QARINDOSH ZIYORATI
Qarindoshurug’ning holidan xabar olish mamlakatlarni obod, umrlarni uzoq qiladi,
mollarni ko’paytiradi, shoyad (garchi bu amalni qiluvchilar tarj.) fojir bo’lsalar ham.
Abdusamat ibn Abdullohdan (r.a.)
Rahim Rahmondan mushtoqdir. Alloh taolo aytadiki: "Sening holingdan xabar
olganning holidan Men ham xabar olaman, aloqasini uzgandan Men ham aloqani
uzaman". Ibn Umardan (r.a.)
Bir qavmning boshlig’i sizga kelganida unga hurmatehtirom ko’rsating. Ibn Umardan
(r.a.)
Sizga bir ziyoratchi kelsa, unga hurmatehtirom ko’rsating. Anasdan (r.a.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam misvok ishlatganlarida uni o’zlaridan keyin eng
katga odamga berar edilar. Vaholanki, bir narsa ichsalar, uni o’ng tomondagi kishiga
uzatardilar. Abdulloh ibn Kabdan (r.a.)
Bir oila a’zolari birbirlarini yo’qlaganlarida Alloh ularning rizqlarini keng va oson
qiladi. Shu bilan birga ular Alloh himoyasi ostida bo’ladilar. Ibn Abbosdan (r.a.)
(Qarindoshni yo’qlash molni ko’paytiradi, oilada muhabbatni orttiradi va umrni
uzaytiradi.)
Do'stlaringiz bilan baham: |