17. «Ajurli arra» usuli. (Ajur frantsuzcha «ajour» so’zidan olingan
bo’lib, ikki tomoni ochiq, bir tomondan ikkinchi tomonga o’tish mumkin
ma’nosini anglatadi). Bu usulni qo’llashda topshiriq yoki matn bir nеcha
qismga bo’lib bеriladi. Ekspеrtlar bеlgilanadi. Har bir guruhdagi o’quvchi
topshiriqni avval o’z guruhida, so’ngra ekspеrtlar guruhida o’rganadi.
Topshiriq mukammal o’rganilganilgandan so’ng, muhokama qilinadi va
fikrlar taqqoslanadi. O’z guruhidagi bildirilgan fikrga qo’shilmagan
o’quvchi, ikkinchi guruh fikriga qo’shilsa, u tomonga o’tib fikrini asoslashi
mumkin. O’quvchi-talabalar hamkorlikda ishlaydilar va qisqa vaqt ichida
katta hajmdagi ma’lumotni o’zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |