Analitik funksiya bozorni, isteʻmolchilarni, firma va tovar strukturasini oʻrganish, shuningdek,
korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish funksiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi
texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika taʻminotini tashkil qilish va tovarning sifati va
raqobatbardoshligini boshqarishga yoʻnaltirilishini taʻminlaydi.
Sotish funksiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, TAShSOR tizimi, maqsadli tovar
va narx siyosatini olib borish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |