Gel xramotografiya usuli
Preparativ enzimologiyada chidamli bo„lmagan fermentlarni «yumshoq»
(past haroratli) sharoitlarda ajratishdan ko„p foydalaniladi, ya‟ni bunda ferment
butun tozalash jarayoni davomida eritma holida bo„ladi. Bu usullar orasida eng
keng tarqalgani gelfiltrasiya, elektroforez, izoelektrik fokuslash va boshqalardir.
Ferment preparatlari texnologiyasida eng 139rga amaliy ahamiyatga ega
bo„lgani – gelfiltrasiyadir. “Gelfiltrasiya” jumlasi ancha qo„polroq, lekin u
ilmiy adabiyotda juda keng tarqalgan. Bu jarayonni amalga oshirish uchun
destran asosida olingan gellardan foydalaniladi va ular yordamida o„lchamiga
qarab har xil makromolekulalarni tez ajratish mumkin.
Gel ochiq holdagi ko„ndalang tikilgan uch o„lchamli molekula turi bo„lib,
kolonkalarni oson to„ldirish uchun yumaloq donachalar (granula) ko„rinishida
140
bo„ladi. Donachalarda kichik teshikchalari bo„lib ularga faqat juda kichik
molekulali birikmalar kirib, yirik molekulalar esa kirmaydi. Bu usul gellarning
aynan ana shu xususiyatiga asoslangandir.
Bu usul fermentlarni tozalash va ajratishda nafaqat laboratoriya, balki
sanoat miqyosida ham qo„llaniladi. Gelfiltrasiya uchun ko„ndalang tikilgan
dekstran (sefadekslar va sefakrillar) gellaridan, ko„ndalang tikilgan
poliakrilamid gellaridan (biogellar), akrilamid polimer zanjiri yopishtirilgan
agaroza gellardan (ultragellar) va boshqa qattiq ko„ndalang tikilgan (SL-
sefarozalar va S-sefakrillar) agaroza gellardan foydalaniladi. Kolonkada ferment
eritmasining bir qismi gel donachalar orasida va bir qismi esa donachalarning
teshikchalari ichida joylashadi.
Gelfiltrasiya – bu tarqaluvchan xromatografiyaning bir shakli bo„lib,
eritilgan moddalar eritmaning bir muncha yuzada joylashgan harakatchan va
ichki tomonida joylashgan kam harakatli qismlarida tarqalgan bo„ladi.
Kolonkada eritilgan moddaning ushlab qolinish darajasi uning gel
teshikchalariga kira olish qobiliyatiga bog‟liqdir. Shuningdek, gelfiltrasiya
jarayonida kolonkadan avval yuqori molekulali moddalar va keyin esa kichik
molekulalilari birin-ketin chiqa boshlaydi, bunda gel molekulyar to„r vazifasini
bajaradi. Bu jarayon mukammal ravishda olib borilishi uchun, gel tayyorlangan
material erigan birikmalar ta‟siriga juda ham inert bo„lishi kerak.
Afsuski bugungi kunda ishlatilayotgan barcha 140rgani inert emas
140rgan‟zan ma‟lum pH ko„rsatkichida ular so„rish qobiliyatini namoyon
qilishi mumkin. Masalan, shunday gellarga sefakrillarni kiritish mumkin.
Gelfiltrasiya usuli bilan mayda gel donachalarida yuqori bosim ostida juda ko„p
har xil moddalarning, shu jumladan oqsillarning aralashmalari ajratilmoqda.
Bu yangi yuqori bosim ostida suyuq xromatografiya uslubi qisqa vaqt ichida
yuqori darajali ajratish imkonini beradi va u fermentlarni tozalashning oxirgi
bosqichlarida juda ham unumlidir.
141
Do'stlaringiz bilan baham: |