BOBUR
Bobur temuriylar sulolasining so‘nggi yirik vakili edi. U tadbirkor va
jasur lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va o‘qimishli inson,
ajoyib lirik shoir, ilmning turli sohalaridan yaxshigina xabardor bo‘lgan
yetuk olim edi. Uning «Boburnoma» asari haligacha sharqdagi voqeot
janrining beqiyos namunasi bo‘lib kelmoqda (F. Sulaymonova) (43 ta
so‘z).
AMIR TEMUR ORZUSI
Aytishlaricha, Temur bobomiz bir so‘zli, qattiqqo‘l podshoh bo‘lgan.
Butun umri davomida «Kuch adolatdadir» degan shiorni ilgari surdi.
Ulkan qasrlar, binolar barpo qildi. Odamlarga faqat yaxshilik qilishni
o‘yladi.
Bugun Amir Temurning an’analari davom etmoqda. Yurtimizda biri-
biridan go‘zal binolar qurilmoqda, odamlarimizda mehr-oqibat kuchayib
bormoqda (42 ta so‘z).
Do'stlaringiz bilan baham: |