To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


davlat  tasarrufidan  chiqarish



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

davlat  tasarrufidan  chiqarish  deganda,  davlat  korxonalarini  va 
tashkilotlarini  xujalik  shirkatlari  va jamiyatlariga,  davlatga  qarashli  mulk
133


bolmaydigan  boshqa  korxonalar  va  tashkilotlarga  aylantirish  tushuniladi 
(Qonunning  13.12.2002-yildagi tahririda);
xususiylashtirish  deganda, jismoniy  shaxslaming va davlatga ta’lluqli 
bo'lmagan  yuridik  shaxslaming  ommaviy  mulk  ob’etlarini  yoki  davlat 
aksiyali  jamiyatlaming  aksiyalarini  davlatdan  sotib  olishdir  (Qonunning 
26.12.1997-yildagi tahririda).
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  Sho'rolar  iqtisodiy  tizimini  sindirib, 
uning asoratlarini bartaraf etish bozor iqtisodiyotiga utishning eng samarali 
yullaridan  biridir.  Bu  tartib  xususiylashtirish  jarayoni  bilan  mantiqan 
bog'langan 
tushuncha 
bo'lib, 
davlatga 
oid 
tashkilot, 
korxona, 
muassasalami  hamda  birjalaming  davlat  tasarrufidan,  ya’ni  davlat 
ixtiyoridan  chiqarib,  xususiy  mulk  egalariga  bo'lib  berish,  aniqrog'i  uni 
sotish  tushuniladi.  Davlat  tasarrufidan  chiqarish  yangi  boshqaruv 
tuzilmalarini barpo etish demakdir.
Xususiylashtirish  iqtisodiy  tushuncha1  bo'lib,  mulkka  egalik 
huquqini  davlatdan  korxonalar  va  alohida  shaxslarga  berilishi,  xususiy 
sektorga  davlat  xizmatlari  ko'rsatilishini  cheklashni  yoki  xususiy 
tashabbuskorlik  uchun  keng  imkoniyatlar  berish  maqsadlarida  davlatning 
faoliyat  sohasini  toraytirishni  bildiradi.  Bu  jarayon  yangi  mulkdorlar 
sinfini  vujudga  kelishiga  ko'maklashadi,  zero,  u  siz  bozor  iqtisodiyotini 
shakllantirish mumkin emas.
Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  tushunchalarini 
o'zi,  ko'pchilik o'ylagandek,  davlat mulki  obyektlarini  shunchaki  xususiy 
boshqamvga  yoki  xususiy  mulk  qilib  berish  emas,  balki  unga  nisbatan 
ancha boyroq va kengroq tushunchadir.
Ushbu  tushuncha iqtisodiy-nazariy  tushuncha  sifatida  moddiy  ishlab 
chiqarish  va  mahsulotni  taqsimlashni  davlat  nazoratidan  chiqarish  hamda 
boshqaruv  huquqlarini  yangi  mulkdorlarga  yoki  yollanma  boshqaruvchi- 
larga  berishni  aks  ettiradi.  Shuning  uchun  davlat  korxonalarini  o'zok 
muddatli  ijaraga  berish  (hatto  keyinchalik  sotib  olish  huquqi  ham)  davlat 
tasarrufidan chiqarishning shakllaridan biri hisoblanadi.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  17- 
apreldagi  “2003-2004-yillarda  korxonalami  davlat  tasarrufidan  chiqarish 
va  xususiylashtirish  dasturi  to'g'risida”2gi  185-sonli  Qaroriga  muvofiq, 
davlat  ulushi  ularda  Hukumatning  tegishli  qarorlari  bilan  birkitilmagan 
bo'lsa,  korxonalami  davlat  tasarrufidan  chiqarish  ulaming  ustav 
jamg'armasidagi davlat ulushini saqlab qolmasdan amalga oshiriladi.
1 Чжен B.A. Хусусийлаштирнш асослари.Т.Ь -Тошкент: Иктисодиётва хухук дунёси,  1996.  -127 б.
2 //O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami, 2003 yil, №4, 30-modda.
134


Shu  munosabat  bilan  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylash- 
tirishga  kengroq  ma’noda  yondashish  lozim:  bu  tushunchalar  bozor 
o'zgarishlarining  asosigina  bo'lib  qolmasdan,  balki  ulaming  asosiy 
shakllaridandir.  Xususiylashtirish  siyosati  bo'yicha  mashhur  G'arb 
I  mutaxassisi  va  maslahatchisi  G.Vustekning  shu  jarayonlariga  bergan 
quyidagicha 
ta’rifiga 
biz 
ham 
qo'shilamiz: 
“keng 
ma’noda 
xususiylashtirishga  bozor  kuchlarining  iqtisodiyotga  kirib  borishi  sifatida 
qarash  mumkin  yoki  ...tijorat  yo'nalishidagi  davlat  korxonalarini  va 
Hukumatning  mavjud  mulkini  ...  to'liq  yoki  qisman  xususiy  mulk  qilib 
berish yoki xususiy nazoratga topshirish” Mir.
Davlat tasarrufidan  chiqarishni  amaliy  iqtisodiy  siyosiy  va me’yoriy 
hujjatlarda,  shu  jumladan,  O'zbekiston  Respublikasining  “Davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to'g'risida”gi  qonunida 
ta’riflanganiga ko'ra,  kengroq tushunish tadbirkorlik uyushmalari,  dehqon 
fermer  xo'jaliklari,  tadbirkor  ayollar  uyushmalari,  iste’molchilaming 
huquqlarini  himoya  qilish  jamiyatlari  va  boshqa  jamoat  tashkilotlarini 
tashkil qilish jarayonini ham davlat tasarrufidan chiqarisljmng shakllaridan 
deb qarashga imkon beradi.  Uning mazmun-mohiyati davlatning fuqarolar 
hayoti va faoliyatlariga aralashuvini cheklashdan iborat.
“Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning  asosiy 
mohiyati  jamiyatdagi  mulkni  xaqiqiy  mulkdorlar  qo'liga  topshirishdan 
iborat.  Bunda  mulkdor  o'z  mulkini  avaylab  asrashga,  uni  o'zgalar 
tomonidan  talon-taroj  etilishiga  yo'l  qo'ymaydi  va  eng  asosiy si  undan 
daromad  olish  maqsadida  foydalana  oladi.  Sotsialistik  tuzumda  tanqid 
ostiga  olingan  xususiy  mulk,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  jamiyatda 
muqaddas deb hisoblanadi”2.
MDH 
mamlakatlari, 
xususan, 
Rossiya 
Federatsiyasida 
xususiylashtirishning  huquqiy  muammolari  bir  qator  sivilist  olimlar 
tomonidan  tahlil  etilib,  uning  natijalariga  nisbatan  salbiy  munosabat 
mavjudligini ko'rishimiz mumkin.
Masalan,  E.A.Suxanov3  va  V.F.Yakovleva4lar  xususiylashtirish 
tushunchasi  va  usullariga  turlicha  yondoshsada  uning  natijasini  tanqidiy 
baholaydi.  Yu.K.Tolstoy  ham  xususiylashtirish  natijasiga  o'zining  salbiy 
munosabatini  bildiradi.  Uning  fikricha,  xususiylashtirish  ilgaridan  mulkni 
jamiyat foydasiga qayta taqsimlash emas, balki, partiya davlat apparatidan 
demokratiya  kiyimini  kiyib  olgan  tor  doiradagi  shaxslarga  yo'naltirilgan
1 Чжен B.A. Бозор шароитида минтаканинг тармок тараккиёти. Т.5. -Тошкент:  Шарк,  1997. -16 б.
2 Mualliflar jamoasi. Xo’jalik (tadbirkorlik) huquqi. -Toshkent: 2003. -99 b.
3 Гражданское право. Учебник. Т.  1. 2-е изд. // Отв ред. Е.А.Суханов. -С .563-577.
4 Коммерческое право. 4.2. Учебник. // Под ред В.Ф.Яковлева, В.Ф.Попондопуло.  -СПб.:  1998. -С.5-40.
135


edi.  Uni  ruhlantiruvchi  va  о ‘tkazuvchilaming  fikricha,  xususiylashtirish 
o'z  mohiyatiga  ko‘ra,  boshqaruvchi  byurokratik  elita  o'rtasida  qayta 
taqsimlashga mo'ljallangan1.
Yuqoridagi  olimlaming  xususiylashtirish  natij asiga  nisbatan  salbiy 
munosabatda  bo'lishlarini  muayyan  ma’noda  tushunish  ham  mumkin. 
Chunki,  bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlari  hayotda  hali  tom  ma’noda  o'z 
ifodasini topganicha yo'q. Lekin,  sobiq sotsialistik tuzumda,  “barcha mulk 
ommaga,  xalqqa  tegishli”  degan  soxta  shiorlar  ostida  bo'lgan 
iqtisodiyotdan voz kechilib,  bozor iqtisodiyoti  sari yuzlangan mamlakatda 
(masalan,  MDH,  sobiq  sotsialistik  tuzumda  bo'lgan  ba’zi  Evropa 
mamlakatlari)  xususiylashtirish  amalga  oshirilishi  albatta  lozimdir. 
Chunki,  bozor  munosabatlari  qaror  topgan  davlatda  davlatning  iqtisodiy 
sektordagi  ulushi  katta  bo'lmaydi.  Unga  tegishli  bo'lgan  mulk 
obyektlarining  aksariyati  o'zining  haqiqiy  egasini  topadi,  davlat 
korxonalari  mehnat jamoasiga,  xususiy  mulkdorlar qo'liga  o'tadi.  Bu  esa, 
iqtisodni  yanada  rivojlantiradi,  bozor  iqtisodiyoti  qonuniyatlarini  qaror 
toptiradi va oqibatda xalqning farovonligini ta’minlashiga xizmat qiladi.
O'zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  xususiy  mulkning 
daxlsizligi  belgilab  qo'yildi.  Biroq  Konstitutsiya  qabul  qilinguniga  qadar 
mulkchilik munosabatlariga doir boshqa qonunlar qabul qilingan edi.
Ushbu  qonunlaming  dastlabkisi  1990-yil  31-oktyabrda  qabul 
qilingan  O'zbekiston  Respublikasining  “Mulkchilik  to'g'risida”gi  qonuni 
bo'ldi.  Ushbu  qonunga  muvofiq  quyidagi  mulk  shakllarining  amalda 
bo'lishi e’tirof etildi:
- xususiy mulk;
- shirkat (jamoa) mulki;
- davlat mulki;
- aralash mulk;
-  boshqa  davlatlar  hamda  halqaro  tashkilotlar,  yuridik  jismoniy 
shaxslaming mulki.
Shu  o'rinda  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  uni 
xususiylashtirishda  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
to 'g ‘risida”gi  qonuni  muhim  huquqiy  hujjat  bo'ldi.  Unda  mulkni  davlat 
tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish jarayoni  huquqiy  kafolatlandi. 
Mazkur  qonunlami  birin-ketin  qabul  qilishdagi  mantiqiy  bog'liqlik 
shundan  iborat  ediki,  mulkdoming  mulkiy  huquqlarini  kafolatlamay, 
xususiylashtirishni  amalga  oshirish  jarayoni  qiyin  kechardi.  CHunki
1  Гражданское право.  Учебник.  T .l. Изд.  пятое.  // Под ред.  А.П.Сергеева, Ю.К.Толстого.  -М.:  Проспект, 2002. - 
632 с.
136


yuridik  va  jismoniy  shaxslaming  xususiylashtirish  jarayonida  faol 
ishtirokini  ta’minlashning  yagona  yo‘li,  ulaming  mulkiy  huquqlarini 

kafolatlashdan  iborat  edi.  Aynan  mazkur  qonun  davlat  tasarrufidan 
chiqarish  va  xususiylashtirishning  shakllarini,  shartlarini  hamda  amalga 

oshirish tartibini belgilab berdi.

Ushbu  qonunga  muvofiq,  davlat  mulki  obyektlari  Vazirlar
Mahkamasi  yoki  u  vakolat  bergan  organ  qarori  bilan  davlat  tasarrufidan 
chiqariladigan  va  xususiylashtiriladigan  bo'ldi.  Davlat  tasarrufidan 
chiqarilishi  va  xususiylashtirilishi  mumkin  bo'lmagan  hamda  mamlakat 

Prezidentining  qarori  bilan  davlat  tasarrufidan  chiqariladigan  va 

xususiylashtiriladigan 
obyektlar 
hamda 
korxonalaming 
ro'yxati 

O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan belgilab beriladigan 

bo ‘ldi. Mazkur ro ‘yxat haqida о ‘tgan boblarda batafsil to ‘xtalib о ‘tdik.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish