Adsorbsiya yo„li bilan immobilizasiya qilishning afzalligi va
kamchiliklari
Afzalligi
Kamchiligi
Sorbentning arzonligi
Ferment va tashuvchi orasidagi bog‟ni
mustaxkam emasligi
Eksperimentlarni osonligi
Umumiy yagona yo„riqnomani yo„qligi
Bir vaqtni o„zida fermentni
tozalash mumkinligi
Gel ichiga kiritish yo„li bilan immobilizasiya qilish
Bu usulni mohiyati shundan iboratki, ferment molekulasi, qattiq to„qilgan
polimer zanjirlaridan iborat bo„lgan gel hosil qiluvchi uchlamchi elaklarga
o„rnatiladi. Zanjir bog‟lari orasidagi masofa ferment molekulasidan kichik
bo„lgani uchun, u maxkam siqilib turadi va polimerdan chiqib keta olmaydi.
Ferment bilan tashuvchi orasidagi bog‟ni mustaxkamligini oshiruvchi omil
156
rolini ferment va tashuvchi gel orasida paydo bo„lgan vodorod bog‟lari ham
o„ynashi mumkin.
Polimer zanjirlari orasidagi bo„shliq suv bilan to„ldirilgan bo„ladi.
Masalan, akril kislotasi hosilalari asosida paydo bo„lgan gelda, uning miqdoriga
qarab, 50 dan 90% gacha suv bo„lishi mumkin.
Fermentlarni gelda immobilizasiya qilishning ikki usuli bor.
Birinchisi, ferment monomer eritmasida eritiladi so„ngra polimerizasiya
qilinadi. Bunday eritmaga ko„pchilik hollarda bifunksional agentlar ham
qo„shiladi.
Ikkinchisi, P.Bertfeld va Dj.Uenlar ishlatgan N-N‟ metilen-bisakrilamidni
polimerizasiya qilish asosida olinadigan immobilizasiyalangan fermentlar.
Gelga kiritish yo„li bilan immobilizasiya qilish usuli o„zining soddaligi
bilan ajralib turadi. Bu usul bilan fermentni xoxlagan geometrik
konformasiyada (sferik zarrachalar va x.k.) olish va fermentni tashuvchi ichida
bir tekis tarqalishiga erishish mumkin.
Ko„pchilik polimer gellar o„zlarining mexanik va kimyoviy issiqqa
chidamliligi bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar esa fermentlarni bir necha
marotabalab ishlatish imkonini beradi. Bu usul universal usul bo„lib nafaqat
barcha xildagi fermentlar, balki poliferment tizimlar, hujayra va hujayra
fragmentlarini immobilizasiya qilish uchun ham to„g‟ri keladi. Bu usulni
ijobiy tomonlaridan yana biri – uni fermentga mo„tadillik berish imkoniyatidir.
Va nihoyat bu usulda immobilizasiya qilingan ferment, bakteriologik
zararlanishdan qo„rqmaydi chunki, ferment molekulasidan katta bo„lgan
bakteriyalar gelni ichiga kira olmaydilar.
Usulning eng katta kamchiligi ba‟zi bir holatda polimer matrikslari
substratni diffuziyasigi xalaqit beradi va shu tufayli fermentni faolligi past
bo„lishi mumkin. Shunday ekan, substrat sifatida yuqori molekulali moddalar
ishlatilganda bu usuldan butunlay foydalanish mumkin emas.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |