Surunkali bosqich
Kasallikning 4—5-haftalaridan boshlanib, uzoq davom etadi.
Bemoming umumiy ahvoli yanada yaxshilanadi. Tana
harorati m e’yor darajasida.
Bemor tashqi ko‘rinishida assimetriya saqlanib qoladi.
Jag‘ suyagi suyak usti pardasi tomonidan qalin ikkilamchi
suyak hosil bolishi hisobiga qalinlashadi. Yuz terisi shu
sohada yupqalashadi.
Oqmalarning ayrimlari bitib kindiksimon chandiq
qoldiradi. Qolgan oqmalardan olcha rangli, tez qonovchi
granulyatsiya to ‘qimasi b o ‘rtib chiqib turadi.
Sumnkali ostemiyelit kechishida xurnj davrlari kuzatiladi.
Davolash
Kasallik statsionarda kompleks davolanadi. Birlamchi
jarrohlik davosi jag‘ ichidagi va atrof to ‘qimalardagi yiringli
o ‘choqlami ochish, kasal tishni olib tashlash.
Medikomentoz davo: dezintoksikatsiya, desensibilizatsiya,
stimullovchi va simptomatik davo.
Klinik va rentgenologik tekshirishlarga asoslangan holda
bemorda sekvestektomiya operatsiyasi o ‘tkaziladi.
Abssess — yiringli bo‘shliq ma’nosini anglatib, bu termin ostida
yog‘ to ‘qimasining yiringli parchalanishi oqibatida hosil bo‘lgan,
aniq chegaralangan yiringli yalliglanish o ‘chog‘i tushuniladi. Bu
jarayon asosan yog‘ to‘qimasi bor joylarda paydo boladi.
Flegmona— yog‘ to ‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘-
lanishi. Bu jarayon teri va shilliq parda ostida, mushaklar va
78
fastiyal oralig‘ida aniqlanib, bir vaqtning o ‘zida bir yoki bir
necha anatomik sohani egallashi mumkin.
Klinik belgilari. Bemorlar asosan yallig‘langan sohadagi,
turli xil intensivlikdagi og‘riqdan, yuz va b o ‘yindagi shishdan
ham da yuz assim etriyasidan shikoyat qiladilar. Bundan
tashqari, og‘iz ochilishining chegaralanishi, chaynash va
yutishning og‘riq bilan kechishi, artikulyatsiyaning buzilishi
bilan kechadi. Bemorlar umumiy holsizlanadi, boshi og‘riydi.
Bemorning tana harorati me’yor darajasida yoki subfebril bo‘ladi.
Davolash
Yuz va bo‘yin sohalaridagi abssess va flegmonalar jarrohlik
va konservativ usul yordamida kompleks davolanadi.
LIMFADENITLAR
Limfadenitlar o ‘tkir va surunkali b o ‘ladi. 0 ‘tkir seroz
va o ‘tkir yiringli limfodenitlar farqlanadi.
0 ‘tkir yiringli limfadenit limfa tugun sohasida infiltratsiya
paydo b o ‘lishi, unung siljuvchanligining kamayishi bilan
kechadi. Bemorning harorati 37,2° — 37°C.
Yallig‘lanish limfa tuguni sohasidagi terining qizarib
shishishi va asta-sekin to ‘qima bilan birikishi kuzatiladi.
Limfa tugunining yiringli parchalanishi jarayoni ayrim
bemorlarda tez (2—3 kun ichida ), ayrimlarda sekinlik bilan
(1—2 hafta davomida) rivojlanishi mumkin.
Davolash
Limfa tuguniga infeksiya oqib kelishini to ‘xtatishi uchun
birlamchi yallig‘lanish o ‘chog‘i bartaraf qilinadi. 0 ‘tkir seroz
limfadenitni konservativ usulda davolanadi.
0 ‘tkir yiringli yoki xuruj qilgan surunkali limfadenitlarda
jarrohlik davolash o ‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |