O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


To‘g‘ri burchakli parallelepiped. Kub



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/191
Sana30.12.2021
Hajmi2,35 Mb.
#197749
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   191
Bog'liq
Boshlang'ich sinf majmua

      To‘g‘ri burchakli parallelepiped. Kub 
      Bir nechta ko‘pyoq modellarini ko‘rib chiqing va qand qutisiga o‘xshash shaklni tanlang. 
Qand qutisi, g‘isht, yashik shakliga o‘xshash ko‘pyoq to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb ataladi. 
      170. Tanlab olingan modellarning bittasini ko‘ring va savollarga javob bering. 
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir yog‘i qanday shaklga ega? U nechta yoqqa ega? 
Uning o‘zaro teng yoqlari, qirralari bormi? Ular qaysilar? To‘g‘ri burchakli parallelepipedning nechta 
uchi va qirrasi bor? Har bir uchidan nechta qirra chiqadi? Nima uchun to‘g‘ri burchakli parallelepiped 
to‘g‘ri burchakli deyiladi? 
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to‘g‘ri to‘rtburchaklardir. 
171. Kubni to‘g‘ri burchakli parallelepiped deb aytish mumkinmi? Tushuntirib bering. Hamma 
yoqlari kvadratdan iborat to‘g‘ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi. 
172. To‘g‘ri burchakli parallelepipedning A va K uchlaridan chiqqan qirralarini ayting. 
Har bir ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan qirrani ayting. Rasmda qaysi yoqlar ko‘rinadi, qaysi 
yoqlar ko‘rinmaydi. Teng yoqlar juftliklarini ayting. 


71 
 
173. 
To‘g‘ri burchakli parallelepipedning har bir qirrasi uzunligini ayting. a) har bir yoqning 
yuzini; b) to‘g‘ri burchakliparallelepipedning hamma yoqlari yuzining yig‘indisini hisoblang. 
174. Simdan kub shakli yasalgan. Hammasi bo‘lib qancha sim ishlatilgan? 
175. 
Qirrasining uzunligi: a) 1 sm; b) 5 sm; d) 4 sm bo‘lgan kub sirtining yuzini (hamma yoqlari 
yuzini) hisoblang. 
176. 
Qizcha 26 ta qog‘oz varag‘idan 3 ta bir xil bloknot yasadi. Shundan keyin unda 2 ta qog‘oz 
varag‘i qoldi. Har bir bloknotga nechta qog‘oz varag‘i ishlatildi? 
177. 
Ifodalarning qiymatini toping: 
376 : (168 – 82•2) 42 : 3•8 + 160 – 296 : 8 
620 : 5 + 261 : 3 7•(281 – 156) – 6•135 : 5 
Biz har kuni duch keladigan 1 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlarni, ular ustida bajariladigan amallar 
qoidalarini va boshqa ko‘p arifmetik qonunlarni fanga birinchilardan bo‘lib vatandoshimiz, buyuk 
matematik al-Xorazmiy (783–850- y.) kiritgan. Uning matematikaga doir bir qator asarlari o‘sha 
paytda boshqa tillarga tarjima qilinib, uzoq vaqtgacha Yevropa universitetlarida hisob ilmidan darslik 
vazifasini bajarib kelgan. 
Al-Xorazmiy matematikaga doir juda ko‘p risolalaryaratgan. Buyuk bobokalonimiz al-Xorazmiy 
matematika, astronomiya, geografiya fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish