Milliy universiteti tarix fakulteti arxeologiya va etnologiyafanidan



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#204394
  1   2   3
Bog'liq
2 5197403975736887924



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI 

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON  

MILLIY UNIVERSITETI 

TARIX FAKULTETI 

ARXEOLOGIYA VA ETNOLOGIYAFANIDAN    

 

 

 

 

MUSTAQIL ISH 

 

Mavzu:Markaziy Osiyo arxeologiyasi

 

 

 

               Topshirdi: Jabborqulov J 

                     Qabul qildi: Dustmurodov O 

 

 


 

 

 

      MAVZU: MARKAZIY OSIYO ARXEOLOGIYASI    



                                         REJA: 

1.Markaziy Osiyoning ilk arxeologik manzilgohlari.     

2.O‘zbekiston diyori ilk ajdodlarimiz makon topgan zamin.   

3.Qadimgi  So‘g‘diyona,  Baqtriya,  Xorazm,  Choch  va  Farg‘onaning  antik 

davri arxeologiyasi.  

4.Xulosa. 

     

     1.Markaziy Osiyoning ilk arxeologik manzilgohlari                                    

     Markaziy  Osiyo  arxeologiyasi  haqida  so‘z  borar  ekan,  biz  ushbu  

ma’ruzalarimizda  O‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  mamlakatlarini    ko‘zda  tutish  va 

tushunish  maqsadga  muvofiqdir.    Ayni  vaqtda  bu  bepoyon  keng  vohalarni    o‘z 

tarkibiga    qamrab  olgan  mintaqalarda  50  dan  ziyod  ilk  paleolit  yodgorliklari    va 

topilma  joylari  qalamga  olingan  bo‘lib,  ularning  aksariyatida  arxeologik 

tadqiqotlar bajarilgan va olib borilinmoqda. Natijada, O‘rta Osiyo  va Qozog‘iston, 

xususan,  uning  janubiy  mintaqalarida  kamida    1  million  yillardan  buyon  inson 

jamoalari  yashab,  o‘z  davriga    nisbatan  muayyan  va  xos  madaniyat  yaratib 

kelganliklari  haqida  ilmiy  xulosalar  yaratilgan.    Bu  davr  yodgorliklari  orasida 

arxeologik  topilmalarga    serob    va  qiziqarli  manzilgohlardan:  Turkmanistondagi 

Yangadja,  Tojikistondagi  Qizilqala,  Ko‘kpiyoz,  Qayroqqum,  Loxuti,  Kuldara, 

Kaykitov,  Qoratog‘  kabi;  Qirg‘izistondagi  Xo‘jagur,  Onorcha,  Qayrag‘och, 

Uchqo‘rg‘on,  Selung‘ur,  Polmon;  O‘zbekistondagi  Kulbuloq  (ilk  qatlamlari), 

Qizil-Qum;  Qozog‘istondagi  Qoratov  va  boshqa  ko‘pgina  joylardan  topilib 

tekshirilgan  yodgorliklarni  kiritish  mumkin  va  ular  bergan  arxeologik  manbalari  

bilan ham qiziqarlidir. Bu topilmalarning  yoshini aniqlashda fanning turli sohalari 

ishtirokida  tahlillar  o‘tkazilgan  va  natijalariga  nisbatan  sanalangan.  Ayniqsa,  bu 

yodgorliklarning    sanasini  aniqlashda,  avvalambor,  o‘z  davrida  tosh    qurollarni  

tayyorlashda qo‘llanilgan texnikaviy uslub jihatlari, geologik qatlamning saqlanish 

darajasi,  tayyorlangan  qurollarning  tashqi  va  umumiy  morfologik  xususiyatlari 

hisobga olingan holda, umumiy xulosalarga kelingan. Zaruriyat tufayli artefakt va 




boshqa manbalarni  kimyoviy tahlillar qilish  mumkin bo‘ldi. Ammo, bu eslatilgan 

joylardan  topilgan  va  toshdan  yasalgan  ashyoviy  buyumlarning    barchasi  ham 

ilmiy asarlarda to‘la-to‘kis yoritilgan emas. Bu ashyolar turli joylarda xilma-xil  er 

qatlamlaridan  topilishidan  qatiy  nazar,  ularning  ahamiyati  cheksiz  katta  bo‘lib, 

Vatanimiz zaminida insoniyat yaratgan madaniyatning  naqadar  kuhna ildizlaridan 

guvohlik  beradi.  Zotan,    bu  dalillar  O‘rta  Osiyo    va  Janubiy  Qozog‘istonning 

bepoyon  o‘lkalarida  muster  davridan  ancha  avval  inson  jamoalari  madaniyat 

yaratib  kelganligini  isbotlaydi.  Zikr  etilgan  joylardan  topilgan  mehnat  qurollari, 

odatda,  ularning  aksariyati  qayroq  toshlardan  yasalgan  qo‘l  cho‘qmorlari  va 

shunga yaqin o‘xshash chopuvchi  va kesuvchi mehnat uskunalardan iborat bo‘lib, 

turmushda  esa,  ulardan  universal  tarzda  foydalanilgan.  Bunday  qurollarning 

ayrimlari  qayroqtoshning  sinig‘i    yoki  yirik  uchirmalari  asosida  tayyorlanib,  bir 

necha  yirik  va  dag‘al    kertish  usuli  bilan  o‘tkirlangan,  hamda  shu  bilan 

to‘lqinsimon tig‘ hosil qilingan. Ibtidoiy odamlar, xususan, o‘z qurollarini shunday 

texnologik  asosda  tayyorlaganlar.  To‘g‘ri,  bunday  qurollar  nafaqat  qayroq 

toshlardan,  balki  sifatli    chaqmoqtoshlardan    ham    yasalingan,  ammo,  bu  davr 

uchun    odatda  qayroq  qurollar  xarakterlidir.  CHuqmorlar  esa,  qo‘lda  tutish  uchun 

ancha moslashtirilgan, halaqit beruvchi  qirralari  yo‘nib tashlangan bo‘lib, qo‘pol 

uchirmalar asosida, odatda, o‘ng qo‘l bilan mehnat qilish ko‘zda tutilgan. Dastlabki 

qurollar  tosh  uchrindi  parchalaridan  ham  yasalgan  bo‘lib,  kerakli  narsalarni 

chopish,  kesishga  mo‘ljallangan.  Keyinchalik  esa,  ish  jarayonida  o‘tmas  bo‘lib 

qolgan  tig‘lari  maydaroq  kertma  usulida  qayta  o‘tkirlangan  va  foydalanilgan.         

O‘rta Osiyo  va xususan, Janubiy Qozog‘istonda topilgan bunday tipdagi qurollar  

Yevropaning  shell  va  ashell  davrlariga  to‘g‘ri  keladi,  desak  xato  emas.  Endi,  zikr 

etilgan  hududlarning ilk paleolit  davri  yodgorliklari haqida qisqacha  va umumiy 

tarzda  to‘xtalib  o‘tamiz.  Turkmaniston  hududi  paleolitshunoslikda  Markaziy 

Osiyoning    boshqa  mamlakatlariga  nisbatan  kamroq  o‘rganilgan  mamlakat. 

Xususan,  bu  keng  dargohni  o‘rganishda  1947  yildan  e’tiboran  taniqli  arxeolog 

A.P.Okladnikov    va  so‘ngi  yillarda  esa,    uning  shogirdlari  qiziqarli  tadqiqotlarni 

bajardilar. SHulardan eng e’tiborlilaridan Turkmanistonning janubidagi Kopetdog  

etaklaridan qo‘lga kiritilgan topilmalar qiziqarlidir. Xususan, ilk paleolit davrlariga 

oid  YAngadja  va  Koratengir  makonlari  serob  manbalar  berdi.  SHulardan  ayrim, 

xarakterlilarini eslab o‘tamiz. YAngadja topilmasi, - Krasnovodsk yarim orolidagi 

Krasnovodsk-  Ashgabod  temir  yulining  41-km.dagi  YAngadja  va  Qoratangir 

stansiyalari o‘rtasidagi joydan topilgan bo‘lib, bu erdan dastavval A.P.Okladnikov 

mikok  turidagi  2  ta  qo‘l  cho‘kmori  va  bir  necha  chaqmoqtosh  uchirindi  hamda 

dag‘al  paraqalarni  topgan  edi.  Topilmalar  o‘z  davrining  geologik  qatlamlarida 

saqlanmagan  bo‘lsa-da,  ular  morfologik  va  toshni  qayta  ishlash  usuli  texnikasi 

jihatidan  muster  davrigacha  bo‘lgan  kishilar  qurollari  ekanligi  tan  olingan.   



Markaziy    Kepetdog  -  topilmalari  orasida  Tomchisuv  bulog‘i  yaqinida  joylashgan 

makon va bu erdan yig‘ib olingan mehnat qurollari xilma-xilligi bilan qiziqarlidir. 

Bu  erdan  topilgan  20  dan  ortiq  ilk  paleolit  ashyolarini  V.A.Ranov    so‘ngi  ashel 

davri  bilan  sanalagan.  Mehnat  qurollari  orasida  qirg‘ich  va  chopqich  qurollar 

mavjudligi ham e’tirof qilinadi. Yangadja va Qoratengir oralig‘idagi joylardan 2 ta 

qo‘l  cho‘qmori  va  boshqa  ashyolar  topilgan.  Ayniqsa,  Bekarslontog‘  makoni 

bergan  ashyolar  ham  so‘nggi  ashel  davri  bilan  sanalib,  mehnat  qurollarining 

dag‘alligi  ham  bu  haqda  guvohlik  beradi.  Umuman  qaralganda,  Janubiy 

Turkmanistonning  Kopetdog’  mintaqasidan  topilgan  ilk  paleolit  ashyolari 

sanasining  200-150  ming  yillikni  o‘z  ichiga  olishi  e’tirof  qilinadi.  So‘ngi  yillarda 

Turkmanistonda yosh arxeologlar keng ko‘lamda tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli 

olib bormoqda va bir necha joylardan paleolit makonlarini topib, o‘rganishmokda. 

Arxeologik  jihatdan  Markaziy  Osiyoda  Tojikiston  zamini    bir  muncha  yaxshi 

o‘rganilgan.  Bu  sohada  atoqli  olim  A.P.Okladnikov  hamda  V.A.Ranovlar  jiddiy 

unumli tadqiqot ishlarini bajarib, mamlakat tarixini o‘rganishda misli ko‘rilmagan 

yutuqlarga erishdilar.  




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish