ifodalanadi. Mana shu ifodalarga qarab talaba nima to’g’risida so’z
borayotganligini anglaydi va uning mazmunini ochib bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |