Uchinchidan, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish. Eksport potensialini
kengaytirish va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiyasida, yaratilayot-
gan mahsulotlarni iloji boricha sifatli, kam xarajatlar asosida, tashqi
bozor shartlari hamda talablariga moslashtirish zarur. Bu, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini ichki va jahon andozalariga
yaqinlashtirishni talab etadi.
To‘rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab
chiqarish salohiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish
kerak. Ma’lumki, chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli
investitsiyalarni ta’minlashning yagona manbasi hisoblanadi. Shu
o‘rinda, chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy tavakkalchilikdan
sug‘urta qiluvchi institutlarning samarali faoliyatini ta’kidlash kerak.
Shuning uchun mamlakatda chet el investitsiyasi uchun qulay shart-
sharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan qator vazifalar belgilangan.
Beshinchidan, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash
zarur.
Milliy xavfsizlikni tartibga solishning quyidagi ko‘rinishlari
mavjud:
1. Valuta nazorati.
2. Eksport va import nazorati.
3. Xomashyoning strategik turlarini olib chiqish.
Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari
mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qa-
rashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e’tibor
berish, shak-shubhasiz eksport-import munosabatlarni rivojlantirish
uchun xizmat qiladi.
Eksport operatsiyalari tahlili orqali korxonaning tashqi iqtisodiy
faoliyati va uning samaradorligi ko‘rsatkichlariga iqtisodiy tashxis
qo‘yiladi. Bu bevosita tashqi savdo aylanmasi hajmini o‘stirish va
foydaliligini ta’minlashning mavjud ichki imkoniyatlarini o‘rganishni
ham o‘z ichiga oladi.
578
Eksport operatsiyalari tarkibini o‘rganishda yalpi eksport hajmida
alohida olingan tovarlar yoki tovarlar guruhining mutlaq va nisbiy
darajalariga baho beriladi. Shuningdek, tashqi savdo faoliyati bo‘yicha
sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar turi bo‘yicha taqsimi, tashqi
savdoning mamlakatlar bo‘yicha sotish hajmi, hududlar bo‘yicha
taqsimiga (mustaqil davlatlar hamdo‘stligi, Yaqin Sharq mamlakatlari,
Yevropa mamlakatlari va h.k.) baho beriladi.
Tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha reja-topshiriqlarning bajarilishiga
ahamiyat beriladi. Shuningdek, tashqi savdo aylanmasi dinamik
o‘zgarishlari e’tiborga olinadi.
Tashqi savdo aylanmasi dinamikasi deganda, uning yillar bo‘yichi
o‘zgarish darajalari tushuniladi. Tahlilda, shuningdek, eksport hajmi va
uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tarkibiga bevosita hisob-kitob
qilinadigan, sotilgan tovarlar, ishlar va xizmat bahosinining o‘zgarishi
va fizik hajmining o‘zgarishlari kiritiladi.
133-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |