Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti "filologiya" fakulteti


MAGISTRLIK ISHINING UMUMIY TAVSIFI



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#200282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
alisher navoiy ijodida adib ahmad qarashlari talqini

MAGISTRLIK ISHINING UMUMIY TAVSIFI 

 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  “Mus

taqilligimizning  dastlabki  kunlaridanoq 

ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, 

bebaho  ma’naviy  va  madaniy  merosni  tiklash  davlat  siyosati  darajasiga 

ko’tarilgan  nihoyatda  muhim  vazifa”

1

ga  aylandi.  Zero,  yurtboshimiz 



ta’kidlaganidek,  “Xalqning  ma’naviyati  va  madaniyati,  uning  haqiqiy  tarixi 

va o`ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy 

ettirish  yo`lida  muvaffaqiyatli    ravishda  olg`a  siljitishda  hal  qiluvchi,  ta’bir 

joiz bo`lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”.

2

    Millat  ma’naviy  kamolotining 



asosiy  omillaridan  biri  bu  badiiy  ijod  durdonalariga  munosabat,  unga 

oshuftalik,  buyuk  bobokalonlarimiz  qoldirgan  bebaho  ijod  namunalaridan 

bahramand bo’lish, ularni har tomonlama tahlil, tadqiq va tadbiq etishdir. Bu 

borada  “avliyolar  avliyosi,  mutafakkirlar  mutafakkiri  va  shoirlar  sultoni” 

Alisher Navoiy adabiy merosi alohida ahamiyat kasb etadi.  

 

Yurt



boshimiz asosli tarzda ta’kidlaganlaridek, “Alisher Navoiy xalqimizning ongi 

va  tafakkuri,  badiiy  madaniyati  tarixida  butun  bir  davrni  tashkil  etadigan 

buyuk  shaxs,  milliy  sha’nu  shuhratini  dunyoga  tarannum  qilgan  so’z 

san’atkoridir…  olamda  turkiy  va  forsiy  tilde  so’zlashuvchi  biron-bir  inson 

yo’qki,  Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa,  Navoiyga sadoqat va e’tiqod 

bilan qaramasa”.

3

  Darhaqiqat, Alisher Navoiy hayoti va adabiy merosi besh 



yarim  asr  davomida  turli  millat  vakillari  bo’lgan  adabiyotshunos, 

sharqshunos olimlar tomonidan tadqiq va tahlil etilmoqda. Xususan, Alisher 

Navoiy  ijodining  undan  oldin  yashagan,  unga  zamondosh  bo’lgan  hamda 

undan  keyin  yashab  ijod  etgan  Sharqning  boshqa  mutafakkirlari  adabiy 

                                                           

1

 Karimov. I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. – T.., 1998, 524-b. 



2

 Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -Toshkent, 2008-yil. 39-bet.  

3

 Karimov. I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -Toshkent, 2008-yil. 47-bet. 




 

merosi bilan munosabati masalasida qator-qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. 



Shular  qatorida  turkiy  mumtoz  adabiyotning  ilk  namoyandalaridan  biri 

bo’lmish    Adib  Ahmad  Yugnakiy  va  uning  “Hibat  ul-haqoyiq”  asari  bilan 

Navoiy ijodining bog’liqlik jihatlariga doir turli hajm va mazmundagi ilmiy 

izlanishlarni  ham  qayd  etish  mumkin.  Ma’lumki,  Adib  Ahmad  shaxsiyati 

haqida  ma’lumot  beruvchi  yagona  manba  (o’z  asarini  inobatga  olmaganda) 

Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasidir. Binobarin, Ahmad 

Yugnakiy hayoti va adabiy merosi haqida fikr yuritgan har bir kishi Alisher 

Navoiy  asariga  ham  murojaat  etadi.  Biroq  Alisher  Navoiy  va  Adib  Ahmad 

o’rtasidagi ijodiy munosabat “Nasoyim ul-muhabbat” asaridagi ma’lumotlar 

bilangina  chegaralanib  qolmaydi.  Badiuzzamon  Mirzoga  yozgan  maktubida 

ham Navoiy Ahmad Yugnakiy hikmatidan foydalanganligi sir emas.  

 

 



Alisher  Navoiyning  deyarli  barcha  asarlarida,  ayniqsa,  “Xamsa” 

tarkibidagi  dostonlar,  “Lison  ut-tayr”,  “Nazm  ul-javohir”,  “Mahbub  ul-

qulub” kabi axloqiy-falsafiy mazmun-mohiyatga ega bo’lgan asarlarifa Adib 

Ahmad hikmatlariga hamohang bo’lgan fikr va qarashlarga duch kelamiz. Bu 

borada,  ayniqsa,  Navoiy  ijodining  axloqiy-ma’naviy  qomusi  bo’lmish 

“Hayrat ul-abror” dostoni alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday adabiy ta’sir 

nishonalari ikki xil hodisa bilan asoslanadi:  

 

1.  “Xeyli  elning  muqtadosi”  bo’lgan     



Adib  Ahmadnidg  “…mavoizu

 

nasoyih”ga  to’la  hikmatlari  Navoiy  yashagan  davrda  “aksar  turk  ulusida  … 



shoye’”  edi.  Ular  bilan  bevosita  tanishgan  Alisher  Navoiyning  ma’naviy-

axloqiy  qarashlari  shakllanishida    mazkur  hikmatli  to’rtliklarning  muayyan 

ta’siri bo’lganligi shubhasiz. 

 

2.  Sharqning  deyarli  barcha  mutafakkirlari  kabi  Adib  Ahmad  ham, 



Alisher  Navoiy  ham  birinchi  navbatda  islomiy  manbalar,  xususan,  “Qur’oni 

Karim”  oyatlari,  Payg’ambar  (a.s.)  hadislari  hamda  din  va  tasavvuf 




 

namoyandalarining 



hikmatlaridan 

ozuqlangan. 

Binobarin, 

ularning 

qarashlarida mushtaraklik, hamohanglikning mavjud bo’lishi tabiiydir. 

  

Shundan  kelib  chiqqan  holda,  Alisher  Navoiy  ijodi,  aniqrog’i,  uning 



axloqiy-tarbiyaviy va falsafiy qarashlarini Adib Ahmad Yugnakiyning “Hibat 

ul-haqoyiq”  asari  bilan  qiyosan  o’rganish  navoiyshunoslikning  muhim  va 

dolzarb  vazifalaridan  biridir.

  Bu  birinchi  navbatda  Ahmad  Yugnakiy  hayoti 

hamda  adabiy  merosiga  yana  bir  bora  ilmiy  nazar  tashlash,  uzoq  yillardan 

beri  davom  etib  kelayotgan  bahsu  munozaralarga  munosabat  bildirish 

imkonini bersa, ikkinchi tomondan, Alisher Navoiy asarlarining  mazmun va 

g’oyaviy  mundarijasi  haqida  to’laroq  tasavvurga  ega  bo’lish  imkonini 

yaratadi.   


Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish