17
ustunlik qila olmadi. Ishlab chiqarishda avvalgidek tosh qurollar asosiy o‘rinda bo‘lib qoldi.
Shuning uchun ham bu davr mis-tosh asri deb yuritiladi.
Mezolit oxirida va neolit davrida terib-termachlab, ovqat topishdan yovvoyi
o‘simliklarni ekish va o‘tkazish yo‘li bilan madaniylashtirish orqali vujudga kelgan
dehqonchilik eneolit zamonida yuqori xo‘jalik turiga aylanib bordi. Dehqonchilik bilan uy
chorvachiligi ortiqcha mahsulot yetishtirishga va mol ayirboshlashni tartibga solishga asos
bo‘lgan. O‘rta Osiyo hududlarida quyidagi yangi tarixiy-madaniy jarayonlar eneolit davri
bilan bog‘liqdir:
1. Xo‘jalikning boshqa hamma turlariga qaraganda haydama dehqonchilikning ustunlik
qilishi;
2. Toshdan ishlangan qurollar ko‘p bo‘lgan holda mis qurollarning paydo bo‘lishi;
3. Katta-katta jamoalarning paxsadan va xom g‘ishtdan tiklangan katta-katta uylari;
4. Kulolchilikda muhim texnika yutug‘i - xumdonlarning ishlatilishi;
5. O‘troqchilik xo‘jaligining rivojlanishi, jamoa birlashmalarining uylari va qurilishida xom
g‘ishtning paydo bo‘lishi;
6. Turli hayvonlarning loydan yasalgan va ona urug‘i tuzumiga (matriarxatga) xos
haykalchalari;
7. Rangdor sopol buyumlar, ya’ni turli tasvirlar ishlangan sopol buyumlarning mavjudligi.
Eneolit davrida O‘rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqoriga ko‘tariladi.
Lekin bu hududlardagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada emas
edi.
Qadimgi qabilalar mis-tosh davriga o‘tgach, madaniy, xo‘jalik va ishlab chiqarish
taraqqiyotining yangi bosqichi boshlanadi. Yangi xo‘jalik turlari - dehqonchilik va
chorvachilik avvalgidek, Turkmanistonning janubi-g‘arbidagi qulay geografik sharoitda
rivojlanadi. Bu paytda quyi Zarafshon va Amudaryo havzalarida yashovchi qabilalar hali
madaniy o‘simliklar o‘stirishga o‘tmagan edilar. O‘rta Osiyoning sharqiy qismidagi tog‘li
hududlar aholisi xo‘jaligida esa ovchilik ustun edi. Demak, ilk va rivojlangan mis-tosh
davrida O‘rta Osiyo qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida katta farqlar
va notekisliklar saqlanib qoladi.
Dasht va tog‘ hududlaridan topilgan xilma-xil moddiy manbalarni o‘rganish natijalari
(sopol idishlar, tosh qurollar, hayvonlar va qushlar suyaklari) qabilalarning iqtisodiy
hayotida qo‘shimcha xo‘jaliklar - ovchilik va baliqchilik asosiy manba bo‘lganligidan
dalolat beradi. Shu bilan birga dasht odamlari tarixida chorvachilikning ilk bosqichi
boshlanadi deyish mumkin. Lekin neolit davri an’analari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Aholining asosiy qismi daryolarning irmoqlari sohilida va ko‘llar atrofida yashagan. Tabiiy
boyliklar eneolit davri odamlari uchun hayot manbai hisoblangan.
Eneolit davriga oid muhim yodgorliklar Janubiy Turkmanistondagi
Anov va
Do'stlaringiz bilan baham: