2. Marketing funksiyalari va faoliyati mazmuni.
Marketing funksiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar siyosati, narxning
hosil boʻlishi, kommunikasiyalar va sotish orqali namoyon boʻladi. Bunda quyidagi savollarni
yechish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli mahsulotni ishlab
chiqarish boʻyicha potensial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari oʻrganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi (assortiment, narx,
oʻrash, sotish, reklama va hokazo).
Marketingning umumiy funksiyasini toʻrtta yoʻnalishga boʻlish mumkin: analitik, ishlab
chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |