Texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/64
Sana31.12.2021
Hajmi3,12 Mb.
#199367
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
Bog'liq
RAX qo'llanma ўқув бўлими

Elektron uslubiy qoʻllanma – pedagogik tajribani umumlashtirish 
va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va 
tarqatishga  moʻljallangan  nashr  [11].    Elektron  uslubiy  qoʻllanmada 
pedagogik  tajriba  mashgʻulotlarning  raqamlashtirilgan  video-lavhalari, 
elektron  yoki  unga  oʻgirilgan  shaklda  yaratilgan  talabalar  ishlarini 
darslar boʻyicha rejalashtirilgan shaklida beriladi. 
Elektron oʻquv nashrlari yaratishda quyidagi didaktik tamoyillarga 
amal qilish lozim. 
Ma’lumki,  oʻqitishda  ta’limning  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi 
vazifalarga  yoʻnaltirilganlik  tamoyiliga  koʻra,  oʻqituvchi  tomonidan 
talabalarda  ma’lum  bilim,  koʻnikma  va  malakalarni  shakllantirayotib, 
aniq  bir  mavzu  boʻyicha  darsning  tarbiyalovchi  va  rivojlantiruvchi 
salohiyatini unutmaslik nazarda tutiladi. 
Oʻqitishning ilmiylik tamoyilini ma’lum fan boʻyicha oʻqitishining 
mazmuni  haqida  ilmiy  dalillar,  tushuncha  va  qonuniyatlari  hamda 
nazariyalar  bilan  qurollantirishni  nazarda  tutadi.  Ilmiylik  tamoyili 
tinglovchilardan  ilmiy  izlanishda  bilim  va  malakalarni  rivojlantirishni 
talab  qiladi.  Buning  uchun  oʻqitishda,  laboratoriya  va  amaliy 


77 
mashgʻulotlarini bajarishda tadqiqotning muammoli elementlarini joriy 
qilish lozim. 
Ta’limning  fundamentalligi  oʻquvchining  bilish  boʻyicha 
talablarga  mosligini  tavsiflovchi  didaktik  tamoyil  va  psixologik 
talablarga nisbatan quyidagi aniq mezonlarni ilgari suradi: 

 
ta’lim oluvchining yuqori motivatsiya talablari; 

  shaxsning qoʻyilgan maqsadga erishishga yoʻnaltirilganligi; 

  yetarlicha muloqot qobiliyat; 

 
oʻz  xatolarini  tuzatib  borishi,  oʻzini  rivojlantirish  boʻyicha 
intilishi; 

  tinglovchining  tashqi  ta’limiy  mahsulotlarga  nisbatan  ichki 
shaxsiy talablarining mosligi. 
Tizimlilik  va  ketma-ketlik  tamoyili  esa  an’anaviy  oʻqitishda 
bilimlar, oʻquv va malakalarni ma’lum tizimda, aniq ketma-ketlikda va 
oʻquv  materialining  har  bir  yangi  elementini  bir-birlari  bilan  uzviy 
bogʻlanishda va mantiqiy ketma-ketlikda tushishini taqozo qiladi. 
Masofaviy 
ta’limda  oʻquvchining  (yoxud  tinglovchining) 
individual  ta’lim  olish  boʻyicha  chiziqli  tamoyili  shakllanadi. 
Oʻquvchining oʻz ta’limini faollashtirish maqsadida, oʻquv jarayonining 
barcha  metodologik  darajalarida  tanlash  tizimi  shakllantirilgandir.  U 
ta’lim oluvchining bu sohada aniq maqsad qoʻyishini, mashgʻulotlarning 
ustuvor  yoʻnalishlarini  hamda  ta’limning  turli  sohalarida  oʻqitish 
shaklini, tezkorligini tanlash va ta’minlashni koʻzda tutadi. 
Oʻqitishda  oʻquv  materiallarining  oʻzlashtirilishi  (qiyinchiligiga 
koʻra)  tamoyili,  ya’ni  oʻqitish  oʻquvchining  real  oʻquv  imkoniyatlari 
darajasida  tashkil  etilishi  va  bunda  oʻquvchi  intellektual,  jismoniy, 
ortiqcha  axloqiy  yuklama  his  etmasligi,  uning  sogʻligʻiga  putur 
yetkazmasligi lozimligini uqtiradi. 
quvchilarning  shaxsiy  xususiyatlarini  hisobga  olish  tamoyili 
sifatida  keladi.  Bu  tamoyil  asosida  tinglovchi  yoki  oʻquvchilar 
shaxsining  individual  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  masofaviy 
kurslarning 
moduli 
tuziladi. 
Bunda 
tinglovchilarning 
shaxsiy 
xususiyatlari quyida uch daraja: 


78 

 
Psixofiziologik; 

 
Psixologik; 

 
Psixosotsiologik xususiyatlari boʻyicha hisobga olinadi. 
Koʻrsatmalilik  tamoyili  deganda  uning  barcha  xususiyatlarini, 
ya’ni ta’limda shaxsning barcha sezgi organlariga ta’sir qilishni hisobga 
olgan  holda,  ta’limning  samaradorligiga  erishish  imkonini  yaratish 
tushuniladi. 
Bu  maqsadlarga  erishish  uchun  virtuallashtirish  tamoyili 
maydonga  keltiriladi.  Unda  xususan  videofilmlar,  kompyuterning 
oʻrgatuvchi  dasturlari,  interfaol  texnologiyalardan  keng  foydalanish 
nazarda  tutiladi.  Koʻrgazmali  materiallardan,  multimedia  testlardan 
foydalanishning  keng  metodikasi  masofaviy  ta’limda  koʻrgazmalilik 
tamoyilining  shakllangan  koʻrinishi  sifatida  namoyon  qiluvchi  muhim 
vositalar hisoblanadi. 
Ta’limda  bilimlarning  mustahkamlash  anglashilganlik  tamoyili, 
ta’limning  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  natijalarining  ta’sirchanligi 
tamoyili, erishilgan bilim, malaka va koʻnikmalarning mustahkamligini, 
bilimlarning amaliy yoʻnaltirilganligini hamda hayotiy muammolarni hal 
etishga qaratilganligini ta’minlashi bilan muhim. 
Elektron  oʻquv  nashrlari  moslashuvchanligi.  Bunday  talablarga 
javob  beradigan  elektron  oʻquv  nashrlarini  (EOʻN)  yaratish  murakkab 
didaktik  talablarni  oʻz  ichiga  oladi,  lekin  hozirgi  zamonaviy  axborot 
texnologiyalari  bu  muammoni  hal  qilishda  keng  imkoniyatlar  yaratib 
beradi. 
Bunda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim: 

 
kursning boʻlimlar birligida namoyish qilinishi; 

 
mundarija boʻlimlariga toʻliq ruxsat etilishi; 

 
turli koʻrinishdagi ma’lumotlardan foydalanish; 

 
oʻquv  materialining  oʻrganuvchi  xususiyatlari  yuzasidan 
moslashuvchanligi. 
EOʻNni yaratishda turli darajadagi oʻrganuvchilar uchun individual 
ta’lim  xususiyatlarini  hisobga  olish  zarur.  Bunda  qanday  ma’lumot 
tasvirlanayapti,  qanday  qilib,  qanaqa  ketma-ketlikda,  qaysi  oʻqitish 


79 
uslubiyati  qoʻllanilmoqda  –  bularning  hammasi  ma’lum  oʻquv 
jarayonining individual chizgilari hisoblanadi. 
An’anaviy oʻquv jarayoni quyidagicha tasvirlanishi mumkin (4.2-
rasm). 
Zamonaviy 
avtomatlashtirilgan 
oʻqitish 
vositalarini 
esa 
quyidagicha tasvirlash mumkin (4.3-rasm). 
EOʻNlar  moslashuvchanligini  oshirishda  uning  koʻp  darajaliligi 
ham yuqori samara beradi.  
 
 
4.2-rasm. An’anaviy oʻquv jarayoni. 
Mutaxassislarning  fikricha,  faqat  matnlarni  oʻqish  bilan 
oʻzlashtirilgan bilimlarning vaqt oʻtishi bilan 14% esda saqlanar ekan, 
tovush orqali qabul qilingan ma’lumotlarning 13%, bir paytning oʻzida 
ham koʻrish ham eshitish orqali qabul qilingan materialning 50% esda 
saqlanar ekan. Agarda materialni oʻzlashtirishda koʻrish, eshitish va ayni 
paytda oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchining oʻzi ham faol ishtirok etsa 
materialning  75%  esda  saqlanar  ekan.  Demak,  mustaqil  bilim  olishda 
interfaol usullardan foydalanishning samarasi koʻrinib turibdi. Bilimlarni 
egallashda  koʻrish,  eshitish  va  materialni  oʻzlashtirishda  faol  ishtirok 
Oʻqituvchi 
Oʻquvchi 
Oʻqituvchi 
Oʻquvchi 
Oʻqituvchi 
Oʻquvchi 
oʻrganiluvchi 
material 
savol 
javob 
savol 
javob 
a) ma’ruza, sharhlash 
b) imtixon 
c) shug
ʻullanuvchi
 


80 
etish  jarayonida  multimedia  tizimlaridan  foydalanish  katta  samara 
beradi. 
 
4.3-rasm. Elektron oʻquv nashrlaridan foydalanish. 
Elektron 
nashrlarning 
katta 
guruhidan 

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish