Garmonik forma va kompozitsiya tushunchasi.
Shunday qilib biz xar qanday buyumga – sun`iy yoki tabiiy buyumga xos
bo`lgan, uning estetik sifatlariga bog`liq bo`lmagan asosiy belgilari bilan tanishib
chiqdik. Mazkur belgilar bilan tanishish bizga asosiy maqsadga – garmonik forma
nima, uning qanday belgilari bor va u qanday yaratilishini bilib olish uchungina
zarur.
Garmonik forma go`zallik qonunlari asosida yaratiladi. Xammaga ma`lum
bo`lgan bu ta`rif shartlidir: san`atda matematika yoki fizika qonunlariga o`xshagan
qonunlar yo`q, gap faqat ayrim qonuniyatlar haqidagina borishi mumkin.
Garmonik asar yaratish jarayoni “kompozitsiya” nomiga xam egadir.
Kompozitsiya tushunchasi ijadning boshqa turlari – rang tasvir va skul’ptura,
adabiyot va musiqaga xam bab-barovar taaluqlidir.
Dizayndagi kompozitsiya o`z metodikasi va terminologiyasiga ega. U avvalo
asarning zarur sifatlariga yoki dizayonerlik xususiyatlariga tayanadi. Bu sifat va
xususiyatlar idrok etish qobiliyatlariga asoslanadi va kompozitsiya kategaoriyalari
deb ataladi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |