37
2.2 Antik davr shaharlar shaklidagi yodgorliklar strukturasi.
Xorazm shaharsozlik madaniyatida tub burilish mil.avv. IV asrdan
kuzatiladi. Xorazm davlatining qudrati oshib borgan sari yangi bunyod etilgan
shaharlarning chegarasi o‗ng sohilda janubiy Oqchadaryo deltasidan shimolga
tomon Sulton Uvays tog‗larigacha va undan sharq tamonda Qizilqum
sahrolarigacha bo‗lgan qadimgi sug‗orma dehqonchilik vohalari bo‗ylab qator
ahamiyatga molik shahar-qal‘alar qad ko‗taradi. Xorazmning aholi yashaydigan
ko‗p punktlari doira yoki to‗rt burchak shaklida turlicha istehkom usulida
qurilgan.
Xorazm antik davri shahar qurilishining keng yoyilishi bilan
xarakterlanadi. Ba‘zi tadqiqotchilar mazkur voqelikni hatto urbanistik portlash
deb ham ataydi
1
.
Amudaryo o‗ng sohilida o‗ndan ortiq yodgorliklar mavjud bo‗lib, biz
bularning barchasini shahar tipiga xos deb ayta olmaymiz. Jahon ilmiy
ishlanmasiga ko‗ra shahar deb atashimiz uchun dastlab hududi 5-6 ga va undan
kam bo‗lmagan maydonda aholining zich joylashgan bo‗lishi, aholi joylashgan
maydonning chor atrofi qalin mudofaa devori bilan o‗rab olingan bo‗lishi,
shaharning yuqori tabaqa hokimlarining turar joylari oddiy fuqarolarnikidan
ajralib turishi, shahar hokimining baland poydevor (platforma) ustiga qurilgan
monumental qasri, shahristonda shahar aholisining barcha qatlamlari uchun
xizmat qiluvchi muqaddas diniy markaz – ibodatxona bo‗lishi, shahar iqtisodiy
asosini ko‗p tarmoqli hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan bo‗lishi,
shahar ramzi va belgisi hisoblanmish shahar muhr va boshqalar mavjud bo‗lishi
lozim
2
. Demak, yuqorida keltirilgan belgilar asosida shahar tipidagi
yodgorliklarni aniqlashimiz mumkin.
Tadqiqotchilar, Amudaryo o‗ng sohili antik davridagi ya‘ni janubdan
shimolga qadar yo‗nalish qilsak, Qo‗ziqirilganqal‘a, Dumanqal‘a, Anqoqal‘a,
Qavatqal‘a, Govurqal‘a, Qizilqal‘, Ayozqal‘a, Qo‗rg‗oshinqal‘a, Qirqqizqal‘a
1
Ягодин В.Н. Древний Хорезм и центральноазиатскийурбанизационный прогресс// Генезис и пути
развития процессов урбанизации.-Самарканд,1995.с.119.
2
Асқаров А. Энг қадамий шаҳарлар.Т.,Маънавият,2001.6б.
38
kabi yodgorliklar qal‘a-qo‗rg‗on bo‗lib hisoblanadi. Bunday xulosa qilishimizga
asos bor, arxeologlarimiz yodgorlikni o‗rganishda ularning mudofaa devorlari,
joylashgan o‗rni va topilgan ashyolar bilan aniqlagan. Bu qal‘alar shaharni
tashqi dushmanlardan himoya qilish va iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarda hamda
tabiiy ofatlardan himoya qilish maqsadida qurilgan qo‗rg‗onlardir.
CHunonchi, Ayozqal‘a kompleksi harobalari Sulton Uvays tog‗i sistemasi
sharqiy tarmoqlarinnng ikkita tepaligida joylashgan. Ayozqala 1 yodgorligi
baland qo‗sh devorlar bilan o‗rab olingan bo‗lib, devorlar yarim doira shaklida
solingan burjlar bilan mustahkamlangan. Qal‘a burchaklarida ikki burjning birga
qo‗shilishidan xarakterli «qaldirg‗och dumi»ga o‗xshash shakl hosil bo‗ladi. Bu
tipik detalni ilk kushonlar davrida qadimgi Xorazmning harbiy istehkom
quruvchilari qo‗llar edi
1
. Ayozqal‘a qoyasining pastki yon bag‗rida, janubiy
tepalikning uchida tuxumsimon planda solingan Ayozqal‘a2 joylashgan. Bu
qal‘a yaxshi mustahkamlangan va garnizon uchun yoppasiga qurilgan binolardir.
Qizilqal‘a, Govurqal‘a ham Tuproqqal‘a va Oqchaxonqal‘a shaharlarining
harbiy garnizoni va himoya qo‗rg‗oni hisoblangan.
Amudaryo o‗ng sohilining shahar tipidagi yodgorliklari Qo‗yqirilganqal‘a,
Jonbosqal‘a, Bozorqal‘a, Guldursunqal‘a, Tuproqqal‘a, Oqchaxonqal‘alar
hisoblanadi, chunki yuqorida keltirilgan shaharga xos bo‗lgan deyarli barcha
alomatlar tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: