yo‘lga qo‘yish va uning rivojlanish istiqbollarini belgilashga qaratilgan
575
sohalarida xorij bilan aloqada, hamkorlikda bo‘lish, mahsulot, ish va
xizmatlar bo‘yicha jahon bozori arenasiga chiqish hamda unda muqim
o‘rin egallashning shartlarini belgilab olishga imkoniyat yaratadi. Shu
o‘rinda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatining quyidagi shakllarini
belgilash mumkin:
- Savdo (mahsulot, ish va xizmatlar realizatsiyasi).
- Qo‘shma tadbirkorlik va boshqalar.
Oxirgi yillarda mamlakatimizni rivojlanayotgan va rivojlangan
davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini ijobiy baholash mumkin.
Mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan to‘la
iqtisodiy asosga ega. Lekin iqtisodiy asoslar maqsadli va kelajakni
ko‘zlab foydalanilayotgani yo‘q. Chunki, mamlakatda tashkil etilgan
ayrim qo‘shma korxonalar to‘la quvvatda ishlamayotganligi natijasida
iqtisodiy, jumladan: moliyaviy, moddiy, mehnat resurslaridan
foydalanish imkoniyatlari boy berilmoqda.
Bizning fikrimizcha, qo‘shma va hamkorlikdagi xo‘jalik yuritish
subyektlari faoliyatni yo‘lga qo‘yishda mamlakat to‘la moliyaviy,
moddiy va mehnat resurslariga ega. Respublika har qanday foydali va
maqsadli loyihani moliyalashtirish imkoniyati mavjud.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlili iqtisodiy tahlilning muhim bo‘limi
sifatida alohida o‘rganiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatda tahlilni avvalo,
boshqaruvning va harakatning muhim sharti sifatida o‘tkazamiz. Tahlil
etish asosida korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yishning
tashkiliy shakllari, mahsulot ish va xizmatlar eksporti va importi
o‘zgarishlari, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga, tovarlar
eksporti va importining tuzilishiga, tovarlarni kredit shartlarida sotish va
sotib olish, eksport va import operatsiyalaridan daromadlar va xarajatlar
o‘zgarishiga baho berish, foyda o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni
aniqlash, korxona tashqi savdo aylanmasini o‘stirish yuzasidan
korxonada mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar va ularni yo‘lga qo‘yish
chora-tadbirlarini belgilab berish, hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning texnik
loyihalarini tuzib chiqish va yo‘lga qo‘yish, korxona tashqi iqtisodiy
faoliyatiga qisqacha tashxis qo‘yish va sharhlar berish tashqi iqtisodiy
faoliyat tahlili mazmunini tashkil etadi.
Taqqoslanuvchi muhim ko‘rsatkichlar sifatida albatta, umumlashgan
holda quyidagi ikkita ko‘rsatkich olinadi.
1. Eksport hajmi.
2. Import hajmi.
576
Eksport operatsiyalari tahlili bo‘yicha tashqi savdo aylanmasi orqali
sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmi va ularning rejaga yoki o‘tgan
yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho beriladi. Muhim ahamiyat eksport
hajmining tarkibiga qaratiladi.
Eksport hajmi va uning o‘zgarishini omilli tahlil etish tahlilning
muhim qatori sifatida qaraladi. Bunda eksport hajmining o‘zgarishiga
ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillari o‘rganiladi.
Miqdor omil sifatida miqdoriy ifodaga ega bo‘lgan ko‘rsatkich
olinadi. Sifat omili sifatida korxonaning muhim iqtisodiy samarador-
ligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi olinadi.
Import operatsiyalari tahlilida import hajmi bo‘yicha reja bajarilishi
va dinamikasi, tarkibi, tuzilishi, import operatsiyalaridan daromadlar va
xarajatlar, import operatsiyalari foydaliligi, import hajmiga ta’sir etuvchi
omillar tahliliga baho beriladi.
Import hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar sifatida import
qilingan tovarlar miqdoriy hajmining, hamda import qilingan tovarlar
bahosining o‘zgarishini kiritish mumkin.
Kreditga olingan tovarlar va ularning yalpi import hajmidagi
salmog‘iga baho berishga ham tahlilda muhim e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: