Le For bo‘yicha 1-tip
Bu tipda sinish chiziq noksimon teshik asosi bo‘ylab yuqori
jag‘ do‘ngchalari tomon yo‘nalishda asosiy suyakning qanotsimon
o‘simtalari uchiga gorizontal boradi. U alveolyar o ‘siq asosidan
oz-moz yuqoriroqdan, qattiq tanglay gumbazi ustidan o ‘tadi,
yuqori jag‘ bo‘shlig‘ini kesib o ‘tadi, bunda bo‘shliqning tubi
sinib tushadi. Burun to ‘sig‘i sinishi ham qayd qilinadi. Agar
to‘liq sinish yuz bergan bo‘lsa, sinish butunligicha pastga siljiydi,
noto‘liq sinishida uning qimirlab qolishi qayd qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |