samaradorligi firmaning iqtisodiy farovonlikka erishishi uchun asosiy va hal qiluvchi
39
Marketing
kommunikatsiyalarini
boshqarish
jarayoni
amaliyotda
foydalanadigan integrasiyalangan kommunikatsiyalar, yoki "kommunikatsiyalar
g’ildiragi" tarkibiga quyidagilar kiradi: reklama, to’g’ridan-to’g’ri marketing, siljitish
tizimi, shaxsiy sotuvlar, PR, ko’rgazma marketingi, interaktiv marketing, korporativ
taniqlilik, homiylik. Bunda to’g’ridan-to’g’ri marketing telefon marketingi, direkt-
meyl, korporasiya kuchlari bilan reklama kampaniyalarini ko’zda tutadigan bir nechta
kommunikatsiya usullarini taqozo etadi. Korporativ taniqlilik kommunikatsiyasi katta
ahamiyatga ega bo’lib, u arxitektura dizayni, firma uslubi, tashkilot madaniyati,
brend ommaviyligi, mijozlarga servis xizmati ko’rsatishni o’z ichiga olgan holda
jamoatchilik vakillari bilan umumiy aloqalar orqali namoyon bo’ladi.
Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalarini boshqarish jarayoni
quyidagi yo’nalishlarni nazarda tutadi:
- marketing
kommunikatsiyalarini
korporativ
maqsadlar
bilan
muvofiqlashtirish (vertikal bo’yicha integrasiya). Bunda oliy bo’g’in rahbariyatining
nafaqat integrasiya masalalari bo’yicha, balki kommunikatsiyalarni amalga oshirish
shakllari bo’yicha ham qo’llab-quvvatlashi zarur. Bunga sotuv bozorlarida
mustahkam pozisiyalar egallash bo’yicha kommunikatsiya maqsadlari va vazifalari
aniq ifodalangan holda erishish mumkin bo’ladi.
- marketing
kommunikatsiyalari
strategiyalarini
korporativ
bloklarning
funksional faoliyati bilan muvofiqlashtirish (gorizontal bo’yicha integrasiya).
Muvofiqlashtirish jarayonida muddatlar bo’yicha ham, ehtiyojlarni qoplash manbalari
bo’yicha ham real ijro etilishi mumkin bo’lgan marketing kommunikatsiyalari aniq
dasturi zarur.
- marketing to’plami doirasida, ya’ni tovar, narx, taqsimot, ilgari surish va
jamoatchilik bilan aloqalarni hisobga olgan holda integrasiya. Bir vaqtning o’zida
xabarni va xaridorlar maqsadli muloqot doiralari e’tiborini jalb qilishning korporativ
usulini integrasiya qiladigan kompaniya brendi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
- Moliyaviy integrasiya. Nolga teng byudjetdan boshlang va unga
kommunikatsiya kanali tannarxi hamda tanlab olingan maqsadlarga erishish uchun
40
zarur bo’lgan kommunikatsiya dasturi bo’limlari bo’yicha umumiy xarajatlarni
qo’shing.
- joylashtirishni integrasiyalash birinchi navbatda eng yangi axborot
texnologiyalari,
yangilik
press-relizlari,
raqobatli
ustunliklar,
bozordagi
barkarorlikdan foydalanish; korporativ ta’sirni mustahkamlash uchun ijtimoiy
aksiyalar va taqdimotlar tashkil qilish; tarmoq ko’rgazmalarida ishtirok etishni
nazarda tutadi. Integrasiyalangan marketing kommunikatsiyalarini amalga oshirish
muayyan ustunliklarga ega, chunonchi: yakuniy hisobda, doimo sotuvni oshirish va
belgilangan
miqdorda foyda olish; to’siqlarni bartaraf qilish natijasida
kommunikatsiya kanali tozaligini ta’minlash; umumiy dasturni bajarish doirasida
takrorlanish, parallellik elementlarini yo’qotish hisobiga pul mablag’larini tejashga
erishiladi. Kompaniya menejmentining korporativ sa’y-harakatlari birinchi navbatda
kommunikasion marketing strategiyalari ishlab chiqishga yo’naltirilgan bo’lishi
lozim.
Firma strategiyasi bu – ular yordamida kompaniya qo’yilgan vazifalarni
bajarishga umid qiladigan chora-tadbirlar mantiqiy sxemasi.
Do'stlaringiz bilan baham: