Ingeneriyasi


Fermentlar faolligini boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/154
Sana31.12.2021
Hajmi1,78 Mb.
#198853
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154
Bog'liq
fermentlar-inzhenerijasi

Fermentlar faolligini boshqarilishi 3 bosqichni o`z ichiga oladi: 
1.  Hujayra  ichki  boshqarilishi  (substratlar,  metabolitlar,  aktivatorlar, 
ingibitorlar,  pH,  harorat,  allosterik  fermentlar).  Bunday  boshqarish 
avtomatik kechadi. 
2.  Gormonal  boshqarilish.  Oqsil  tabiatli  gormonlar  va  aminokislota  unumlari 
hujayra  fermentlari  adenilatsiklaza  tizimi  orqali;  steroid  gormonlar  va 
tiroksin –gen  darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi. 
3.  Nerv tizimi orqali boshqarilish 
 
Fermentlarning  faollanishi.  Modifikatorlar  ta`sirida  biokimiyoviy 
reaktsiyani tezlalanishi asosida ferment faollashadi. Faollantiruvchi moddaning 
ferment  faol  markaziga  ta`sir  etuvchanligi  yuzaga  keladi.  Unga  ferment 
kofaktorlari  va  substratlari  kiradi.  Kofaktorlar  (metall  ionlari  va  koferment) 
murakkab  fermentlarning  faqatgina  struktura  elementlari  bo`lmasdan  ularni 
faollantiruvchilari    hamdir.  Metall  ionlari  yetarli  darajada  o`ziga  hos 
faollantiruvchidir.  Ko`pchilik  fermentlarga  ba‟zi  hollarda  bir  emas,  bir  nechta 
metall  ionlari  talab  etiladi.  Masalan,    bir  valentli  kationlarni  hujayra 
membranasidan  tashib  o`tkazuvchi    Na
+
,  K

-  ATF  azalarni  faollanishida 
magniy,  natriy  va  kaliy  ionlari  bo`lishi  zarur.  Fermentlarni  metall  ionlari 
yordamida  faollanish  mexanizmlari  turli  ko`rinishga  ega.  Ayrim  fermentlarda 
ular  katalitik  qism  tarkibiga  kiradi.  Ko`p  hollarda  metall  ionlari  substratning 
ferment  faol  markazi  bilan  o`ziga  xos  ko`prik  hosil  qilib  bog`lanishini 
yengillashtiradi.  Ba`zi  hollarda  esa  metall  ferment  bilan  emas,  balki  substrat 
bilan  metallosubstratli  kompleks  hosil  qiladi.  Substratni  bog`lash  va 
katalizlashda kofermentlarning o`ziga xosligi ularning fermentativ reaktsiyalani 
faollashida namoyon bo`ladi.  
Substratning  o`zi    ham  ma`lum  bir  miqdor  chegarasida  faollantiruvchi 
bo`la  oladi. Ferment  substrat  miqdoriga  to`yingandan  so`ng  faolligi oshmaydi. 


 
62 
Substrat  ferment  turg`unligini  oshiradi  va  ferment  faol  markazining  zaruriy 
konformatsiyasida shakllanishini yengillashtiradi.  
Ba`zi  fermentlarning  faollanishi  ular  molekulasining  faol  markaziga 
tegmasdan, modifikatsiyalash yo`li orqali ham amalga oshishi mumkin. Bunday 
modifikatsiyaning bir nechta usullari mavjud: 
- faol bo`lmagan unumi – profermentlar  yoki zimogenni faollash; 
- ferment  molekulasiga  modifikatsiyalovchi  guruhni  biriktirish  yo`li  bilan 
faollash.  
- faol  bo`lmagan  oqsil  kompleksini  faol  fermentga  dissotsiyalash  yo`li  bilan 
faollash. 
Fermentlarning faolligini oshirishda 2 xil  ta‟sir qilish mumkin. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish