279
Oshxona servizini ishlab chiqarish uchun materiallar xarajati
33841,4 so‘mni tashkil etib biznes-rejaga nisbatan 600,4 so‘m ortiqcha
sarfga yo‘l qo‘yilgan. Materiallar xarajatini o‘zgarishiga omillar ta’sirini
zanjirli bog‘lanish usuli orqali aniqlaymiz.
77-jadval
Materiallar xarajatiga «sarf me’yori» va «material bahosi»
o‘zgarishlarining ta’siri tahlili
Materiallar xarajati, so‘m
Farqi (+,-)
shu jumladan
o‘zgarishi
Materiallar
Reja,
rejadagi
sarf me’-
yori reja
bahosida
Haqiqatda,
haqiqiy
sarf me’-
yori ha-
qiqiy
bahoda
Shartli,
haqiqiy
sarf me’-
yori reja
bahosida
Jami:
gr2 –
gr1
sarf
me’yori
gr3-gr1
material
bahosi
gr2-gr3
Loy
5122,1
5250
5351,5
+127,9 +229,4
-101,5
Kaolin
20754
21058,8
20890,9
+304,8 +136,9
+167,9
Dala shpati
480
480
480
-
-
-
Kvars
6440,9
6592,6
6559,3
+151,7 +1184
+33,3
Pechmatit
444
460
460
+16
+16
-
Jami:
33241
33841,4
33741,7
+600,4 +500,7
+99,7
Sarf me’yoriga rioya qilmaslik tufayli materiallar xarajati rejaga
nisbatan 500,7 so‘mga ortgan. Barcha material turlari bo‘yicha mahsulot
birligi uchun sarflangan materiallar miqdori rejaga nisbatan yuqori
bo‘lgan. Materiallar bahosining o‘zgarishi tufayli materiallar xarajati
99,7 so‘mga ortgan.
Mahsulot tannarxidagi materiallar xarajatlarini pasaytirish uchun
qimmatbaho materiallarni arzoni bilan almashtirish ( mahsulot sifatiga
putur yetkazmagan holda), ikkilamchi resurslardan keng foydalanish,
xomashyoga ishlov beruvchi zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy
etish, materiallarni transport – tayyorlov xarajatlarini pasaytirishning
optimal variantlarini qo‘llash, kadrlar malakasini oshirish lozim.
Sarf me’yorining o‘zgarishiga, asosan, quyidagilar ta’sir ko‘rsa-
tishi mumkin:
1. Dastgohlar texnik jihatdan nosozligi.
2. Xomashyo sifati.
3. Ishchining malakasi.
Material bahosi o‘zgarishiga quyidagi sabablar ta’sir ko‘rsatadi:
1. Xomashyo yetkazuvchi bazalarni uzoq yoki yaqin joylashganligi.
2. Transport turlarini o‘zgarishi.
3. Davlat tomonidan material narxini o‘zgartirilishi.
280
8.9. Mahsulot turlari bo‘yicha tannarxning tahlili va unga ta’sir
etuvchi omillar tahlili
Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini
hisobga olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga
daxldor bo‘lgan elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va
javobgarlik bo‘yicha hisobga olinishi va nazorat qilinishi korxonaning
moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarishda muhim hisoblanadi. Alohida
olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini aniqlashga hisob-kitob-
larning muhim obyekti sifatida qaraladi. Bunda mahsulot tannarxining
to‘g‘ri aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar tannarxini aniqlash
va hisobga olish, moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish bilan birga,
foydaning shakllanish qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Bir
xildagi mahsulot turlarini ishlab chiqaradigan korxonalarda mahsulot
tannarxini qiyosiy tahlili va uning natijalari iqtisodiy samaradorlik
ko‘rsatkichlarini oshirishga xizmat qiladi.
Alohida olingan mahsulotlar tannarxining tahlili xarajatlarni iqtiso-
diy elementlari bo‘yicha emas, balki, xarajat moddalari bo‘yicha o‘rga-
nishni, ularning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho
berishni hamda o‘zgarish sabablarini o‘rganishni tavsiflaydi. Mahsulot
ishlab chiqarishning kalkulatsiya moddalari ishlab chiqarish va texnolo-
giya jarayonlari xususiyatiga bog‘liq. Sanoat korxonalaridagi kalkulatsi-
ya moddalari tarkibini bir xil ko‘rinishga ega bo‘lishi tannarxni umumiy
hajmda va moddalari bo‘yicha tahlil etish imkoniyati tug‘iladi. Bunday
tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligiga belgilanadigan
narxni aniqlashda foyda va rentabellikni oshrishda muhim o‘rin tutadi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxiga va uning o‘zgarishiga ta’sir
etuvchi omillarni xarajat moddalarining har bir turi bo‘yicha alohida tar-
kiblash mumkin. Masalan, material xarajatlari yoki xomashyo xarajatlari
qatori bo‘yicha xarajatlar o‘zgarishiga moddiy sarflar me’yorining
o‘zgarishi, ularni sotib olish baholarining o‘zgarishi ta’sir qilsa, mehnat
haqi xarajatlarining o‘zgarishida ishchilar soni va bir xodimga to‘g‘ri
keladigan ish haqlarining o‘zgarishi ta’sir qiladi. Amortizatsiya xarajat-
lari bo‘yicha ham xuddi shu shaklda tarkiblashni aytib o‘tish mumkin,
ya’ni amortizatsiyalangan qiymatning o‘zgarishi, amortizatsiya me’yor-
lari, shuningdek, amortizatsiya ajratmalari ajratiladigan asosiy vositalar
turi, salmog‘iga bog‘liq va hokazolar. Omillar ta’sirini aniqlashda har
bir ta’sir birligi alohida va boshqa omillar ta’sirisiz o‘rganiladi.