Xalq 0 ‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana31.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#206754
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ozbek xalq bolalar oyinlari ozbek xalq bolalari oyinlari - 28.04.2016 15-10-47

O ‘ying o 'ngisin,


Tog ‘ bag ‘rida yotib olsa,

Qo 'ychi o 'ngisin.

Qo'ychi  bo'lsang,

Qo 'ylaringni birga boqaylik.

Dushmanlarning 

k o

 

‘kragiga 

O'tlar yoqaylik.

0 ‘ylay  bilish  —  katta  san’at,  uning  vositasida  voqelikni  idrok  qilish  yo‘li 

ochiladi.  Bu  o‘yinda  ham  shunday  bo‘layotir.  0 ‘yinchi  shunchaki  o‘ylamayotir, 

balki o‘yinga parvoz berganidan yuksak tog‘  xayolini chulg‘agan.  Tog‘  bag‘ridagi 

qo‘ychi  va  qo‘ylar  —  mehnatkash  inson  va  el  boyligi  unga  muqaddas  tuyulma- 

ganidan,  ular  bir  ipda  tizilganday,  pirovard-oqibatda  shularga  zavol  keltirmoqchi 

boMgan dushmanga nafrat va qasos o'yinga aylangan.  Bu o‘yinlaming barchasida 

vatanparvarlik pafos darajasiga ko‘tarilgan.

«Kim  chopag‘on»,  «Zum-zum»,  «Tez  qaytish»  «Quvlashmachoq»,  «Ushla- 

ma»  va  boshqa  shunga  o‘xshash  o‘yinlar  bolalaming  jismoniy  chiniqishlariga 

ma’naviy ko'rk bag'ishlaydi; ulami chaqqon, epchil, sezgir bo‘lishga, aniq moMjal 

olishga, vaziyatni baholay bilishga o‘rgatadi.  «Kim chopag‘on»da tez chopish mu- 

sobaqasining mohiyati o'yin (ona) boshi qo‘shig‘ida shunday ifodalanadi:

Karim kamonga ketdi,

Sobir somonga ketdi.

Tolib,  Tesha — ikkovi 

Ikki tomonga ketdi.

Qaysisi kelsa oldin 

Manov sovg 'ani olsin,

Husht!

«Zum-zum»  o'yin  chillak  o'yinining  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  yutqizgan  to- 

mon  zum  chopib  dovni  bermog‘i  lozim.  Bunda  yutgan  tomon  chillakni  yerga 

tushirmay, muallaqligicha chillakdasta bilan necha marta ura olsa, shu sanoq dara- 

jasigacha uni uzoq masofaga yo‘naltirib zarb bilan uradi.  Yutqizgan shu masofaga 

bir  nafasda  «zum»  degancha  chopib  kelmog‘i  shart.  Albatta,  awalo,  u  shu  ma- 

sofaning  uzoq-yaqinligini  chamalab,  uning  qancha  qismigacha  nafasi  yetishini 

inobatga  olmog‘i,  so‘ngra,  o‘sha  masofaning  ma’lum  qismini  quyidagi  qo‘shiqni 

aytish hisobiga chopib o‘tmog‘i kerak:

Shoyi 

k o

 

'ylak kiymayman,

Hilpillatib yurmayman.

Kalish-mahsi kiymayman.

G 'irchillatib yurmayman.



Botinkamni kiymayman,

Do ‘qillatib yurmayman,

Oyoqyalang chopaman.

Chopaman,  doving beraman,

Zum...m...m...

Ana shu zum bilan marraga yetib kelish shart.  Aks holda uzilgan joydan o‘yin 

qayta boshlanadi.

«Kattalaming  o‘z  o‘yinlari  bo‘lganidek,  —  deb  yozadi  professor G.Vinogra- 

dov,  —  bolalaming  ham  o‘z  o‘yinlari  bor,  ular o‘zaro juda  ko‘p  umumiyliklarga 

ega  bo‘lsalar-da,  bir-birlaridan  shunchalik  ajralib  turadilarki,  ana  shu  farqlami 

o'Tganish  lozim»1.  Zotan,  o‘yin  ko‘p  hollarda  kattalar  uchun  jiddiy  ishlardan 

ma’lum  muddatga chekinish,  hamma narsadan qimmatli  vaqtni  zoye ketkizmaslik 

uchun hordiq chiqarish  va o‘z aqliy-intellektual  hamda jismoniy  kuchlarini  yig‘ib 

yangidan  bir  shiddat  hosil  qilish  vositasi.  Bundan  kattalar  orasida  qaror  topgan 

musobaqa xarakteridagi o‘yinlar mustasno, albatta.

Rost, aslida har qanday o‘yin asosida kurash va tortishuvda zuhur topgan mu­

sobaqa  yotadi.  Biroq  shu  kurash  va  tortishuvning  shiddati  pirovard-oqibatda  shu 

musobaqa  tabiatini  belgilaydi,  shu  bois  qay  bir  o‘yin  shunchaki  hordiqqa  xizmat 

qilsa, qay biri chinakam kurash negizidagi musobaqa tusini oigan.  Kurash, ko‘pka- 

ri, chavandozlik singari qator o‘yinlar sport o‘yinlari shaklini oigan.  Bolalar o‘yin- 

lari esa tamoman o‘zgacha mazmunga ega.  U — turli yoshdagi  bolalar hayotining 

ajralmas tarkibiy qismi, o‘sish va ulg‘ayish, chiniqish va toblanish pillapoyalari.

0 ‘yin bolalar beshikdaliklaridayoq hayotlariga kirib boradi:  «Bordi-bordi»yu, 

«Havzak-havzak»lar  boMib,  shaqildog‘-u  tutanchiq  singari  o'yinchoqlar  boMib, 

bolalar  ulg‘aygan  sayin  o‘yinlari  ham  beshikdan  uyga,  uydan  hovliga,  hovlidan 

ko‘chaga, keng maydonlarga ko‘cha boradi,  ham shaklan, ham mazmunan  murak- 

kablashadi, hayotning barcha qirralarini  muqallidan  ilg‘ay boradi, qolaversa, hatto 

bolalaming j insiga ko‘ra tafovut hosil  qila boshlaydi,  kechki  yoki  kunduzgilikdan 

iborat vaqt tamoyilini  kasb etadi,  hatto yilning qaysi  faslida o‘ynalishi  qat’iylasha 

boradi.  Shu  tufayli  bolalikning  har  bosqichiga  muvofiqlashgan  o‘z  o'yinlari  bor; 

qizlaming  o‘g‘il  bolalardan,  o‘g‘il  bolalaming  esa  qizlardan  farq  qiladigan,  ayni 

zamonda  har  ikkala jinsning  aralash  holda  o‘ynashlariga  muvofiqlashgan  o‘vin- 

lari  turkumlashgan.  Ulaming  faqat  bahorda,  faqat  yozda,  faqat  kuzda  yoki  faqat 

qishda o‘ynaladigan turkumlari shakllangan.  Bu, albatta,  u yoki  bu o‘yinning  fasl- 

lar o‘zgarishi  bilan  yuz  beradigan  mehnat jarayonlari,  ularga  daxldor  urf-odatlar. 

irim-sirimlarga muqallidiy xatti-harakatlari natijasida yuzaga kelganligi oqibatidir.




Shu bois poliz qo‘riqchiligi,  bog‘dorchilik,  chorvachilik,  quruvchilik,  kulolchilik, 

ovchilik,  baliqchilik,  nowoylik,  pazandachilik,  harbiy  va boshqa  kasb-u  korlarga 

muqallidan yuzaga kelgan o‘yinlar bisyordir.

Shuni ta’kidlash joizki, majburiylik — o‘yin tabiatiga yot.  U bolalardagi  ijod- 

korlik  salohiyatini  so‘ndiradi.  Shu  bois bolalar qaysi  o‘yinni  istasalar — uni  ixti- 

yoriy  tanlaydilar.  0 ‘yin  tanlash — o‘yin  maylini,  zavqini  yuzaga  keltirishi  shart. 

Shundagina  bolalar  shunchaki  o‘ynamaydilar,  balki  o‘yinda  yashaydilar,  o‘yin 

ular uchun olamshumul zavq-u shavqqa, turmush darsligiga aylanadi.

0 ‘yinlaraing  turmush  darsligi  sifatidagi  mohiyatini  anglash  —  bolalarda 

unga  nisbatan  mas’ullik  tuyg‘usini,  o‘yin  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilish  burchini 

shakllantirgan.  Shu  boisdan  bolalar  o‘yin  intizomiga  qat'iy  amal  qiladilar.  Shu 

zaminda  asrlar  davomida  o‘yinlarning  o‘z  ichki  qonuniyatlari  shakllanganki, 

bu  bolalaming  ahillik,  hamkorlik,  birodarlik,  tezkorlik,  chaqqonlik,  epchillik, 

bardoshlilik,  matonatlilik,  jamoatchilik,  topqirlik  fazilatlarini  tarbiyalovchi 

mohiyat  kasb  etishini  ta’minlagan.  Shu  zaminda  o‘yinlar  ko‘p  vazifali  hodisaga 

aylangan:  ular  hayot  sabog'i  sifatida  ijtimoiy  mazmun  kasb  etsa,  bolalami 

jismonan  va  ma’nan  chiniqtirib,  axloqiy-tarbiyaviy  vazifani  o‘tagan.  Shu  fazilati 

bilan  etnopedagogik  mohiyat  kasb  etgan.  Xalq  urf-odatlarini,  rasm-rasumlarini 

ifodalab,  etnografik  vazifa  bajargan.  Aytaylik,  hozir  ham  shofirkonlik  keksalar 

orasida  bolalaming  erta  bahordagi  o‘yinlariga  qarab  yilning  qanday  kelishini 

bashorat qilish udumi mavjud.  Ular e ’tiqodicha, bolalar erta bahorda tuproqni uyib 

«xirmonlar»  yasashsa,  «yo‘lkalar  solishsa»  —  yil  to‘kin  va  farovon  kelarmish, 

bordi-yu  bolalar  yemi  o'ydim-chuqur  qilib  o‘ynashsa  —  yil  og‘ir  kelarmish, 

o‘lim  ko‘p  bo‘larmish...

0 ‘yin intizomiga qat’iy amal qilish — bolalarda burch va mas’uliyat tuyg‘usi- 

ni  uyg‘otadi,  shu  fazilati  tufayli  bolalarda  huquqiy  ong  kurtak  yozilishiga  zamin 

tayyorlanadi. Bolalar jamiyatdagi o‘z mavqelarini  idrok qila boradi lar.

0 ‘yinlarda  harakat  ritmik  mutanosiblikka  ega.  Bu,  o‘z  navbatida,  harakatga 

omuxta ritmik o‘ynoqi  qo'shiqlar vositasida bolalarda go‘zallikni  his qilish  mala- 

kasini shakllantiradi, ularda go'zallik tuyg'ularini junbushga solib, estetik vazifani 

bajaradi.

Qolaversa,  bolalar  o‘yinning  o'zigagina  emas,  balki  uni  boshlash  va  yakun- 

lashga  ham  alohida  ahamiyat  beradilar.  Awalo,  birgina  bolaning  o‘zi  yolg‘iz 

holda  kamdan  kam  o‘ynaydi.  Garchi  o‘zbek  bolalari  o‘yinlarida  yolg‘iz  bolaga 

mo‘ljallangan o‘yinlar bor ersa-da, behad kam. 0 ‘yinlaming aksariyati  ikki va un- 

dan ortiq bola faoliyatiga moijallangan.  Shu boisdan o‘ynagani  ko‘chaga chiqqan 

yolg‘iz bola darhol sherik izlashga tushadi, tengqurlarini o‘yinga chorlaydi. Aytish 

mumkinki, o‘yin ana shu chorlamdan boshlanadi, aslida.




Nihoyat, bolalar yig'ilishgach, qaysi o‘yinni o'ynash masalasi jumboqqa ayla- 

nadi.  Bu  masala o'yin  tashkilotchilari  sifatida tanilgan,  shu bolalar to'pida e’tirof 

etilgan,  tan  olingan  sarkorlar  maslahati  bilan  hal  qilingan.  Bunday  o'yin  tashki­

lotchilari  0 ‘zbekistonning turli joylarida  «o'yinboshi»,  «onaboshi»,  «jo‘raboshi», 

«boshliq» atamalari bilan nomlanadi.

Shulaming  irodasi  bilan  tanlangan  o'yinni  xarakteriga  qarab,  demokratik 

asosda tashkil  etishga  kirishiladi.  Aytaylik,  o‘yin  qarama-qarshi  taraflarga bo'lin- 

gan holda o'ynaladigan bo'lsa — cheklanish;  alohida galda (navbatda)  turuvchini 

aniqlash  asosida  o'ynaladigan  boisa  —  sanashish  tadbirlariga  amal  qilinadi,  bu 

bolalarda norozilik kayfiyati tug'ilishining oldini oladi, g'irromliklarga to'siq sola- 

di, 

0‘yinchilami o‘z guruhlari atrofida jipsroq uyushuvini va shu guruh (jamoa) ol- 



dida mas’ullik tuyishni  ta’minlaydi,  o'yinning demokratik mohiyatini  kuchaytira- 

di.  Shu tariqa chorlama,  cheklashmachoq  va sanamalardan  iborat  an’anaviy  o'yin 

boshlamalari yuzaga kelgan.

0 ‘yinni boshlamay chala tashlab ketishga, yutqiza turib tan bermay qochishga 

hech bir ishtirokchining haqqi yo‘q.  O'yin hamma ishtirokchilar uchun baravar va 

bir vaqtda tugaydi.  Binobarin,  bolalar o'yinni  yakunlamoqchi  bo'lishsa,  uning  tu- 

gaganini e’lon qiladilar.

Ko'rinadiki, o'yin kompozitsion tarkibiga ko'ra an’anaviy debocha (chorlama, 

cheklashmachoq  va  sanama,  o'yinning  o z i  va  intihosi  (tarqalmachoq)dan  iborat, 

shu qismlar birgalikda uning kompozitsion yaxlitligini  ta'minlagan1.

O'yinlarda harakat  ikki  vazifani  ado etadi:  birinchisi  — bola tanasi va a’zola- 

rini jismoniy jihatdan chiniqtiradi, bolani  epchil  qiladi, chaqqonlikka.  tezkorlikka, 

chidamlilikka,  uddaburonlikka,  o'z  kuchiga  ishonishga  o'rgatadi;  ikkinchisi  — 

bolalami  mushohada  qildirtiradi,  ma’naviy  nigohini  o'tkirlashtiradi,  teranlashu- 

radi, kutilmagan qarorlar qabul qilishga chog'laydi,  xullas, har ikkala holatda ham 

topqirlikka  o'rgatadi,  ham jismoniy,  ham  ma’naviyligi  mohiyatiga  ko'ra  o'zbek 

xalq bolalar o'yinlarini ikki katta guruhga boiish mumkin:




Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish