Le For bo‘yicha 2-tip
Sinishning bu turida yuqori jag‘ yonoq suyagi va bosh
suyagi asosidan boshlab burun suyaklari bilan birga uzilib
tushadi. Sinish chizig‘i ko‘z kosasining ichki devorini kesib,
orbita tubi b o ‘ylab pastki orbital qirg‘oq orqali yonoq suyagi
bilan birikish sohasida o ‘tadi. Sinishning orqa ichki chizig‘i
burun to ‘sig‘i va qanotsimon o ‘simtalar asosi orqali o ‘tadi.
Bu tip sinishda g‘alvirsimon suyak va bosh suyagi asosining
sinishi qo‘shilib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |