Tuproqqal’a –Tuproqqal‘a kompleksi baland platforma ustida qurilgan
saroy, unga janub va sharqdan tutashib ketgan olov ibodatxonasi va undan
1
Матяқубов Ҳ.Ҳ. Ўзбек давлатчилининг илк босқичида Қадимги Хоразм.Дис.тар.фан.ном.2012.77б.
2
Неразик Е.Е. К проблеме развитие городов Хорезма // Культура и искусства древнего Хорезма.
М.,Наука, 1981.С.223.
3
Ходжаниязов Г. Фортификация древнего Хорезм: Авто-реф.дис. ...канд. ист. Нукус,1996. С.7.
4
Собиров Қ. Хоразмнинг қишлоқ ва шаҳарлари мудофаа иншоатлари.Т.,Фан,2009.46б.
43
janubda joylashgan ibodatxona kvartallaridan tashkil topgan
1
. to‗g‗ri burchak
shaklda bo‗lib, cho‗zilgan 500x350 metr
2
, qadimda ikki qatorli devor bilan o‗rab
olingan bo‗lib, ularning saqlanib qolgan balandligi 2-8 m. Devor burchaklarida
to‗rt tomoni teng va devor bo‗ylab to‗g‗ri burchakli burjlar kuchaytirilgan va
burjlar dastlab paxsadan, keyinchalik, ochiq yo‗lakli devor bilan kvadrat
shakldagi xomg‗ishtdan tiklangan. Mudofaa devori va burj devorlarida nayza
o‗qi uchli shinaklar mavjud bo‗lib, ular o‗rtasidagi maydon hajmi 1,10-1,30 sm.
Tashqi devor qalinligi 2,20 sm, ichki esa 1,20 sm, umumiy devor qalinligi 6m.
Janubiy devor o‗rtasida darvoza joylashgan, u murakab inshoot bilan
kuchaytirilgan. SHaharning shimoli-g‗arbiy burchagida Ark (saroy) joylashgan,
uning poydevori paxsa bloklaridan iborat bo‗lib, balandligi 14 m, maydoni
180x180 m (tomonlari 90 m) ni tashkil etuvchi platforma ustida joylashgan
bo‗lib, mustahkam devor bilan o‗rab olingan
3
. SHaharning butun shimoliy
g‗arbiy burchagini hokimning ulkan qasr egallab, bu qasr murakkab rejali
sahnadan va uch burjli ulug‗vor qal‘adan tashkil topgan bo‗lib, 25 metr baland
joyiga qadar butun saqlanib qolgan
4
. Saroyga tutashgan o‗ziga xos monumental
binoni S.P.Tolstov olov ibodatxonasi deb ataydi. Uning markazida 40x30 m
hajmdagi inshoot bo‗lib, u ham ikki qator devor bilan o‗rab olingan.
Darvozadan to‗g‗riga kengligi 9 metrli ko‗cha o‗tgan bo‗lib, u shahar ichki
qismini ikki mahallaga ajratgan. SHimoli-g‗arbiy tomonda yuzga yaqin uy
xonalari, 8 ta saroy zali tekshirilgan. Milodiy II-III asrlarga oid madaniy qatlam
o‗rganilgan. Milodiy IV-V asrlarga kelib iqtisodiy madaniy hayot inqirozga yuz
tutgach, faqat uning ark-a‘lo qismida madaniy hayot davom etgan
5
. SHahar
o‗sha zamon harbiy g‗oyasining o‗ziga xos bir jihati e‘tiborga loyiq, qo‗shimcha
to‗siq sifatida qal‘a devorlari oldida handaq qazilgan. Huddi shunday handaq
Tuproqqal‘ada ham bo‗lib, shahar devorini chor atrofdan 15 metr masofada
1
Толстов С.П. По древним дельтам с древнехорезмийской цивилизации. М.,Наука, 1948..204-226;
Неразик Е.Е. Раскопки городища Топраккала//АО -1974. М.,Наука,1975.С.508-509.
2
Толстов С.П. По следам древне Хорземийской цивилизации. М., Наука,1948.С.171.
3
Толстов С.П. Древний Хорезм. М., Наука,1948.С.119-123.
4
Толстов С.П. По древим делтьам Окса и Яксарта.М.,1962.С.209.
5
Неразик Е.Е. Раскопки городища Топраккала//АО-1974.М.,Наука,1975.С.5б.08-509.
44
o‗rab turgan. Handaqning kengligi 16 metr, chuqurligi 3 metrdan iborat
1
.
Madaniy qatlamning umumiy qalinligi 4 metr, uning pastki gorizonti kushanlar
davri bilan, yuqorigisi — afrig‗iylar davri bilan sanaladi
2
.
Qasrning markaziy massividagi binolari o‗n ikki metrli qudratli sokol
ustida, erdan ko‗tarilib turardi. Bu sokol bir – biri bilan kesishuvchi paxsa
devorlar sistemasidan iborat bo‗lgan. Ularning orasidagi bo‗shliq g‗isht bilan
to‗ldirilgan, g‗isht terishda loy mutlaqo ishlatilmagan, u bevosita qum ustiga
qo‗yilgan. Inshootlarning sokollarini qum – g‗isht bilan to‗ldirish qadimgi
Xorazmdagi qurilish ishlarining eng xarakterli belgisidir. Sirt tomonidan paxsa
devor ―sovut‖ bilan qoplangan qumli yoki qum – g‗ishtli sokollar mavjud
bo‗lgan. Jonbosqal‘adagi o‗txona, Ayozqala‘a – 3 dagi katta uy va boshqa
yodgorliklarning sokollarining qurilishi o‗xshashdir.
Keyinchalik, V – VI asrlardan boshlab bu uslub tamomila yo‗qoladi, qum –
g‗ishtli sokollar o‗rnini nuqul paxsa sokollar egallaydi. Poydevor o‗rnatishning
bu o‗ziga xos uslubi ya‘ni qumtepalar ustiga imorat qurishning ibtidoiy
an‘analariga borib taqalsa kerak. Qadimiy imoratlarining sokollari – sun‘iy
ravishda tiklangan va qo‗zg‗olmaydigan qilib mahkamlab qo‗yilgan barhanlar
bo‗lib, ular binoni tuproq nami va nam olib keladigan tuz ta‘siridan muhofaza
qilgan. Mustahkam ―sovut‖ ichiga olingan qum va tuproqning elastik massasi
bir necha ming yillarga chidab bergan. Misol uchun Tuproqqal‘a singari ulkan
binolarning ―qum ustiga qurilgan‖ burjlari ham mag‗rurlik bilan ko‗kka bo‗y
cho‗zib turibdi. Sokol maydonchasida goxo bir – biri bilan yonma-yon ketgan,
goho esa birining yon tomoniga ikkinchisi tik tushgan gumbazli ikki qavat
imorat solingan. Ba‘zi belgilarga qarab, ikkinchi qavat tomi ustiga
panjarasimon, devorlari figurali (geometrik shaklga ega bo‗lgan) engil g‗ishtdan
qurilgan yana bir qavat xonalar bo‗lib, bular eng so‗ngi O‗rta Osiyo uylaridagi
bolaxonalarga o‗xshab ketardi. Xonalarni biridan ikkinchisiga ularni o‗zaro
bog‗lab turgan peshtoqli yo‗laklardan o‗tish mumkin. Xonalarni tepa tuynukdan
1
Ягодин В.,Беттс А. //Кўҳна Хоразм жумбоғи.// Фан ваТурмуш.// №3-1-3. 2006.19б.
2
Ғуломлв Я.Ғ. Хоразмнинг суғорилиш тарихи. Т.,Фан,1959.109.
45
tushgan nur yoritgan, pastki qavatdagi xonalarning bir qismiga tabiiy yorug‗lik
tushib turmagan, balki bu xonalarda xo‗jalik ishlari qilingan bo‗lishi mumkin
1
.
Tuproqqal‘a tarixi arxeologik jihatdan 3 ta asosiy davrga bo‗linadi
2
.
Birinchi bosqichi milodiy II asr oxiri va III asrni o‗z ichiga olib, bu davrda
shahar Xorazm hukmdorlarining saroy-qarorgohi vazifasini o‗tagan.
SHahar tarixining ikkinchi bosqichida saroyda hayot bir oz so‗ngan va u
odamsiz qolgan. Bu saroy egalarining boshqa joyni qarorgoh qilib olishlari bilan
bog‗liq bo‗lishi mumkin. Saroyning tashlab qo‗yilishi harbiy-siyosiy yoki
boshqa tashqi ta‘sir tufayli sodir bo‗lmagan. CHunki buning izlari (yong‗in,
talonchilik va b.) qazishmalar jarayonida qayd qilinmagan
3
. Mazkur xolat
Beruni
yning Xorazm poytaxtini Kat yaqinidagi Al-Fir qal‘asiga
ko‗chirilishi
4
haqida bergan ma‘lumotiga yaqin keladi.
Beruniy o‗z asarida Afrig‗ni yangi sulola asoschisi sifatida keltirilib, shu
bilan birga uning oldingi Xorazm podsholari nasabidan ekanligi ta‘kidlaydi.
SHahar tarixining uchunchi davri IV-VI asrlarga to‗g‗ri kelib, bu davrda
saroyda ma‘lum darajada qurilishlar amalga oshirilgan bo‗lsada, biroq u oldingi
davrlardagi kabi keng ko‗lamli bo‗lmagan.
Tuproqqal‘a qadimgi Xorazm davlatining ma‘muriy-xo‗jalik ishlari
boshqarib turiladigan podshoh qarorgohi bo‗lgan va ayni vaqtda diniy ibodat
markazi vazifasini ham bajargan.
Pilqal’a – Beruniy tumani hududida bo‗lib, A.I.Terenojkin Pilqal‘ani
xorazmshohlarning Kat shahri yaqinidagi Amudaryo yuvib ketgan Al-Fir
qal‘asining xalq xotirasida saqlanib qolgan nomi deb qayd qiladi
5
. XX asrning
40 – yillardagi izlanishlardan so‗ng yodgorlik milodiy II-III asrlarga oid degan
xulosaga kelindi
6
. Qal‘a maydoni 5 ga (230x227 m) bo‗lib, 6 m qalinlikdagi
mudofaa devorlariga ega. 1963 yilgi qazishmalar jarayonida shaharning janubiy
– sharqiy qismida to‗g‗ri burchakli paxsa devor bilan o‗ralgan ark izlari
1
Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,1964.188б.
2
Матяқубов Ҳ.Ҳ. Ўзбек давлатчилининг илк босқичида Қадимги Хоразм.Дис.тар.фан.ном.2012.81б
3
Топрак-кала Дворец.
ТХАЭЭ. Т. XIV. – М.,Наука, 1984. С.17.
4
Абу Райхон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ѐдгорликлар.Т.,1966.71б.
5
Тереножкин А.И. Археологические разведки вХорезме.СА.М.,1940.-Вып.IV.С.170.
6
Толстов С.П. По следам древне Хорезмийской цивилизации.С.25.
46
topilgan. Ark yagona darvozaga ega bo‗lgani xolda ikki yarim aylanali burjlar
bilan mustahkamlangan
1
. SHahar to‗rt darvozaga ega bo‗lib, shaharni mudofaa
devor o‗rab olib, uning qoldig‗i g‗arbiy va janubiy tomonda saqlanib qolgan.
G‗arbiy devor uzunligi 62 m, janub 712 m, shimoliy va sharqiy devor 660 m.
Devor yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilib, ular o‗rtasidagi masofaa 33 m.
Burjning devordan yon tomonga o‗sib chiqishi 6 m. devor qalinligi 3,5 m.
janubiy devor o‗rtasida darvoza joylashib, uning kengligi 14 m. SHahar
mudofaa devor yaqinidan kengligi 50-60 m xandak o‗tgan. SHaharni Amudaryo
suvi uni asta-sekin yuvib, natijada uning hududi qisqarib borgan.
Abu-Rayxon Beruniyning qayd etishicha ―Afrig‗ Iskandar tarixning olti
yuz o‗n oltinchi yilida Al-Fir ustiga o‗z qasrini qurdirdi. Al-Fir Xorazm
shahrining chekkasidagi loy va xom g‗ishtdan qurilgan qal‘a bo‗lib bir-birining
ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavat qurg‗on
edi. Bu qurg‗onlar tepasida podshohlarning qasrlari bor edi. Al-Fir o‗n milcha
va undan ko‗proq masofadan ko‗rinar edi. Jayxun xar yili uni buzib, yiqitib va
parchalab olib ketaverdi, nixoyat Iskandar tarixining ming uch yuz beshinchi
yilida undan asar ham qolmadi‖
2
. Pilqal‘a haqida Abu Rayxon Beruniy, Tabariy,
Ibn Xavqal va boshqalarning asarlarida keltirilgan, qal‘ada hayot o‗rta
asrlargacha davom etadi.
Oqchaxonqal’a- YOdgorlikning umumiy maydoni 56 ga
3
ni tashkil
qiladi. SHahar ichki va tashqi qal‘adan iborat to‗g‗ri burchak shakiliga ega.
Ularning har biri alohida mudofaa devori bilan o‗rab olingan.
Oqchaxonqal‘a sopollari so‗nggi arxanik (mil.avv. V yoki V-IV asr),
qang‗uy (mil.avv. IV-III – mil. Iasr) va kushon davri (II-IV asrlar) ga oid uchta
xronologik guruhdan iborat
4
.
YOdgorlikning shimoliy burchagida 380x340 m, 13 ga maydonni egallagan
ichki qal‘a joylashgan. U shahar umumiy maydonining to‗rtdan bir qismini
tashkil qiladi. Ichki qal‘a burjlar bilan mustahkamlangan ikki qator mudofaa
1
Манылов Ю.П. Работы на городище Пил кала в 1963г.// ОНУ.1965.С.45.
2
Абу Райхон Беруний Қадимги ҳалқлардан қолган ѐдгорликлар.Т.№1 Тошкент, Фан,1966.71б.
3
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари.Т.,2007.73б.
4
Ходжаниязов Г. Фортификация древнего Хорезм: Авто-реф.дис. …канд.ист.наук.Нукус,1996.С.6.
47
devorlari bilan o‗rab olingan. YUqori shaharning to‗rtta darvozasi bo‗lib, ular
har bir devorning o‗rtasida joylashgan. Darvozalar adashtirma yo‗llar va
qo‗shimcha devor bilan mustahkamlangan
1
.
Mazkur shahar tarhi kvadrat shaklida bo‗lib, burchaklari dunyo
mamlakatlari tomon yo‗nalgan. Atrofi qalin mudofaa devori bilan o‗ralgan,
uning tashqi qavatida o‗q otish uchun mo‗ljallangan shinaklari bo‗lgan.
Devorning tashqi tomonida va burchaklarida minoralar joylashgan. Qal‘a
devorlari va minoralarning tashqi tomonida nayzasimon shinaklar mavjud.
Devor va minoralar tepasi arrasimon panjarali o‗q otish galereyasi bilan tugaydi.
Qal‘a devorlari va minoralarning umumiy balandligi 13 metrdan iborat bo‗lgan.
SHahar hududining shimoliy qismi uni shaharning qolgan qismidan ajratib
turuvchi yana bir qal‘a devori bilan o‗ralgan. Mazkur qal‘a ichida, asosan diniy
va dafn bilan bog‗liq inshootlar mavjud bo‗lgan, ya‘ni qal‘aning bu qismi o‗ta
mustahkamlangan va maxsus muhofaza qilinadigan ―muqaddas‖ shahar
hisoblangan. YAna bir ajoyib inshoot – ibodatxona muqaddas shaharning
shimoliy burchagida joylashgan. Bu muhtasham binoning bo‗yi ham, eni ham 53
metrdan
2
.
YOdgorlikning tarhi to‗rt tomoni teng bo‗lib, yuqori va pastki qismdan
iborat. YOdgorlikning yuqori qismi ikki qatorli mudofaa devor o‗rab olgan
bo‗lib, tashqi devor qalinligi 1,7 m, ichki esa 2,1 m, yo‗lak kengligi 2,32 m.
Devor burchagi kvadrat, devor yon tomonlari to‗g‗ri burchakli burjlarga ega
bo‗lib, ular orasidagi oraliq 27 m. Burchakdagi burj xonasi hajmi 11,6x11,6 m,
uning devori nayza uchi o‗qli shinaklarga ega bo‗lib, ular o‗rtasidagi oraliq 1,3-
1,4 m. Tashqi devordan 3,60 – 4,60 m uzoqlikda qo‗shimcha devor kvadrat
xomg‗ishtdan tiklangan (41x43x41x43- 11,14 sm). Pastki qismi tarhi kvadrat
shaklda qurilgan bo‗lib, ikki qatorli devor bilan o‗rab olingan, uning kengligi
1,23-1,43 sm, balandligi 0,5-1,55 m. SHimoli-sharqiy devorida darvoza
joylashib, uning kengligi 6 m. Ark shimoli – sharqiy burchagida joylashib, uning
1
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари.Т.,2007.32-34б.
2
Ягодин В.Н., Беттс А.// Қадим пойтахтни излаб//Фан ва Турмуш//№1-3.2006.32б.
48
maydoni 1,3 ga. Devorga tashqi tomondan qo‗shimcha devor qurilgan va uning
yaqinidan xandak o‗tgan. SHimoli-sharqiy qismida 10 gektarni egallagan
kvadrat shakldagi inshoot o‗rganilgan. Inshoot oldi devor bilan o‗rab olinib,
uning balandligi 5-10 m, qalinligi 7,5-8,5 m. Tashqi devor qalinligi 3 m, ichki
devor esa 1,9-2,5 m, yo‗lak kengligi 2,5 – 3,2 m. Devor to‗g‗ri burchakli
burjlarga ega bo‗lib, uning hajmi 9-10 m, shu bilan birga shaharning shimoli-
g‗arbiy tomonini o‗rab olgan 900 metrli tashqi devor o‗rganildi
1
.
SHahar devori ichki tarafi strelkali galareya tashqi tarafidan dushmanni
ko‗rish uchun tor tuynuklar qo‗yilgan va tashqi devoriga minoralar qurilgan. Bu
mudofaa minoralari bo‗lib, shaharning burchaklarini himoya qilishga ham
xizmat qilgan. Qazish jarayonida ularni to‗g‗ri to‗rtburchak shaklda ekanligi va
ichki minoralar ham borligi aniqlandi. Qal‘a qo‗rg‗onining tashqi devori bo‗ylab
kamon o‗qlari otadigan nishon teshigi shinak joylashtirilgan. SHunday shinaklar
devor chizig‗i bo‗ylab uch qator bo‗lib, har bir qator bir qavatni eslatadi. Ichki
qal‘a himoyasiga tashqi qal‘adan ham ko‗proq e‘tibor berilgan bo‗lib, har
tarafida 10 - 12 ta to‗pxona bor. SHuningdek devorlar dastlab uch qavat qilib
qurilgan bo‗lib, o‗qchi kamonchilar qo‗sh devor oralig‗idagi (koridor)
dahlizining birinchi va ikkinchi qavatida tashqi daevorga o‗rnatilgan teshiklar
orqali dushmanga kamondan o‗q otgan. Uchinchi qavat usti esa ochiq bo‗lib,
uning tashqi devorida ham nishon teshiklari bor. Birinchi qavatdagi kamonchilar
shinagi 900ga yaqin bo‗lib, jami uchta qavatni hisoblaganda, ularning soni
2700ni tashkil etadi. Qal‘aning devor shinaklari har 1,5 metrda planli
joylashtirilgan. Ichki qal‘aning to‗rt tomonida bittadan darvozalar joylashgan.
Kun chiqish va kun botish devorlari o‗rtasida joylashgan darvozalar oldi
qo‗shimcha devor bilan o‗ralib, bu ham o‗ziga xos himoya vazifasini bajargan.
Ichki qal‘a atrofi ham huddi tashqi qal‘adagi kabi chuqur zovurlar bilan
o‗ralgan. Tashqi shaharning g‗arbiy burchagidagi me‘moriy inshoot joylashgan
bo‗lib, uni saroy deb nomlash mumkin
2
.
1
Собиров Қ. Хоразмнинг қишлоқ ва шаҳарлари мудофаа иншоотлари.Т.,Фан,2009.55б.
2
Ягодин В.Н., Беттс А. Ташкырманский древни оазис: Казаклы-яткан, Тошкырман-тепе. Тез. Докл.
Международ. Симпозиум. Нукус-Бостон-Беруний.2007.С.111.
49
Oqchaxonqal‘a tashqi devori kosmik suratlar yordamida o‗rganilib
chiqilgan va devor tarmog‗i 3 kmdan oshiqroq ekanligi aniqlangan
1
. Devor yirik
hajmdagi kvadrat shaklida uzunligi 42-43sm, qalinligi 10-12 sm bo‗lgan xom
g‗ishtdan qilingan. Devor qoldiqlari 50-55 sm balandlikda saqlanib qolgan uning
qalinligi sal kam 3 metr keladi. Devor qadimgi sug‗orish qatlamida joylashgan.
Bugungi kunda qadimgi Xorzmning poytaxt shahri sifatida Oqchaxonqal‘a
ta‘kidlanmoqda, qal‘aning umumiy maydoni 56 ga, qalin mudofaa devori, toj
kiygan podsho surati va undagi xumo qushining ta‘svirlanishi, sopol
buyumlaridan tashqari ―portretlar galereya‖si hamda jami 30 nafar kishining
kichik parchalardan to to‗liq portretgacha bo‗lgan tasvirlari topilgan, tasvirlar
ko‗krak baravar bo‗lib, boshi yonlama ifodalangan, gavdasi o‗ng qaragan holda.
Boshining o‗ngga yonlama tasviri hamda gavdaning ko‗krak baravar burilishi
so‗nggi davr Xorazm tangalaridagi shohlar portreti uchun xosdir
2
. Xulosa qilib
aytganimizda, so‗nggi o‗n yilllik izlanishlar va tadqiqotlar Aqchaxonqal‘ani
qadimgi poytaxt deb ta‘kidlamoqda, chunki asosli materiallar va shahar
sturukturasi tipiga xos bo‗lgan belgilar arxeologlarimiz tomonidan to‗plandi.
O‗z o‗rnida Tuproqqal‘a-chi degan savol tug‗iladi, bu qal‘a esa diniy
topinadigan madaniy markaz bo‗lishi mumkin deb taxmin qilinmoqda.
SHahar
tipidagi
istehkomli
manzilgohlar,
maydoni
yuqorida
ta‘kidlangandek, 5 gektardan 70 gektargacha bo‗lgan yirik istehkomli
manzilgohlar. Ularning konturini tashqi devor aniq ko‗rsatib turadi. Bular, o‗z
navbatida ikki tipga bo‗linadi:
Birinchisi – qo‗rg‗oni va mudofaa devori bo‗lgan shaharlar (Bozorqal‘a
33ga, Tuproqqal‘a 17ga, Aqchaxonqal‘a 56ga va boshqalar)
Ikkinchisi – mudofaa devori bilan o‗rab olingan, arksiz shaharlar (Katta
Guldursin 5,64ga, Katta Qirqqiz 5,37ga va boshqalar) kiradi
3
.
Xorazm antik davri tarixining barcha davrlari qurilishida asosiy xarakterli
tomoni shundaki, ya‘ni standart shaklda kvadrat xom g‗ishtlarning o‗lchamlari
1
Ягодин В.Н.,Беттс А. //Қадим пойтахтни излаб.// Фан ваТурмуш// №1-3. 2006.31б
2
Ягодин В.Н.,Беттс А. //Хоразмнинг номаълум ҳукумдорларининг суратлари.// Фан ваТурмуш //№3-4-5.
2008.113б
3
Ходжаниязов Ғ. Қадимги Хоразм мудофаа иншоотлари.Т.,2007.73-75б.
50
40x40x10 sm, bo‗lganligida
1
. YAna, Xorazmning deyarli barcha qadimgi
qal‘alariga xos xususiyatlardan -―darvoza oldi labirintlari‖dir. Devorlarning
to‗g‗ri burchak shaklidagi turtib chiqqan katta do‗nglari orasida bir necha tirsak
hosil qilib darvoza tomon yo‗l ketadi, ichkariga qaragan shinakdan turib bu
yo‗lni hamma yoqdan o‗qqa tutish mumkin bo‗lgan.
Umuman, mudofa sistemasi ko‗hna Misr va Qadimiy Summerdan tortib
Ossuriya va Ahmoniylar Eroniga qadar – klassik SHarq istehkomlari
an‘analarini yaqqol gavdalantiradi. Biroq mudofa sistemasi taraqqiyotining bu
xususiyatlari shundan dalolat beradiki, milodning dastlabki asrlarida xorazmlik
istexkomchi - ustalar YAqin SHarq mamlakatlarida o‗sha zamonga nisbatan ikki
ming yildan burunroq hal bo‗lgan muammoni ya‘ni burchaklarni mudofa qilish
muammosini mustaqil ravishda hal qilganlar. Buni chetdan bo‗lgan bevosita
ta‘sir ya‘ni Ahmoniylarning istehkom qurish borasidagi ta‘siri emas, balki
qariyb bir xil tarixiy sharoyitdagi mustaqil rivojlanishning samarasi deb bilmoq
kerak.
G. V. Grigorevning Samarqand yaqinidagi Talibarzu shahrida o‗tkazgan
qazishmalari So‗g‗dda ham istehkom qurishning va umuman qurilish ishlarining
shunga o‗xshash prinsiplariga amal qilinganligini ko‗rsatdi.
Xorazm istehkomlarini qurishda, mudofa paytida butun aholining (faqat
erkaklarning emas) ishtirok etishi ko‗zda tutilganligi shubhasiz. SHinaklarning
juda ko‗pligi shundan dalolat beradi, alohida olinganda bir shinak torgina joyni
o‗qqa tutish uchun mo‗ljallangan, shunga ko‗ra, har bir shinakda maxsus
kamonchi turgan bo‗lishi kerak
2
.
Bu ham qadimiylik alomati bo‗lib, xalqning qo‗lida qurol bo‗lganligini va
etakchi mavkeni harbiy ishni o‗ziga kasb qilib olgan armiya emas, balki
ommaviy halq ko‗ngillilari egallaganligini ko‗rsatadi.
Xulosa o‗rnida aytish mumkinki, bundan XX asr oldin Amudaryo
sohilidagi shaharlar strukturasini o‗rganish davomida shunga amin bo‗lamizki,
1
Толстов С.П. По следам древне Хорземийской цивилизации. М., Наука,1948.С.91.
2
Толстов С.П. Қадимги Хоразм маданиятини излаб.Т.,1964.130-131б.
51
ota – bobolarimiz bunyod etgan yodgorliklardagi ayrim qurilish an‘analari to
bugungi kungacha davom etib kelmoqda, chunonchi, ko‗rishimiz mumkinki,
pishiq qizqish loydan (mahalliy tilda ―so‗g‗aloy‖ ) tiklangan paxsali uylar, bu
albatta eskilik sarqitlari emas, balki o‗sha davr qurilishining naqadar
mukammaligidan dalolat beradi. Bundan tashqari paxsali uylar yozning jazirama
issiq kunlari uyning salqinligini, qishda esa issiqligini ta‘minlaydi. SHu tufayli
ham bugungi kunda qurilishdagi ba‘zi an‘analar davom etib kelmoqda.
Antik davr Markaziy Osiyoda umumiy mudofaa tizimi tarkib topib, turli
tipdagi istehkomlarning birgalikda hukm surishiga kelganda, bu o‗sha davrda
Markaziy Osiyo va O‗rta SHarq hududida istehkomlar bir tipda bo‗lgani bilan
bog‗liqdir. SHu bilan birga qadimgi Xorazm antik davr mudofaa inshootlari
bilan qiyoslash natijasida Xorazmdagi qurilish qoidalarining muayyan
umumiyligi qator o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, masalan, Xorazm
qal‘alariga ichki yo‗laklari bo‗lgan qo‗shdevor, har xil tipdagi peshdarvoza
inshootlari, ikki qator nayzasimon shinaklar va boshqalar xosdir.
Darvozalardagi yon eshiklar (Jonbosqal‘a, Qo‗yqirilganqal‘a, Oqchaxonqal‘a va
boshqalar) Markaziy Osiyoning boshqa mintaqalarida keng taomilga kirmagan
―qaldirg‗ochdumi‖ burjlar qadimgi Xorazm mudofaa tizimining o‗ziga xos
usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |