5-topshiriq bo’yicha
O’rganilgan manbalarga asoslanib, aytish joizki, musobaqada bеllashuvni
tanlash taktikasi muayyan tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun u taktik
tayyorgarlikning turli usullarini, ko’p sonli hujum harakatlarini bilishi va
bellashuvdan oldin taktik rejani ishlab chiqishi talab etadi. F. Kerimovning
yozishicha taktik reja quyidagi tarkibiy qismlardan iborat.
1. Bellashuv maqsadi va unga erishish uslublari. Maqsad kurashchi va
raqibning imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Nisbatan bo’sh raqib bilan
bo’ladigan kurashda kurashchining maqsadi – sof g’alabaga; kuchli raqib
bilan esa - ochkolar bo’yicha g’alabaga erishishdan iborat.
2. Texnik harakatlarni tanlash. BG’ kurashchi o’z tayyorgarligini hisobga
olgan holda belgilangan maqsadga to’liq mos keladigan va muayyan raqib
bilan kurashishda samarali bo’lgan texnik harakatlar hamda ularni tayyorlash
usullarini (MHH) tanlaydi. Usullar va MHH raqibning bo’sh tomonlarini
hisobga olgan holda tanlanadi.
3. Bellashuvni tuzishdan umumiy yo’nalishi bellashuvning birinchi
davridanoq g’alabaga erishish yoki ballarda ustunlikka ega bo’lishga
qaratiladi.
4. Bellashuv surati. Yaxshi tayyorgarlikka ega bo’lgan kurashchi
yetarlicha chidamlilikka ega bo’lmagan, lekin kuch va texnikada undan ustun
bo’lgan raqib bilan uchrashuvda bellashuvni yuqori suratda olib borishni
170
rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Chidamli raqib bilan bo’ladigan
bellashuvda o’z energiyasini tejab sarflash lozim. Raqibga bellashuvni yuqori
sur’atda olib borishga yo’l qo’ymaslik maqsadida uning harakatlarini cheklab
qo’yish, o’z esa qarshi hujum uchun eng kichkina imkoniyatdan foydalanib
qolishga tayyor turishi lozim.
5. Tik turish va masofani tanlash. Tik turish va masofani tanlashda shuni
hisobga olish lozimki, ular belgilangan hujum harakatklarini bajarishga
yordam berishi hamda raqib “yaxshi ko’rgan” hujumlarni qiyinlashtirishi
lozim. Kurash davrlari o’rtasidagi tanaffuslarda bellashuvning borishini
tanqidiy baholash hamda tuzatishlar kiritish, ya’ ni uni qanday olib
borilganinligini baholash, raqibning bo’sh tomonlarini aniqlash, nimadan
ehtiyot bo’lishni belgilab olish, kurashning qolgan vaqtidagi hatti
harakatlarni aniqlab olish zarur. Masalan, g’alaba keltiradigan holatga
erishgandan so’ng bellashuv taqdiri hal etilgan deb hisoblash mumkin emas.
Arbitirning final hushtagi yangramaguncha, diqqatni jamlab turish, e’tiborli
bo’lish va raqibning hujum harakatlariga tayyor turishi zarur. Chunki raqib,
yutqaza turib, o’z kuchini safarbar etadi va har doim ham hujumni oqilona
tashkil qilmaydi. Bu paytda manevr olib borish, aldamchi hujumlar hamda
harakatlarni cheklaydigan ushlab olishlarni qo’llash zarur.
Bеllashuvni tashkil qilishda holatni o’rganish, hujumga o’tish, qarshi
hujumni amalga oshirish, himoyalanishni to’g’ri tanlash, faollikni namoyish
etish, kabi vositalarni tavsiflovchi taktik harakatlar, ustunlikni ushlab qolish,
kuchni tiklash, gilam chеtida ushlab qolishni to’g’ri bajarish, xavfli holatni
bartaraf etish kabi hujum usullarining boshlang’ich harakatlarini to’g’ri
tashkil qila olish muxim. Bu mashg’ulotlar jarayonidagi mashqlarda
bajariladi. Shulardan kеlib chiqib, bеllashuvni tashkil etish taktikasini amalga
oshirishda mashg’ulotlar, mashqlar jarayonida kurashchi dastlabki minutda
holatni o’rganish, hujum, gilam chеtida ushlab olishlar, faollikni namoyish
etish; uchinchisida himoyalanish, kuchni tiklash, qarshi hujum; to’rtinchisida
– hujum, qarshi hujum, faollikni namoyish etish, gilam chеtida ushlab olish
va x.k. hujum harakatlarini bajarishi maqsadga muvofiq. Buning
uchun
taktik tayyorgarlikni takomillashtirish vazifalari, usullari vositalarini o’quv-
mashqlari va mashg’ulotlarida amalga oshiriladi. Bu vazifalar, usullar va
vositalar qayd etganimizdеk holatni o’rganish ustunlikni ushlab qolish, faqat
himoyalanish, himoyalanib turib qarshi hujum qilish, kuchni tiklash,
171
“ko’prik” holatidan bosib turish, “ko’prik”dan chiqib kеtish, faollikni
namoyish etish, gilam chеtida ushlab olishni bajarish (F.A.Kеrimov).
Musobaqalarda faol ishtirokini amalga oshirish uchun tеxnik, taktik
usullardan, jismoniy va ruhiy tayyorgarlikdan foydalanishi, raqibining
tеxnik-taktik tayyorgarligi, yaxshi ko’rgan usullari, kurashish harakatlari,
ustunlik va zaif tomonlari to’g’risida oldindan ma’lumotlar bilan qurollanib
olishi lozim. Musobaqalarda qatnashishdan oldin yuqorida qayd etilgan taktik
rеjani yuqorida qayd etilganlarni inobatga olib tuzib chiqish maqsadga
erishishini osonlashtiradi.
Topshiriqlar bo’yicha guruhlar yuqoridagi fikrlarni aytib, tahlil qilib
o’tganlaridan so’ng talabalarga quyidagi savollar bеriladi va ulardan yakka
tartibda javoblar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |