86
Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar
sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o‘lkani to‘la
mustaqilligini ta’minlash sari harakatlari uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endi bu
davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular
Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish
g‘oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo‘llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va
markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko‘chmanchi qabilalarning hujumini daf qila
olishi mumkinligini ular yaxshi bilar edilar. Markazlashgan yagona hamda qudratli davlat
kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.
Somoniylar davlatiga Somon qishlog‘i (Balx yaqinida, ba’zi manbalarda esa, -
Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos solgan. Xalifa Ma’munga
bo‘lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Somonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga,
Ahmad Farg‘onaga,
Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokim etib tayinlandilar.
839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U
So‘g‘dning bir qismi va Farg‘onaga hokim bo‘lib oldi. Lekin somoniylar davlatini bunyod
etishda Ahmadning hissasi ko‘proq bo‘ldi. Uning Nasr, Ya’qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is’hoq
va Homid ismli o‘g‘illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari
Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) qo‘liga o‘tdi. 859-yilda Yahyo
ibn Asad vafot etgach, Choch va Ustrushona Ahmadning ikkinchi o‘g‘li Ya’qubga nasib
etdi. Keyin tashabbus Ismoil ibn Ahmad qo‘liga o‘tdi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi.
874 yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari
iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokim qilib jo‘natadi.
Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda unga
xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni qo‘lga kiritdi. Xalifa Mu’tamiddan
Movaraunnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu paytda Buxoroda
kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. 888-yili ikki o‘rtadagi jangda Nasr
yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movaraunnahrning yagona hukmdori bo‘lib
qoldi (892-907). 893 yilda u Tarozni, so‘ng Ustrushonani qo‘lga kiritdi.
Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab
xalifasi 898 yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiylar
sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Ismoil 899 va 900
yillardagi harbiy to‘qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo‘shinlarini tor-mor
keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo‘ldi.
Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag‘oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning
hokimlari somoniylarga tobe’ edilar), ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar
tomonidan bo‘ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar. 992-yili
Qoraxoniylar xoni Bug‘roxon Buxoroni egalladi. Xurosonda Abu Ali Simjuriy va Balxda
Foyiq amirga qarshi isyon ko‘tardi. Nuh II yordam so‘rab G‘azna hokimi Sabukteginga
murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo‘shin bilan kelib, Simjo‘riy va Foyiq kuchlarini
tor-mor keltiradi. Sabuktegin bu xizmati uchun xalifadan “Nasir-ud-din va ad-davla” (dinu
davlat homiysi), uning o‘g‘li Mansur esa “Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)” laqabini oladi.
997 yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o‘g‘li Mansur ibn Nuh
(997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon ko‘tardilar. Amirning
Mansurga e’tiqodi zo‘rligini nazarda tutib, isyonchilar amirning ko‘ziga mil tortadilar.
Mansur ibn Nuh vafotidan so‘ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga o‘ltirdi.
Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi qo‘shin tortib butun Xurosonni
bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo‘lida faqat Movaraunnahr qoldi.
Ko‘p o‘tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi. Amir xonadoni
asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi.
Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor,
kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil
87
Somoniy hukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy
Movaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga
muvaffaq bo‘ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha
islohotlar o‘tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri
davlatni boshqarish ma’muriyatini
joriy qilish bo‘ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish
saroyi (dargoh) va 10 ta
devon
(harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil
etishda Sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni
zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.
Hokimiyatning eng yuqori pog‘onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan
davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma’rifatli
vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning
xizmatlar katta bo‘lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga
asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuini
dargoh va
devonlarga
bo‘linishi ma’lum darajada rasmiy bo‘lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko‘p xollarda
devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat
“Sohibi xoras” qo‘li
ostida bo‘lgan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda
Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtadorlar, Otboqarlar, xo‘jalik beklari kabi turli
xizmatchilar bo‘lgan. Saroydagi hamma xo‘jalik ishlarini
“vakil” boshqargan. Vakil
saroydagi e’tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy
hukmronligi davrida o‘n devonga Buxoro registonida o‘nta maxsus bino qurilgan.
Devonlar orasida vazir yoki
“xo‘ja buzurg” devoni alohida o‘rin tutgan. Bu devonga
boshqa hamma devonlar bo‘ysungan. U hamma ma’muriy, siyosiy va xo‘jalik
mahkamalarini nazorat qilgan.
Davlatni idora etishda
“mustaufiy devon” ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu
devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador
tomonidan boshqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: