O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

badaviylar  deb  yuritilgan.  Vohalardagi  aholi  dehqonchilik  bilan  shug‘ullangan.  Dengiz 
bo‘ylari,  vohalarda,  shaharlar  qad  rostlagan  bo‘lib,  ularda  asosan  savdo-sotiq  va 
hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi. 


 
74 
VI  asrning  ikkinchi  yarmi,  VII  asrning  birinchi  yarmidagi  arab  ijtimoiy  hayoti  juda 
murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib 
kelayotgan  feodal  munosabatlar  bilan  chatishib  ketgan  edi.  Asosiy  savdo  yo‘llarining  bu 
hududdan  o‘tishidan  arab  zodagon-savdo  ahli  juda  manfaatdor  edi.  Lekin  mamlakatda  bu 
paytda  siyosiy  parokandalik  hukm  surar  edi.  O‘zaro  qabilaviy  urushlar  natijasida 
dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu 
holat  arab  aslzoda  guruhlari,  zodagonlari  manfaatiga  zid  bo‘lib,  mamlakat  iqtisodiy 
yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli 
tabaqa,  toifa  kishilarining  o‘zaro  hamjihatlikka  yagona,  kuchli  davlat  atrofiga  birlashishga 
chaqirar  edi.  Aholi  ichida  ko‘p  xudolik-butparastlik  urf  edi  (xususan  Ka’bada  360  ta  but 
bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan). 
Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. 
Islom-bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos 
qilmoqlik  va  Alloh  buyurgan  diniy  e’tiqodga  iymon  keltirmoqlik  demakdir.  Islom  “itoat”, 
“bo‘ysunish”  ma’nolarini  bildiradi.  Bu  dinning  asoschisi  Muhammad  payg‘ambar  (s.a.v.) 
(570-632)  makkalik  Abdullohning  o‘g‘li  bo‘lgan.  Uning  bobosi  Abumutallib  quraysh 
qabilasining boshlig‘i bo‘lgan. 
Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni “muslim”, ya’ni “itoatkorlar” 
deb  yuritganlar.  O‘z  payg‘ambarlik  faoliyatini  Muhammad  Makkada  boshlagan.  Makka 
Arabiston  yarim  orolining  g‘arbiy  qismidagi  Hijoz  viloyatida  joylashgan  shahar  bo‘lib,  bu 
yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan bo‘lib, 
uni  Ibrohim payg‘ambar o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi Haj safarini 
uyushtirgan.  Ka’baning  ichida  muqaddas  tosh  “Hajar-ul-asvod”  o‘rnatilgan.  Har  yili  bu 
muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar. 
Muhammad  payg‘ambar  muslim  (musulmon)larning  yagona  Alloh  oldida  teng 
ekanliklarini, Yaratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo 
muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko‘ra taqdirlanishi, inson Yaratgan, yolg‘iz 
Allohgagina  e’tiqod  qilishini  targ‘ib  qiladi.  Bu  ta’limot  aholining  barcha  qatlamlari 
manfaatlariga mos  bo‘lib, tez orada birinchi  navbatda shahar  ahli ichida  tarqala boshlaydi. 
Lekin  yangi  din  tarafdorlarining  ahvoli  ularning  e’tiqodlariga  ko‘ra  og‘irlashib  borgandan 
so‘ng  bir  qism  musulmon  aholi  Habashistonga,  ba’zilari  shimolga  qarab  ketishga  majbur 
bo‘ldilar.  Muhammad  ham  o‘ziga  qarshi  turgan  quraysh  qabilasi  a’zolarining  ta’qibi 
kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o‘zining eng yaqin 
do‘sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu arab 
tilida  “hijrat”  deb  atalib,  shu  kundan  boshlab  musulmon  olamida  qabul  qilingan  hijriy  yil 
boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo‘ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo‘yicha va hijriy-
shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha). 
Madinada  Muhammad  o‘z  ta’limotini  davom  ettiradi.  Madinada  shuhrat  qozongan 
makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. 
Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y), ketma-ket “Xulofoiy rashoddin” (haq 
yo‘ldan  borgan  sahih  xalifalar)  nomlarini  olgan  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  va  Alilar  (661 
yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan-Arab 
xalifaligi  davlatiga  asos  soladilar.  O‘zaro  qabilalar  birlashuvi,  dini  islomning  yoyilishida 
ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi. 
VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb 
va  sharq  tomon  kengaytirishga  harakat  qildi.  Yaqin  va  O‘rta  Sharqning  boy  viloyatlari 
qo‘lga  olinib,  nihoyatda  uyushgan  va  jangovar  arab  qo‘shini  shiddat  bilan  harakatlarini 
boshlab  yuborgan  edi.  Bir  vaqtning  o‘zida  arablar  o‘z  yurishlarini  Vizantiya  va  Eronga 
qarshi  olib  bordilar.  Sosoniylarning  so‘nggi  vakili  Eron  shohi  Yozdigard  III  (632-651) 
arablarga  qarshi  turishga  harakat  qildi.  Lekin  Kadisiya  (636  y.)  va  Nahavand  (642  y.)dagi 
janglarda  arablar  qo‘shini  forslarga  qaqshatqich  zarba  berib  Sosoniylar  sulolasiga  barham 


 
75 
berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq 
egallandi.  Xalifa  Umar  ibn  al-Xattob  (634-644)  davrida  ilk  bora  arab  istilochilari  Xuroson 
chegaralarida  paydo  bo‘lgan  edi.  643-644  yillarda  arab  sarkardasi  Abdulloh  ibn  Varqa 
Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvozalari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish 
qiladi.  Bu  yerning  aholisi  o‘z  zimmasiga  yiliga  60000  dirham  soliq  to‘lash  majburiyatini 
oladilar. 
Arablarning  keyingi  harbiy  harakatlari  650-651  yillarga  to‘g‘ri  keladi.  Shu  yillarda 
Basra noibi ibn Kurayza Xuroson bilan chegaradosh yerlarga  yurish qiladi. 651 yilda Marv 
shahri  egallandi.  Marv  marzaboni  (hokimi) Abraz (Baraz) sarkarda ibn  Amirga 2 mln. 200 
ming kumush dirham evaziga tinchlik bilan shaharni topshiradi 
Arablar Amudaryodan (Jayxun) shimolda joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya’ni, 
“daryoning narigi tomonidagi yerlar” deb nom berishadi. Hozirgi Afg‘onistonning shimoli, 
Eronning  shimoli-sharqiy  qismi  hamda  Janubiy  Turkmanistondan  to  Amudaryogacha 
bo‘lgan  hududlar  esa  Xuroson  deb  yuritilgan.  Avval  boshda  Xurosonning  markaziy  shahri 
Marv, keyinchalik Hirot shahri bo‘lgan. 
Arablarning  Movarounnahrga  qarshi  harbiy  yurishlari  o‘z  maqsad  va  rejalari  bilan  2 
davrga  bo‘linadi.  Birinchi  davrda  xalifalik  istilo  etishni  emas,  balki  harbiy  jihatdan 
tayyorgarlik  ko‘rish,  mahalliy  hukmdorlar  kuch-qudratini  sinab  ko‘rish,  mavjud  geografik, 
harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvini o‘rganish, kichik yurishlar orqali katta o‘ljalar orttirish 
rejasini amalga oshiradi. 
651-yili noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida arablar Xurosondagi Nishopur, 
Obinahr,  Tus,  Jom,  Obivard  va  boshqa  katta-kichik  qo‘rg‘on  shaharlarni  egalladilar. 
Faqatgina  651-yilning  o‘zida  Xuroson  noibi  ibn  Amir  yangi  egallangan  yerlardan  xalifa 
xazinasiga  6  mln.  200  ming  dirham  to‘plagan  soliqlarni  yuboradi.  Balx  yaqinidagi  hal 
qiluvchi  jangda  (652-y.)  arablar  Balx  shahrini  egallashadi.  O‘sha  yili  Amudaryodan  o‘tib 
Movarounnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Lekin shu bilan 
birga,  har  holda  Xuroson  noibi  Abdulloh  ibn  Amir  652-yil  boshida  Chag‘oniyonni 
egallashga  muvaffaq  bo‘ladi.  Bu  esa  ilk  bor  Movarounnahr  yerlarini  egallash  edi.  654-yili 
Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo‘ladi. 
657-yili  Chag‘oniyonga  arablar  qayta  yurish  qilib  eftalitlarga  qarshi  qat’iy  zarba 
berdilar. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edilar. Xalifalik 
ichidagi  o‘zaro  hokimiyat  uchun  ichki  nizolarning  kuchayishi  natijasida  arablarning 
Movarounnahr yerlariga hujumlari bir oz to‘xtab qoladi. Hatto 658-659 yillarda noib Xulayd 
Nishopur  va  Marv  aholisidan  arzimas  soliqlar  olish  xususida  shartnoma  imzolab,  bosib 
olingan  Xuroson  yerlaridagi  nazoratni  ancha  susaytiradi.  661  yili  hokimiyat  boshiga  yangi 
Ummaviylar  (661-750)  sulolasining  kelishi  harbiy  harakatlarning  faollashuviga  sabab 
bo‘ladi.  665-yili  xalifa  Muoviya  (661-680)  Ziyod  ibn  Abu  Sufyonni  Basra,  Seyiston  va 
Xuroson noibi etib tayinlaydi. Xalifa unga jadal harbiy harakatlar qilish topshirig‘ini bergan 
edi. 
 
Narshaxiyning  yozishicha,  673-yilning  kuzida  xalifa  Muoviyaning  farmoni  bilan 
Xuroson  noibi  Ubaydulloh  ibn  Ziyod  Amudaryodan  kechib  o‘tib  Buxoro  viloyatiga  bosib 
kiradi,  Poykand  va  Romitonni  egallab,  Buxoro  shahrini  qamal  qiladi.  Yordamga  kelgan 
turkiylar buxoroliklar bilan bir qator turib arablarga qarshi jangda qatnashadilar. Bu jangda 
arablar g‘olib keladilar. O‘sha yili arablarning ar-Rabiy boshchiligidagi harbiy otryadi Amul, 
Zemm  va  Xo‘jand  atroflarigacha  bo‘lgan  yerlarga  hujum  qilib,  katta  o‘lja  bilan  orqaga 
qaytishgan  edi.  676-yili  Xurosonning  yangi  noibi  Sayid  ibn  Usmonning  Buxoro  va 
Samarqandga  yurishida  Muhammad  payg‘ambarning  jiyani  Qusam  ibn  Abbos  ibn  Abdul-
Mutallib  ishtirok  etadi.  Samarqand  yonidagi  janglardan  birida  halok  bo‘lib,  so‘ng 
keyinchalik Shohi Zinda (tirik shoh) nomini olgan qabristonga dafn etiladi. 
 
Sayid  ibn  Usmonga  qarshi  Buxoro  malikasi  Xo‘takxotun  So‘g‘d,  Kesh,  Nasafdan 
yordamga kelgan 120000 kishilik harbiy  qo‘shin bilan peshvoz chiqadi.  Lekin so‘g‘dliklar 


 
76 
jang  maydonini  tashlab  chiqib  ketganlaridan  so‘ng  malika  kattagina  boj  (300000  dirham) 
to‘laydi. 
Sayid  ibn  Usmon  Buxorodan  Samarqandga  yo‘l  oladi.  Samarqand  1  oy  davomida 
qamal  qilinadi.  So‘g‘dliklar  jasorat  bilan  qarshilik  ko‘rsatadilar.  Sayid  ibn  Usmon 
so‘g‘dliklar bilan sulh tuzishga majbur bo‘ladi. U Samarqanddan 30000 kishini asirga olib, 
orqaga qaytadi va yo‘l-yo‘lakay Termiz shahrini ham istilo etadi. 
Xalifa  Yazidning  vafotidan  (683  y.)  so‘ng  toju-taxt  uchun  kurash  boshlanib  ketadi. 
Bunday vaziyatda arablar yana Movarounnahrga hujum qilishdan deyarli to‘xtab, o‘z ichki 
nizolari bilan band bo‘lib qoladilar. 
Xalifa  Abdulmalik  ibn  Marvon  (685-705)  davrida  ichki  nizolarga  chek  qo‘yilgandan 
so‘nggina arab siyosiy arboblari va zodagonlari Movarounnahrga haqiqiy yurish qilish vaqti 
keldi deb topdilar. Yangi  tayin  etilgan Xuroson  noibi Qutayba ibn  Muslimga  Iroq noibi al-
Hajjoj Movarounnahrni  butkul egallashni va qat’iyat bilan harakat qilishni topshiradi. Arab 
bosqinchiligining ikkinchi davri, ya’ni, Movarounnahr yerlarini xalifalikka butunlay qo‘shib 
olish boshlanadi. 
O‘rta  Osiyodagi  siyosiy  parokandalik  va  kichik  davlatlarning  bir-birlari  bilan  tez-tez 
nizolarga borib turishi Qutaybaga qo‘l keldi. O‘z harbiy  yurishlarini Qutayba 705  yil Balx 
viloyatini bosib olish bilan boshladi. Balxdan tashqari Qutaybaga Chag‘oniyon, Shuman va 
O‘rta Osiyoning janubidagi kichik viloyatlar bo‘ysunadi. Chag‘oniyon hokimi Tish arablar 
tomoniga o‘tib ketadi. 
706-yil  Qutayba  katta  qo‘shin  bilan  Movarounnahrga  kirib  keldi.  Tabariyning 
ma’lumotlariga  ko‘ra,  Qutayba  eng  obod  va  boy  shaharlardan  biri  Poykand  tomon  harakat 
qildi. Uning qo‘shini tarkibida arablar xizmatiga o‘tgan Balx va Chag‘oniyon hokimlarining 
ham  qo‘shinlari  bor  edi.  Poykandning  ko‘pchilik  aholisi  savdogarlar  edi.  Shaharda 
qoldirilgan harbiy qo‘shinga turk sarkardasi bosh edi. So‘g‘d va boshqa viloyatlardan kelgan 
kuchlar  bilan  poykandliklar  arablarga  qattiq  turib  qarshilik  ko‘rsatdilar.  Arablar  sug‘dlar 
tomonidan o‘rab olinib Qutaybaning barcha yo‘llari kesib qo‘yildi. 
Lekin  ichki  ittifoqning  yo‘qligi,  o‘zaro  nizolar  natijasida  Poykand  himoyachilarining 
kuchi zaiflasha bordi. Qutayba qal’aga birinchi safda borgan va shahid bo‘lgan kishilarning 
oilalariga katta mukofot va’da qildi. Ketma-ket 15 kun davom etgan janglardan so‘ng arablar 
qal’a  devorini  teshishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  Shahardagi  og‘ir  janglardan  so‘ng  Poykand 
arablar qo‘liga o‘tdi. 
Poykand  fojeasidan  so‘ng  Qutayba  boshliq  kuchli  raqibga  zarba  berib  uni  mag‘lub 
etish  maqsadida  Sug‘d  podshosi  Tarxun,  Buxoro  hukmdori  Xunukxudod,  Shopurkom 
hokimi  Vardanxudod  boshliq  katta  qo‘shin  yig‘ildi.  Ularga  turklar  yordamga  kelib,  jami 
qo‘shinning miqdori 40000 kishi atrofida edi. 
Ittifoqchilar  qo‘shini  Buxoro  yaqinida  Torob,  Xunbun,  Romiton  oralig‘ida  to‘plandi. 
Qutayba  qurshovda  qoldi.  Arablarning  ahvoli  nihoyatda  og‘irlasha  bordi.  Shunda  bu 
ahvoldan qutulish uchun Qutayba makkorlik yo‘lini tutib, nayrang ishlatadi. Narshaxiyning 
yozishiga  ko‘ra,  Qutayba  Xayon-an-Nabatiy  ismli  o‘z  kishisini  ittifoqchilar  ichida  qudratli 
bo‘lgan  So‘g‘d  podshosi  Tarxunga  maxfiy  suratda  vakil  qilib  yuboradi.  Nabatiy  Tarxunga 
arablar  havo  sovushi  bilan  shundoq  ham  Marvga  qaytib  ketajaklarini,  holbuki  turkiylar 
So‘g‘dni arablar ketganidan so‘ng butkul egallab olajaklari xususida soxta xabar yetkazadi. 
Bu  xabar  ittifoqchilar  ichida  bo‘linishga  sabab  bo‘ladi.  Tunda  sarosimaga  tushgan  Tarxun 
Qutayba  lageriga  sovg‘a-salomlar  bilan  2  mln.  dirham  yuborib,  evaziga  sulh  shartnomasi 
matnini oladi. 
Arablar ittifoqchilarni zaiflashtirib, ketma-ket ular yerlarini egallay boshlaydilar. 708-
709  yillar  mobaynida  Qutayba  Buxoro  va  uning  atrofiga  bir  necha  bor  hujum  qilib, 
Buxorxudod Tug‘shod qo‘shinlarini tor-mor etadi va unga amir etib o‘z yaqinlaridan birini 
tayinlaydi.  Amir  Buxorxudod  ustidan  nazorat  qilib  turish,  Buxoroda  qoldirilgan  harbiy 


 
77 
qismga askarboshilik qilish, aholidan soliq undirishi va uni o‘z vaqtida xalifalikka yetkazib 
berish vazifasini ado etar edi. 
Xorazmda  boshlangan  ichki  ziddiyatlar  Qutayba  fikrini  o‘zgartirdi.  Xorazmda  xalq 
g‘alayoni boshlangan bo‘lib, unga Xorazmshoh Chag‘onning ukasi Xurzod boshchilik qilar 
edi. Qutayba Xurzod boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilarni tor-mor keltiradi. 710-712  yillarda 
Xorazmshoh  Qutayba  bilan  tinchlik  sulhini  tuzib,  unga  10000  qoramol  miqdorida  boj 
to‘laydi.  Xorazm  shu  bilan  o‘z  mustaqilligini  yo‘qotib  arablar  hokimiyatini  tan  oladi. 
Qutayba  esa  o‘z  qo‘shini  hamda  Xorazmshoh  va  Buxorxudod  qo‘shinlari  bilan  birgalikda 
Samarqandga yo‘l oladi.  
Shu  paytda  norozilik  va  qo‘zg‘olon  natijasida  shahar  podshosi  Tarxun  taxtdan 
ag‘darilgan  edi.  Sug‘d  podshosi  va  Samarqand  afshini  sifatida  Tarxunning  ukasi  G‘urak 
(710-737) taxtga o‘tiradi. Tarxun esa hibsda o‘zini-o‘zi halok etadi. 
G‘urak  Qutaybaga  qarshi  chiqadi.  Kattaqo‘rg‘on  yaqinidagi  Arbinjon  mavzesida 
shiddatli  jang  bo‘lib  o‘tadi.  Ammo  G‘urakning  kuchlari  ozlik  qilib  Samarqandga 
chekinishga majbur bo‘ladi. Arablar tomonidan Xorazm va Buxoro hokimlari qo‘shinining 
qatnashuvi, sug‘diylarning yakkalanib qolishlari va atrofdan yordam ololmasliklariga sabab 
bo‘ladi.  Undan  tashqari  Samarqand  zodagonlari  ichida  birlik  ham  yo‘qoladi.  Tarxunning 
o‘limidan so‘ng uning tarafdorlari ko‘proq arablarga yon bosa boshlashadi. Panjikent hokimi 
Devashtich  shu  guruhga  rahbarlik  qila  boshlaydi.  Qutayba  esa  “Tarxun  o‘limi  uchun  qasd 
olaman” deb e’lon qiladi.  
Qamalda qolgan G‘urak Shosh podshosi, Turkiy hoqon va Farg‘ona ixshidiga murojaat 
qilib ulardan yordam so‘raydi. Turkiylar qo‘shini bu paytda Sug‘d chegarasi yaqinida bo‘lib 
Farg‘ona  va  Shosh  qo‘shinlari  bilan  birgalikda  ittifoqchilar  lashkarini  vujudga  keltiradi. 
Ittifoqchilar  qo‘shinining  tepasiga  lashkarboshi  etib  Turkiy  hoqonning  kichik  o‘g‘li  Inal 
hoqon  tayinlanadi.  Qutayba  darhol  o‘z  ukasi  boshchiligida  saralangan  qo‘shin  tuzib, 
ittifoqchilar  yo‘liga  tuzoq  qo‘yadi.  Arablar  ittifoqchilarni  tor-mor  etib,  ularning  mol-
mulklarini talaydilar.  
Qutayba  shundan  so‘ng  Samarqandga  hujumni  kuchaytiradi.  Shahar  ra’danroz  (tosh 
otg‘ich)lardan o‘qqa tutiladi. Bu janglarda ayniqsa buxoroliklar, xorazmliklar katta jonbozlik 
ko‘rsata  boshlaydilar.  Bir  oy  davomida  shahar  mudofaachilari  Samarqandni  qahramonona 
mudofaa  qildilar.  Arablar  oxir  oqibatda  shahar  devorlarini  buzib  shahristonga  bostirib 
kirdilar. Samarqand arablarga taslim bo‘ldi. G‘urak va Qutayba o‘rtasida sulh tuzildi.  
  Qutayba jo‘nab ketishi oldidan shaharda o‘z ukasi Abdurahmon ibn Muslim boshliq 
yaxshi saralangan qo‘shinni qoldirib ketadi. Lekin matonatli Sug‘d aholisining qarshiligi bu 
bilan  tugamaydi.  Al-Yaqubiyning  yozishicha,  712-yil  kuzida  Samarqandda  arab  noibiga 
qarshi  qo‘zg‘olon  ko‘tariladi.  Ularga  turklar  yordam  beradi.  Faqatgina  713  yil  bahorida 
Qutaybaning yetib kelishi bilan shahardagi qo‘zg‘olon bostiriladi. 
Mug‘  tog‘idan  topilgan  hujjatga  ko‘ra  Qutayba  o‘zining  keyingi  yurishlarida  Shosh, 
Farg‘ona  va  Turkiy  hoqonlik  qo‘shinlaridan  iborat  yana  bir  harbiy  ittifoqning  qarshiligiga 
duch keladi. Sug‘d, Choch, Farg‘ona ittifoqiga Panjikent hokimi Devashtich ham qo‘shiladi. 
U  Choch  va  boshqa  yerlarga  o‘z  elchisi  Fatufarnni  yuboradi.  Fatufarn  nomani  Choch 
hukmdori  Moxedu  tudun  (Bahodir  tudun)ga  topshiradi.  Qolgan  ikki  maktubni  Farg‘ona 
elchisi orqali turkiylar hokimi va Farg‘ona ixshidiga berib yuborgan. 
Qutayba  bu  o‘lkalarni  tezda  o‘ziga  bo‘ysundirish  harakatiga  tushadi.  Tabariyning 
ma’lumotlariga  ko‘ra,  Qutayba  713-yil  Buxoro,  Kesh,  Nasaf  va  Xorazm  aholisidan  20000 
askar  to‘plab  berishni  talab  qildi.  O‘z  qo‘shini  bilan  uni  qo‘shib,  qo‘shinni  2  ga  bo‘lib 
ajratadi.  Kesh,  Nasaf,  Xorazmdan  kelgan  qo‘shin  Choch  viloyatiga,  o‘zi  esa  asosiy  kuch 
bilan Ustrishona orqali Farg‘ona vodiysiga yo‘l oladi. Birinchi qo‘shin Choch qo‘shinini tor-
mor  etib,  Choch  viloyatini  egallaydi.  Qutayba  esa  Ustrishonda  hal  qiluvchi  jang  olib  borib 
Xo‘jand va Kosonni zabt etadi. 


 
78 
714-yil  Qutayba  Turkiy  hoqonlikdan  harbiy  yordam  kelish  yo‘lini  to‘sish  maqsadida 
Choch vohasiga qayta bostirib kiradi.  O‘sha  yili asosiy  yo‘ldagi  Isfijob  (Sayram)ni ishg‘ol 
etadi. 715-yil boshida esa Farg‘ona podshosi qochib ketishga majbur bo‘ladi. Qutayba o‘sha 
yili  Qashqargacha  bo‘lgan  yerlarni  istilo  etadi.  Hamma  viloyatlarga  arablardan  bo‘lgan 
amirlarni  noib  etib  tayinlaydi.  O‘sha  yili  arab  xalifasi  Volid  vafot  etadi.  Xalifalik  taxtiga 
Sulaymon  ibn  Abdulmalik  o‘tiradi.  Qutayba  Sulaymonga  nisbatan  g‘animlik  munosabatida 
bo‘lib,  uni  qo‘llamas  edi.  Qutayba  uni  taxtga  chiqishidan  norozi  bo‘lib  isyon  ko‘taradi. 
Natijada bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab Qutaybaning o‘zi Farg‘onada o‘ldiriladi (715-y). 
Shunday  qilib,  10-yil  davomida  olib  borilgan  doimiy  kurashlar  natijasida 
Movarounnahr xalifalik  ixtiyoriga kirsa-da,  ammo uning mag‘rur  aholisi  o‘zini butkul tobe 
etilgan  deb  hisoblamaydi.  Shuning  uchun  ham  Qutayba  har  yili  qishlash  uchun  Marvga 
jo‘nab  ketar,  bahorda  esa  yangi  kuchlar  bilan  Movarounnahrga  hujum  qilar  edi.  Shuning 
uchun  ham  arablar  Movarounnahrni  egallashda  muvaffaqiyat  qozondilar.  Buning  asosiy 
sabablari quyidagicha edi. Avvalo mamlakatda hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va kichik 
hukmdorlarning o‘zaro kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi. 
Bu  vaziyatdan  ular  ustalik  bilan  foydalanishar  edi.  Ular  kichik  davlatlarning  o‘zaro 
birlashuviga  yo‘l  qo‘ymaslikka  harakat  qildilar  va  buning  uddasidan  chiqdilar.  Arablar 
o‘zaro  kurashayotgan  hokimlarning  biriga  ikkinchisini  yengishi  uchun  yordam  ko‘rsatib, 
keyin  ularning  har  ikkisini  ham  birin-ketin  bo‘ysundirdilar.  So‘g‘dni  zabt  etishda  Qutayba 
arab qo‘shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi. 
Ayniqsa arablar ko‘chmanchi  jangovar turkiylar  bilan o‘troq dehqonchilik  viloyatlari 
aholisi  o‘rtasida  ba’zan  yuzaga  kelgan  kelishmovchiliklardan  foydalanib,  ularni  birini 
ikkinchisiga  qarshi  qo‘ydilar  va  ittifoqchilarni  ajratib  yuborishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  Shu 
bilan  birga,  xalifalik  Movarounnahrdan  harbiy  qurol-aslahalar  jihatidan  unchalik  ustun 
bo‘lmasa ham, biroq qo‘shin saflarini to‘ldirib turish imkoniga ega edilar. 
Arablar  qo‘shiniga  muntazam  ravishda  yangi  harbiy  kuchlar  ichki  viloyatlardan 
safarbar  qilib  turilar  edi.  Undan  tashqari  keskin  qarshilik  kurashini  olib  borgan  xalq, 
mahalliy  hukmdorlarning  xoinona  harakatlari,  arablar  bilan  maxfiy  til  biriktirishlari  tufayli 
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 
 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish