Sarguzasht qidiruvchi, odatda, yosh, ko‘pincha talaba yoki yuqori sinf o‘quvchisi va unda
o‘ylab qilingan xujum rejasi kamdan-kam bo‘ladi. U nishonini tasodifan tanlaydi, qiyinchiliklarga
duch kelsa chekinadi. Bunday sarguzasht qidiruvchi muvaffaqiyatlarini fakat yaqin do‘stlari–
kasbdoshlari bilan o‘rtoqlashadi.
G‘oyali xaker – bu ham sarguzasht qiduruvchi, ammo mohirroq. U o‘zining e’tiqodi asosida
muayyan nishonlarni (xostlar va resurslarni) tanlaydi. Uning yaxshi ko‘rgan hujum turi Web-
serverning axborotini o‘zgartirishi yoki, juda kam hollarda, hujumlanuvchi resurslar ishini
blokirovka qilish. Sarguzasht qidiruvchilarga nisbatan g‘oyali xakerlar muvaffaqiyatlarini kengrok
auditoriyada, odatda axborotni xaker Web-uzelda yoki Usenet anjumanida joylashtirilgan holda e’lon
qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |