261
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituv-
chi subyektlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tannarxini
tahlil qilishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagi-
lar hisoblanadi:
· ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish va ularning holatiga baho
berish;
· mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha belgilangan rejani
bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;
· ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementi va kalkulatsion
moddalari bo‘yicha o‘rganish va ularga baho berish;
· mehnat unumdorligi bilan ish haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni
o‘rganish;
· tannarxning o‘zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi
omillarni miqdor jihatidan hisoblash;
· ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo‘yicha
tahlil etish;
· tannarxni pasaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash
va hokazo.
«Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish,
xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida»gi Nizomga muvofiq ishlab
chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Bu-
ning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish
xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat
tug‘iladi.
Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi maqsadlarida va soliqqa tortish
maqsadlarida xarajatlarni hisoblash tartiblaridagi farqlanishlarni hisobga
olib ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobi va boshqaruv tahlilining asosiy
maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoit-
larida raqobatga bardoshligini aniqlashdir.
Nizomda buxgalteriya hisobi bo‘yicha foyda bilan soliqqa
tortiladigan foyda o‘rtasidagi tafovutlarga izoh berilgan.
Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya hisobidagi foydadan farq
qilishining sababi shundaki, davlat soliq siyosatiga muvofiq amaldagi
soliq qonunchiligi bo‘yicha korxona xarajatlarining bir qismi soliqqa
tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllanti-
rishning asosiy qoidalari va xarajatlarni guruhlash berilgan. Birinchi
ilovada korxona hisobot davridagi balans foydasini hisoblashda chegi-
262
riladigan, lekin xo‘jalik subyektining soliqqa tortiladigan bazasiga
qo‘shiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar
amalga oshirilishi paytida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmay-
digan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ro‘yxati berilgan
(vaqt bo‘yicha farqlanishlar).
Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi soliqqa tortilayotgan
korxonalar uchun qo‘shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxati
berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: