Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/38
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#200975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
yol xojaligining ishlab chiqarish korxonalari va bazalari

P
r
=Q
g
/R
y.s
,   
 
(1.5) 
Bu  yerda:  R
y.s
  -  ishlovchilar  yoki  asosiy  ishlab  chiqarishdagi  ishchilarning  yillik 
o’rtacha soni; 
Mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun elektro-energiyaning yillik o’rtacha sarfi: 
N
e.g
=∑N
y
/Q
g
,  
 
(1.5) 
Bu yerda: ∑N
y
 - korxonaning elektro-energiyasi bo’yicha yillik ehtiyoji, kVt-soat. 
Boshqa energetik resurslar: siqilgan havo, bug’ va h.k. larning sarfi yuqoridagilarga 
o’xshash xolda aniqlanadi. 
Korxonalarning bosh plani. 
Har  qanday  ishlab  chiqarish  korxonasining  loyihasida  bosh  plan  bo’ladi. 
Muhandislik  inshoatlari  katta  quvvatli  va  murakkab  bo’lsa,  bosh  planga  qo’shimcha, 
aniqlashtirilgan chizmalar ilova qilinadi. 
Bosh plan korxonani qurishga aloqador hamma tashkilotlar, yer ajratgan mahalliy 
boshqaruv organi, yong’in xavfsizligi, sanitariya inspektsiyasi kabilar bilan kelishiladi. 
Bosh  plan  loyihalanayotgan  korxona  joylashayotgan  maydonning  grafik  tasviri 
bo’lib,  maydonning  qiyaliklari  ko’rsatilmaydi;  ishlab  chiqarish  korpuslari.tsexlar, 
omborlar,  ma’muriy  binolar,  turli  inshoatlar,  yo’llar  tarmog’iga  ulanish  joylari 


ko’rsatiladi.  Bosh  planning  chizmasi  gorizontallar  ko’rsatilgan,  kattalashgan  kartada, 
relefni ko’rsatib tuziladi. 
Bosh  planda  korxonaning  mavsumiy  yoki  yillik  ishlashiga  mos  shamollar 
chambaragi  ko’rsatiladi.  Planda  gorizontallardan  tashqari  kvadratlar  to’ri  beriladi,  u 
geodeziyaga oid hisoblarni va tsexlar hamda inshoatlarni joylashtirishni osonlashtiradi. 
Binolar  va  inshoatlarning  joylashtirilishi  quyidagi  talablarni  qoniqtirishi  lozim; 
texnologik jarayonning eng yaxshi sxemasi; eng kisqa transport aloqalari; hududdan eng 
tejamli  foydalanish;  tsexlar,  inshoatlar  va  binolarni  maksimal  muxosaralash;  hududni 
zonalarga  ajratish;  sanitariya  va  yong’inga  qarshi  talablarga  moslab  to’siqlar  qo’yish; 
tayyor  mahsulotni  bir  vaqgning  o’zida  avtomobil  transporti  va  temir  yo’l  transportiga 
ortish;  korxonani  yanada  rivojlantirish(bu,statsionar  korxonalarga  ko’proq  tegishli); 
muxandislik  inshoatlarini  maqsadga  muvofiq  o’tkazish;  ishlovchilarning  maishiy 
binolarga qulay va xavfsiz kelib-ketishi.Ishlab chiqarish binolariga olib boradigan yo’llar 
maydondagi  avtomobil  yo’llari  bilan  kesishmasligi  lozim.  Korxonaning  qurilishi  va 
obodonlashtirilishi  yagonaligini  saqlash  holda  o’t  o’chirish  mashinalarining  uch 
tomondan yaqinglashishi ta’minlanadi. 
Energetik  ob’ektlar  (kompressorlar,  elektr  energiyasini  taqsimlovchi  kurilmalar) 
ulardan foydalanish joylariga yaqin yerlarga o’rnatiladi. Kompressor xonasi, resiverlarni 
shimol  tomonga  mo’ljallab  quriladi.  Bu  mamlakatning  janubiy  mintaqalari  uchun 
ayniqsa,  muxim.  Qozonxonani  joy  rel’efining  quyi  uchastkalariga  quriladi.  Bu 
kondensatlar,  o’zi  oqib  kelishiga  yordam  beradi.  Yuzasi  5  ta  dan  ortiq  maydonda 
transport uchun 2 ta dan kirish va chiqish joylari qurib, ularni ichki va tashqi avtomobil 
yo’llari bilan tutashtirish kerak. 
Yoqilg’i va moy omborlari korxonadan tashqariga joylashtiriladi va avtomobillar 
hamda o’zi yurar yo’l qurilish, mashinalari korxonasi hududiga kirmay turib, yoqilg’i va 
moy  olib  ketishlariga  imkon  xosil  qilinadi.  Korxona  hududi,  dam  olish  va  sport 
uchastkalari ko’kalalamzorlashtiriladi. Bu, korxonaning ishlab chiqarish, faoliyati bilan 
bog’liq,  zararli  oqibatlarini  kamaytirada.  Bundan  tashqari,  daraxtlar,  butalar,  gazonlar 
xududini qor bosishdan saqlaydi. SHovqin tarqalishini kamytiradi, piyodalar yo’laklarini 
changdan, binolarning dereza va devorlari qizib ketishidan saqlaydi. 
Korxonalarning bir joyda uzoq ishlab turishiga qarab, xudud devor bilin o’raladi. 
Korxonani  sutka  davomida  uzluksiz  qo’riqlash  binosi  xududga  kirish-  chiqish 
joylariga quriladi. Tunda yoritish uchun proektlar o’rnatilgan ma’qul. 
Bu planning ixchamligi qurilishlarning zichligi, ya’ni qurilishlar yuzasining xudud 
yuzasigi  nisbati  bilan  (%)  aniqlanadi.  Qurilishlar  yuzasini  hisoblashda  quyidagilar 
g’isobga  olinadi:  hamma  turdagi  binolar  va  inshootlar,  soyabonlar,  texnologiya, 
santexnika  va  energetikaga  oid  usti  ochiq  jixozlar,  estakadalar  va  galeriyalar  (tagiga 
boshqa inshoot qurish mumkin bo’lmagan); yuklarni ortish-tushirish maydonlari; yer osti 
inshoolari  (rezervuarlar,  muxandislik  kommunikatsiyalar  o’tgan  kanallar);  korxonani 
kengaytirish  loihasida  ko’zlangan  binolar  va  inshootlar  uchun  zaxira  uchastkalar; 
sanitariya-himoya  zonasining  maydonlari  (bu  yerlarga  kommunikatsiyalar  kiritish 


mumkin  emas).  Maydonning  o’lchami  qurilish  me’yorlari  va  qoidalariga  moslab 
aniqlanadi. Io’l korxonalari uchun ko’rsatkichi 40-50% belgilanadi. 
Mavsumiy  joylashadigan  korxonaning  hamma  binolari  va  inshoatlari  g’ildirakli 
vagonchalar  ko’rinishida  bo’ladi  (ishxona,  ustaxona,  labaratoriya  va  b.  )  Statsionar  va 
yarim  statsionar  korxonalarning  binolari  yechib-  yig’iladigan  konstruktsiyalardan 
quriladi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish