Bozorqal’a-Qoraqalpog‗iston Respublikasi To‗rtko‗l tumani xududida u
deyarli kvadrat shaklda (600x560 m) qurilgan, uning maydoni 32 ga
1
. Devor
pastki qismining qalinligi 8,5-9 m. Devor ikki qatorli bo‗lib, ular o‗rtasida
yo‗lak-karidor hosil bo‗lgan. Tashqi devor nayza o‗qi uchli shinaklarga ega.
Devor va uning tashqi burchagida yarim aylanali burjlar joylashgan bo‗lib, ular
o‗rtasidagi masofaa 30-50 m, kengligi 5,5 m, devordan yon o‗sib chiqishi 6,5 m.
Qal‘a darvozasi shimoliy devor o‗rtasida joylashgan, kengligi 5 m, ikki yon
tomonida yarim aylanali burjlarga ega. Ark yodgorlikning shimoli-sharqiy
burchagida joylashgan, kvadrat shaklida (120x120 m). Uning maydoni 1,4 ga
teng. Ark ikki qatorli devor bilan o‗rab olingan bo‗lib, yarim aylana burjga ega.
Arkning kirish qismi bir tirsakli to‗g‗ri burchakli ―labirint‖ ga ega, hajmi 22x17
m. Labirint, o‗z navbatida, kengligi 2,1 m yo‗lakka ega. Uning shimoli-g‗arbiy
burchagi ikki tomonga yo‗nalgan ―qaldirg‗och dum‖ li burjlar bilan
mustahkamlangan. Ark devorining saqlanib qolgan qismi 9-10 m. Devor nayza
o‗qi uchli shinaklarga ega, ular o‗rtasidagi oraliq 1,6-2 m. Devor va burj
qurilishida 47x47x10-12 sm xomg‗isht ishlatilgan. Bozorqal‘ada mil.avv. IV
asrda madaniy hayot bo‗lib, uning qadimgi davrdagi tarhi saqlanib qolgan,
qal‘aning umumiy maydonida o‗zgarish yuz bermagan. Antik davrda
paxsadevor ustiga xomg‗ishtdan qurilgan bo‗lib, ular o‗rtasidan kengligi 2,30
sm yo‗lak o‗tgan. Devor yarim aylanali burjlarga ega,ular o‗rtasidagi masofa 30-
50 m, kengligi 5,5 m, uzunligi 6,5 m bo‗lgan (jami 44). SHaharga kiriladigan
yolg‗iz darvozasi shimoliy qismidagi devor markazida joylashgan, labirintsiz
1
Ягодин В.Н.,Беттс А. Қадим пойтахтни излаб.//Фан ва Турмуш// №1-3,2006.З0б.
41
ishlangan. Tashqi tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burj bu darvozaga tayanch
bo‗lib xizmat qiladi
1
. SHimoli-sharqiy burchagida ark-a‘lo joylashgan bo‗lib,
to‗g‗ri burchak holda uning hajmi 120x120 m, devor balandligi 4 m, pastki
qismining qalinligi 8,5-9 m. Ark darvozasi g‗arbiy devor o‗rtasida bo‗lib,
murakkab inshoot bilan mustahkamlangan (22-17 m). Murakkab inshoot yarim
aylanali burjlar bilan bezatilgan bo‗lib, ular o‗rtasidagi masofa 1,6-2 m, tashqi
tomondagi hajmi 1,2 m, ichki tomonda esa 0,60 sm. Bozorqal‘a tarixi ikki
qurilish davridan iborat bo‗lib, mil.avv. VI-milodiy IV asrgacha shaharda
madaniy hayot davom etgan
2
.
Ismoilov S. fikricha, Qo‗yqirilganqal‘a inqirozga uchragandan keyin
Xorazm davlati poytaxti Nuzkat (Bozorqal‘a) ga ko‗chirilgan, milodning
boshlaridan to IV asrgacha poytaxt Tuproqqal‘ada bo‗lganini ham bilamiz.
Bozorqal‘aning shu davrda vohadagi eng qadimiy va rivojlangan qal‘alardan biri
bo‗lganiga asoslanib, Qo‗yqirilganqal‘adan keyin poytaxat Nuzkatga, yan‘i
Bozqal‘aga ko‗chirilgan. Demak, Nuzkat – Bozorqala‘a Qo‗yqirilganqal‘adan
keyin Tuproqqal‘adan oldin qadimgi Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti
bo‗lgan
3
. – deb ta‘kidlaydi. Lekin arxeolog YAgodin V.N. yuqoridagi fikrga
qo‗shilmagan holda, shunday ta‘kidlaydi: Amudaryoning o‗ng sohili Xorazmda
yana bir yirik ko‗hna shahar – Bozorqal‘a bo‗lganki, u maydoniga ko‗ra poytaxt
shaharlikka da‘vo qilishi mumkin. Lekin u Kat shahridan qariyb 80 kilometr
olisda, demak, u qadimiy poytaxt sifatida qobul qilina olmaydi. Xulosa qilib
aytadigan bo‗lsak, Bozorqal‘ani poytaxt emas, shahar tipidagi qal‘a sifatida
ko‗ramiz. CHunki oxirgi o‗n yillikda arxeologlarimizning tadqiqotlari,
Aqchaxonqal‘ani poytaxt sifatida ta‘kidlamoqda. O‗tmish albatta, yangi
materiallar bilan boyitiladi va qo‗shimcha yangiliklar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |