Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov


  Marketing  elementlari  tarkibi  va  marketing—miks



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/397
Sana31.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#204034
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   397
Bog'liq
Marketing

1.4.  Marketing  elementlari  tarkibi  va  marketing—miks 
tushunchasi
Marketing  tizimida  qo’yilgan  maqsadga  erishish  uchun  xaridorlar  va 
boshqa subyektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing 
usullari yigindisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, 
marketing  kompleksi  bo’lib  hisoblanadi.  Bulami  marketing  nazariyasiga 
1964  yilda  birinchi  bo’lib  Garvard  Neyl  biznes  maktabi  professori  Neyl 
Borden kiritgan.  Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 
“P” deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. 
Ushbu modelda marketingning to’rtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan: 
tovar (product), narx (price), sotish (place), reklama-siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayiiboshlash orqali qondirish 
jamyonida albatta inson ishtirok etadi.
Shuning uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 
5 “P” ham kiritilib, u kishilar (people) ekanligi alohida takidlab o’tilgandir.
Marketing-miks elementlari quyidagi  2-chizmada ko’rsatilgan.
1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz 
(public  relations) va siyosatni  (politics) qo’shib,  oldingi 4  “P”  ni 
6
“P” ga 
kengaytirib  ko’rsatdi.
4“P”  modelini  qo’llanishini  cheklanganligiga  qaramasdan,  marketing 
nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida katta rol o’ynaydi.
Marketing-miks (marketing majmuasi)  -marketing tuzilishi;  marketing 
tizimining  tarkibiy  qismlari,  elementlari;  marketing  tarkib  topuvchi 
jarayonlar,  marketing  xarajatlari  tuzilishi,  marketing  retsepti,  tovar  yoki 
xizmatlami  ishlab  chiqaruvchidan  iste’molchiga  yetkazib  berish  chora- 
tadbirlarining  majmuaviy  dasturidir.
Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda to’rtta marketing submiksini 
o ’z  ichiga  oladi.  Bular  quyidagilar:  tovar  miksi,  shartnoma  miksi, 
kommunikativ  miks,  taqsimot  miksi.
Tovar  miksi  tovar siyosatini  shakllantiradi,  tovar bilan  bog’liq bo’lgan 
chora-tadbirlami o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, 
mahsulot  sifati,  o’rovi,  xaridorlarga  xizmat  ko’rsatish,  kafolat  xizmati 
siyosati,  tovar  diversifikatsiyasi,  assortiment  siyosati  va  hokazolar.
Shartnoma siyosati tovami oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim 
ko’rinishida  ularni  rasmiylashtirishni  amalga  oshiradi.  Bunday  chora-


2-chizm a.  M a rketin g   tizim idagi  besh  asosiy  narsa1.
tadbirlariga: narh siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar yetkazib berish 
va uni  to’lov shartlari,  shuningdek kredit  siyosati  kiradi.
Taqsimot siyosati tovami ishlab chiqarish joyidan iste’molchiga yetkazib 
berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, 
marketing-logistika,  savdo  siyosati,  sotish  vositalari  siyosati,  ishlab 
chiqarish  kuchlarini  joylashtirish  siyosati,  iste’molchilar  va  bozorlami 
joylashuvi  siyosati,  yetkazib  berish  siyosati,  tayyor  mahsulotlarni 
omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalami o’z ichiga oladi.
Kommunikativ  siyosatni  vazifasi  xaridor ehtiyojini  qondirish va  foyda 
olish  maqsadida  talabni  shakllantirish  va  tovar  hamda  xizmatni  siljitish 
bo’yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini 
barcha  obyektlarini  korxona  —  mahsulot  tayyorlovchilar  bilan  o ’zaro 
harakatini  tashkil  etishdan  iboratdir.

Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish