Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Tahlilda  qo‘llaniladigan  manbalarni  quyidagi  bosqichlarga  ajra-



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Tahlilda  qo‘llaniladigan  manbalarni  quyidagi  bosqichlarga  ajra-

tishimiz mumkin bo‘ladi: 

1. Reja ma’lumotlari manbalari. 

2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari. 

3. Qo‘shimcha ma’lumotlar manbayi. 

Reja  ma’lumotlari  manbalari  tarkibiga  biznes-reja  ko‘rsatkichlari, 

belgilangan  limitlar,  belgilangan  norma  va  normativlar,  shartnoma 

ko‘rsatkichlari kiradi. 

Hisob  va  hisobot  ma’lumotlari  manbalariga  buxgalteriya  hisobi  va 

hisoboti  ma’lumotlari,  statistik  hisob  va  hisobot  ma’lumotlari,  operativ 

hisob  va  hisobot  ma’lumotlari  kiradi.  Tahlilning  asosiy  ma’lumotlar 

manbayi  bu  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  ma’lumotlari  bo‘lib,  ular 

korxona  xo‘jalik  faoliyatining  barcha  jarayonlarini  o‘z  ichiga  oladi. 

Bunda mablag‘lar harakati, ularning manbalari va xo‘jalik aloqalari aks 

etadi. 



 

99

Buxgalteriya balansida mablag‘lar, ularni manbalarining joylashishi 



va hosil bo‘lish manbalariga qarab ifodalanadi. 

Statistik  hisob  va  hisobot  ma’lumotlari  tahlil  uchun  asosiy  manba 

bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  hisobotda  hodisa  va  jarayonlarning  jami 

ko‘rsatiladi, ularni  miqdor jihatdan xarakterlaydigan  muayyan iqtisodiy 

qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi. 

Operativ  hisob  va  hisobot  ma’lumotlari  buxgalteriya  hisobi  va 

hisoboti  ma’lumotlariga  va  statistik  hisobot  ma’lumotlariga  nisbatan 

zarur informatsiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi. 

Iqtisodiy  tahlilni  yanada  chuqurroq  amalga  oshirish  uchun  hisob 

ma’lumotlariga  taalluqli  bo‘lmagan,  ya’ni  qo‘shimcha  ma’lumotlardan 

foydalanish lozim bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, 

soliq  inspektorlari  tomonidan  tuzilgan  dalolatnoma,  inspektorlarni 

taqdim  etgan  ma’lumotlari,  auditor  xulosalari,  radio  va  televideniya 

ma’lumotlari,  ommaviy  axborot  vositalari  manbalari,  ishchi  va  xizmat-

chilar bilan bo‘lgan muloqot natijalari kiradi. Odatda, tahlil ma’lumotlari 

va  ularni  natijalari  uni  kim  va  nima  maqsadda  o‘tkazilganligiga  qarab 

turli  shaklda  umumlashtirilishi  mumkin.  Korxona  va  tashkilotlarni 

xo‘jalik  faoliyati  tahlilining  natijalari  analitik  mavzular  yoki  xo‘jalikni 

yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko‘rinishida ifoda etiladi.  

Tahlil  natijalarini  umumlashtirish  va  yakunlash  qaysi  turdagi 

tahlilni  o‘tkazganligimizga  qarab  bajariladi.  Masalan,  korxonalarning 

yillik  hisoboti  asosida  o‘tkazilgan  joriy  tahlilning  yakuni,  umumiy 

xulosalar  yozish  va  yuqori  tashkilotlarga  tushuntirish  xati  tuzish  orqali 

yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa muta-

xassislarni  ma’ruzasi,  korxona  rahbarining  buyrug‘i,  jamoaning  majlis 

bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi 

mumkin.  Tahlil  natijalarini  umumlashtirganda,  albatta  erishilgan 

natijalar,  yo‘l  qo‘yilgan  kamchiliklar  hamda  yutuqlar  aniq  raqamlarda 

faktlar  bilan  ko‘rsatilgan  bo‘lishi  talab  etiladi,  shuningdek,  yo‘l 

qo‘yilgan  kamchiliklarni  tuzatish  chora-tadbirlari,  ya’ni  takliflar  ham 

ko‘rsatiladi. 

Iqtisodiy  tahlil  natijalarini  rasmiylashtirish  va  umumlashtirishda 

korxonaning  umummajlis  materiallari,  turli  xil  diagramma,  jadval  va 

grafiklar  tuzib  ko‘rsatma  sifatida  osib  qo‘yish,  gazeta  va  jurnallar 

sahifalarida  ma’lumotlarni  chop  etish,  axborot  doskalaridagi  ko‘rsat-

kichlarni e’lon qilib borish ham muhim hisoblanadi. 

Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo‘jalik faoliyati yakunlari 



 

100


bo‘yicha  yillik  yoki  choraklik  hisobotiga  tushuntirish  xatlari,  yuqori 

tashkilotlarni ularga bo‘ysinuvchi tashkilotlar xulosalari kabi bo‘ladi. 

Tushuntirish  xati  rejani  bajarilishi  haqidagi  umumiy  xarakteris-

tikada  va  ko‘rsatkichlarni  avvalgi  davrlarga  nisbatan  o‘zgarganlik 

ma’lumotlaridan  boshlanadi,  so‘ngra  natijaning  rejadan  tafovuti  sabab-

lari,  ayrim  omillarning  o‘zaro  bog‘lanishi  va  ularning xo‘jalik  faoliyati 

ko‘rsatkichlari  ifodalanadi.  Analitik  hisob  –  kitoblar  analitik  jadvallar 

ko‘rinishida  rasmiylashtiriladi.  Ularni  har  biriga  xulosalar  va  ko‘rsat-

kichlarning o‘zaro bog‘liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi. 

Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni 

tuzatish yo‘l-yo‘riqlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir 

rezervlardan  foydalanish  yuzasidan  konkret  (aniq)  takliflar  bayon 

qilinadi.  Bayonnoma  tushunarli,  ilmiy  asoslangan,  ixcham,  analitik 

jadvallar  bilan  bog‘langan  bo‘lishi  kerak.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida 

bunday  tahlil  korxona  rahbarining  xaridorlarni  umumiy  yig‘ilishidagi 

ma’ruzasi uchun zarur bo‘ladi. 

Xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarni  moliyaviy  va  boshqaruv  tahlil 

qilishdan  olinadigan  natija  uni  axborot  va  metodik  qo‘llanmalar  bilan 

ta’minlanganlik  darajasiga  bog‘liq.  Tahlilni  axborot  bilan  ta’minlashda 

bosh  rolni  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti  egallaydi,  sababi  bu 

manbalarda  xo‘jalik  faoliyati  va  uning  natijalari  o‘z  aksini  topgan. 

Birlamchi va jamlangan hisob registoridagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida va 

to‘la-to‘kis  tahlil  qilish  rejani  bajarilishiga,  xo‘jalik  faoliyatini  yaxshi-

lashga  qaratiladi.  Ayniqsa,  yillik  moliyaviy  hisobot  ma’lumotlarini 

mazmunan  tekshirish  tahlil  ishlarini  samarali  o‘tishini  ta’minlashda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Ushbu  jarayonda  ma’lumotlarni  tahlil 

qilishdan  oldin  ularning  to‘g‘riligi  tekshirib  olinadi.  Ma’lumotlarning 

to‘g‘riligiga  ishonch  hosil  qilish  uchun  esa  ayrim  ko‘rsatkichlarni 

ma’lum  bir  hisobot  ma’lumotlari  bilan  taqqoslab  ularning  bir-biriga 

mosligi  o‘rganiladi.  Agar  bir  xil  ko‘rsatkichlar  turli  manbalarda  bir  xil 

tartibda aks ettirilgan bo‘lsa, u holda ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri deb tan 

olinishi mumkin.  

Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma’lumotlarni bir - biriga 

mosligini o‘rganish quyidagi jadvalda keltirilgan (22-jadval). 

Shunday tartibda debitorlik va kreditorlik qarzlarini, pul mablag‘lar 

harakatini  va  boshqa  ma’lumotlarni  ham  mazmunan,  miqdoran 

to‘g‘riligini tekshirish mumkin.      

 



 

101


22-jadval 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish