1-rasm. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari.
Tizimning funksional modeli – tizimning maqsad (ya’ni endogen) ko‘rsat-
kichlarini ularga ichkaridan, hamda tashqaridan ta’sir etuvchi (ya’ni ichki omilli va
tashqi omilli) ko‘rsatkichlar bilan bog‘lovchi mantiqiy, matematik hamda statistik
qurilmalar majmuasi.
Ob’ekt murakkab tizim sifatida namoyon qilinganda, uning tizimli tahlil uchun
muhim hisoblangan tarkibiy qismlari tizim elementlari deb nomlanadi.
Ob’ektning muhim bo‘lmagan qismlari tizimda aks ettirilmaydi. Har qanday
murakkab tizim tuzilma shaklida bir-biri bilan bog‘langan elementlardan tashkil
topgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |