Omburni tishga qo‘yish
Om bur tutqichlari ochilib, tishning tag qismi om bur
tishlari o ‘qi bilan bir chiziqda mos keladigan holda joylanadi.
Ombur tishga to ‘g‘ri o ‘matilgach, uning tishlari olinadigan
tish o ‘qi bo‘ylab yo‘naltirib, milk ostiga kiritiladi. Omburga
bosim yanada oshirilib, chuquixoqqa ildiz bilan alveola suyagi
chetigacha boriladi ( 19-rasm).
19-rasm. Tishlarni olish vaqtida yuqori va pastki jag'larda omburiarni
joylashtirish.
Olingan tishni ombur yordamida siqib
ushlash (fiksatsiya)
Ombur yordamida tish shunday mahkam siqiladiki, tish
va ombur bir butun yagona sistemani hosil qilishi kerak. Ammo
siquvchi kuch o ‘ta katta bolmasligi lozim. Aks holda, kariyes
bilan yemirilgan tish parchalanib ketishi mumkin. Kuchsiz
siqilganda esa ombur siljib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |