d) Harakat so‘zi boshqaradigan o‘yinlar. Bunday o'yinlar kompozitsiyasi-
da qo'shiq harakatni yuzaga keltirishi va boshqarishi bilan muhim uzvga aylan-
gan, aniqrog'i, qo‘shiq yo ular kompozitsiyasining asosini tashkil etadi, yo o‘yin
yo‘nalishida biror vazifani bajaradi. Shu zaylda u estetik qimmatini oshiradi va
folklorlik ruhini kuchaytiradi. Shu vajdan bu xildagi o‘yinlami nuqul sport na-
munalari sifatida xarakterlash — ulaming folkloristik xususiyatlarini inkor etis-
hga olib keladi. Chunki har qanday qo‘shiq, awalo, og‘zaki poetik ijod namu-
nasi bo1 lib, harakatning unga omuxtalashuvi folklor va sportning o‘zaro mantiqan
uyg‘unlashuvining zuhuri hisoblanadi. Binobarin, bunday o‘yinlarga shunchaki
o‘yin sifatida emas, o‘yin-qo‘shiqlar sifatida qarash to‘g‘riroqdir.
0 ‘yin-qo‘shiqlardagi poetik matn dialog va monolog shaklida boiib, ijrosiga
ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Dialog shaklidagi poetik matnlar aksariyat hollarda
jo ‘rovoz holatida ijro etilsa, monologlar kuylanmaydi, balki shovqin solib deklo-
matsiya qilingan. Shunisi ham borki, jo ‘rovoz bo‘lib ijro etiladigan dialog shakli
dagi poetik matnlaming aksariyatida buyurish ohangi yetakchidir. Chunonchi,
«Oq terakmi,
k o 'k
terak?» o‘yin-qo‘shiqni ko'zdan kechiraylik. Bu o‘yin-qo‘shiq
bolalar repertuarida uzoq zamonlardan beri o'ynalib kelinadi. Bu jihatdan er-xotin
V. va M. Nalivkinlar bergan ma’lumot alohida qimmatga ega. Ana shu ma’lu-
motga ko'ra, bundan yuz yilcha ilgari ham bu o‘yinni bolalar o‘ynaganlar va
uning ijro tartibi quyidagicha boigan: «Bolalar ikkita teng guruhga boMinganlar.
Guruhlaming har biri o‘zaro qo‘lma-qo‘l ushlashib, o‘zicha saf hosil qilishadi;
ikkala saf ham yuzma-yuz turíshadi. Bir safdagilar ikkinchi safdagilardan jo 'r
boiib so‘rashadi:
Oq terakmi, ko ‘k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
Kimnidir so‘rashadi. So‘raigan qarshi safhi yorib o‘tish niyatida unga chopib
borib tashlanadi; agar u yorib o'tolsa, unda o‘sha safdagi bolalardan birini ye-
taklab borib o‘z safíga qo'shadi, aks holatda esa o‘zi o‘sha safda qoladi va o‘yin
davom etaveradi»1. Oradan bir asrdan ziyod vaqt o‘tganiga qaramay, o‘yin tartibi
hamon shu holicha saqlanib kelmoqda. Lekin o‘yin qo‘shig‘i transformatsiyaga
uchrab, xilma-xil varíantlar kasb etganini ta’kidlash lozim. Mana shunday variant-
lardan biri:
— Qamar, qamar, qamchini,
Qovurg 'aning yanchini.
Oq terakmi, ko 'k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
Ikkinchi safdagilar ham shu ohangda jo ‘r boMishib, shunday javob qaytari-
shadi:
— Kichkina Salim kerak.
Odatda, qarshi tomon kichikroq, kuchsizroq yoki o'zlariga yoqqan bo-
lani da’vat etishi an’anaviydir. Shu sababli da’vat etiluvchi bola nomi turlicha
sifatlanmog‘i mumkin, biroq bu javob satri ritmining savol satrlari ritmiga mos
monelik qilmasligi lozim. Shunisi xarakterliki, savoldan iborat ikkilik deyarli bar-
cha variantlarda turg‘un holatda saqlangan boisa-da, o‘sha ikkilikka yo olddan,
yo oxirídan goh bir, goh ikki va undan ham ortiq o'yinchilar holatini ifodalovchi
satrlar qo‘shilgan:
— Sohibjamol uydan chiqsa,
Hammani qaratadi.
Oq terakmi, ko 'k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
Jilmayibgina turgan
Bo ‘tako 'z Zumrad kerak.
O ‘ynab-ynab kuylaymiz,
Kuylab-kuylab o ‘ynaymiz.
Oq terakmi, ko 'k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
Erkin qo 'zichoq kerak.
Ola-bula kapalak,
Orqa sochim jamalak.
Oq terakmi, ko 'k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
—
Xayri qizaloq kerak.
Keyingi variant ikkala tarafning tugal poetik dialogi hisoblanadi. Birinchi
taraf an’anaviy poetik so‘roqqa o‘yin muddaosini ifodalovchi baytni qo'shgan
boisa, ikkinchi taraf nozik parallelizm asosida o‘yinchilar holatini ifodalovchi
bayt qo‘shgan. Sochga jamalak urilganda «ola-bula» kapalakni eslatishi tabiiy.
Ayni choqda «ola-bula»likda parokandalik holati ham ifodalanishi mumkin. Shun
day ekan, yutqiza turib safning siyraklashayotganiga ham ishora qilinayotgan-
day. Tag4in shunday varianti ham borki, unda har bir satr o‘zicha mustaqil poe
tik so‘roq va uning poetik javobi shaklidadir. Bunda qofiyalanuvchi so'zlardagi
ohangdoshlik muhim roi o‘ynagan:
—
Oq terakmi, ko 'k terak?
—
Bizdan sizga kim kerak?
—
Sayrab turgan dil kerak.
—
Dillarni(ng) qaysi biri?
—
Gulandomdir o 'tkiri!
Qo‘shiq matni davr ruhiga yo‘g‘rilib transformatsiyaga uchrashi natijasi-
da xilma-xil variantlari yuzaga kelgan. Ammo o‘yinning o'zidagi tartib-qoida
qat’iyligicha qolavergan; safhi yorgan — g‘olib, yutqizgan tarafdan bir bolani
o‘zi mansub safga qo‘shib, uni mustahkamlaydi, kuchaytiradi; yorolmagan —
mag'lub, o'sha safning bandisiga aylanib qoladi va o‘z safini kuchsizlantiradi.
G‘olibning bo'ysundirishi, mag‘lubning itoati o‘yinning huquqiy xosiyati sifatida
bolalarga huquq asoslarini idrok qilishga yo‘1 ochsa, ayni choqda har bir o‘yin
ishtirokchisini o‘zi mansub safdoshlari oldida mas’uliyat sezishga undaydi. Eng
muhimi, safni yorishi zarur topilgan bola qarshi tarafning kuchsiz joyini mo‘ljallay
olishga, o‘sha joyni yorib o‘tishga kuchi yetishini his qilishga, demak, taktik jihat-
dan aniq mo‘ljal ola bilishga va o‘z kuchiga ishonch hosil qilishga ham o'rganadi.
0 ‘yin-qo‘shiqning xuddi shu xususiyatlarini chuqur his qilgan ilg‘or muallim-
lar, bolalar shoirlari, bog'cha murabbiyalari unga alohida rag‘bat bilan qarab,
bir qadar kitobiyroq bo‘lsa-da, yangi variantlaming yuzaga kelishiga ta’sir
ko‘rsatganlar. Quyida keltiriladigan ana shunday qo‘shiqlaming birida an’anaviy
savoldan iborat bayt aynan saqlangan boiib, a’lo o‘qish sharaflanadi:
— Biz boyagi hovlida
Bo ‘lib tarafma-taraf.
Navbat bilan aytishdik
Taraf-tarafga qarab.
Oq terakmi, ko ‘k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
— Bizga kerak maktabda
Eng a 'lochi Alisher.
Oq terakmi, ko ‘k terak?
Bizdan sizga kim kerak?
— Bizga Alisher kerak!
Ikkinchisida o‘sha an’anaviy savoldan iborat bayt ritmi saqlangan holda bayt
uchlik bandga aylangan va mazmun ham o'zgarmagan:
— Oppoq-oppoq ko ‘rak,
Ko 'm-ko
‘
Do'stlaringiz bilan baham: |